Iqtisodiy indekslar
KEYS STADINING TOPSHIRIQLARI
Download 396.5 Kb.
|
13-Mavzu.Iqtisodiy indekslar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyida berilgan masalalarni yechib referat shaklida tayyorlang. 1-masala.
- Hisoblang: 1) har bir tarmoq uchun mehnat unumdorligining individual indeksini; 2) mehnat unumdorligining umumiy indeksini. 5-masala.
- TALABALAR UCHUN KEYS STADINI BAJARISHGA USLUBIY KO‘RSATMALAR
- A topshiriqning
- B topshiriqning
- 4 -ILOVA Misol.
- 5-ILOVA Misol .
KEYS STADINING TOPSHIRIQLARI
Quyidagi savollar asosida taqdimot tayyorlang!!! Indeks tushunchasini va uni turli belgilar bo’yicha tasniflash. Individual (yakka) va umumiy indekslarni hisoblash. Agregat indeks-umumiy indekslarning asosiy shakli ekanligi, O‘rtacha arifmetik va garmonik indekslarni aniqlash. Quyida berilgan masalalarni yechib referat shaklida tayyorlang. 1-masala. “Fayz xolding” kompaniyasida ishlab chiqarilgan mebellar bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Hisoblang: 1) tannarxning individual va umumiy indekslarini; 2) umumiy xarajatlar indeksini; 3) indekslar o’rtasidagi bog’liqliklaridan foydalanib miqdor umumiy indeksini. 2-masala. Shahar dehqon bozorlarida sotilgan mahsulotlarning bahosi va miqdori to’g’risida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:
Hisoblang: 1)sotilgan mahsulotlarning baho va miqdor individual indekslarini; 2) baho va miqdor umumiy indekslarini; 3) tovar aylanmasi umumiy indeksini; 4) indekslar o’rtasidagi bog’lanishlarni. 3-masala. Don yetishtiradigan fermer xo’jaliklarining ekin maydoni va hosildorligi to’g’risida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:
Hisoblang: 1) yalpi hosil va hosildorlikning individual hamda umumiy indekslarini; 2) joriy davrda bazis davrga nisbatan yalpi hosil o’zgarishini, shu jumladan: a) ekin maydoni hisobiga; b) hosildorlik hisobiga. 4-masala. Sanoatning ikki tarmog’i bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Hisoblang: 1) har bir tarmoq uchun mehnat unumdorligining individual indeksini; 2) mehnat unumdorligining umumiy indeksini. 5-masala. Ikki shahar bo’yicha oktabr oyida sotilgan mahsulotlarning bahosi va miqdori to’g’risida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:
Hisoblang: 1) hududiy baho va miqdor individual indekslarini; 2) hududiy miqdor va baho umumiy indekslarini; 3) tovar aylanmasi umumiy indeksini. TALABALAR UCHUN KEYS STADINI BAJARISHGA USLUBIY KO‘RSATMALAR A vvalo, keys stadi bilan tanishing, berilgan topshiriq mazmunini yaxshilab tushunib oling. Keys stadini rasmiylashtirish tartibi: Mavzu bo‘yicha berilgan savollar aniq va ravshan yoritilishi lozim. Ish yozma ravishda A4 standart o‘lchamdagi qog‘ozga jadvallar to‘ldirilgan va xulosa qilingan shaklda bo‘lishi lozim. A topshiriqning birinchi betida yuqori va ta’lim olayotgan tashkilotlarning nomi, fanning nomi, keys stadi mavzusining nomi, talabaning ismi-sharifi, familiyasi va fakultet, guruh raqami yozilgan bo‘lishi kerak (1-ilova). A topshiriqning ikkinchi betida keys stadiga berilgan topshiriqlar reja ko‘rinishida beriladi (2-ilova). A topshiriqning uchinchi betida keys stadini bajarishdan maqsad yoritiladi. A topshiriqning oxirgi betlarda keys stadida qo‘yilgan muammoni bajarish jarayonida o‘rgangan terminlar va erishgan yutuqlaringizni yozing. A topshiriqning oxirgi betda keys stadini bajarishda foydalanilgan adabiyotlar hamda internet saytlari (3-ilova). B topshiriqning bajarilishiga doir namunalar (4-5-ilovalar). 1-ILOVA 2-ILOVA 3-ILOVA KEYS STADINI HAL ETISHDA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI Statistika: darslik// Shodiev X. va Xabibullayev I. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2019.-454 b. Statistika bo‘yicha praktikum: o‘quv qo‘llanma // Shodiyev X. va Xabibullayev I. tahriri ostida.. –T.: Tafakkur bo`stoni, 2015.-336 b. Statistika: darslik // Soatov N.M. – T.: Ibn Sino, 2003. Internet saytlari: www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy sayti. www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali. www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. www.mf.uz – O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi sayti. www.http://el.tfi.uz/pdf/mtpzodr. uzk.pdf – Toshkent moliya instituti elektron kutubxonasi. https://www.globalinnovationindex.org/gii-2018-report http://uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-22-12-2017 4-ILOVA Misol. O’tgan va joriy davrda supermarketda sotilgan ba’zi oziq-ovqat tovarlari to’g’risida quyidagi ma’lumotlar mavjud:
Baho individual indeksini hisoblaymiz: . Go’sht uchun yoki 105,6% (+5,6%). Demak, joriy davrda o’tgan davrga nisbatan go’shtning bahosi 105,6 % ni tashkil etgan yoki 5,6 % oshgan. Baliq uchun yoki 77,8% (-22,2%). Demak, joriy davrda o’tgan davrga nisbatan baliqning bahosi 22,2 % pasaygan. Shakar uchun yoki 100% (o’zgarmagan). Demak, joriy davrda o’tgan davrga nisbatan shakarning bahosi o’zgarmay qolgan. Miqdor (fizik hajm) individual indekslarni hisoblaymiz: Go’sht uchun yoki 114,3% (+14,3%); Baliq uchun yoki 133,3% (+33,3%); Shakar uchun yoki 125% (+25%). O’tgan davrga qaraganda joriy davrda go’sht sotish 14,3 %, baliq 33,3% va shakar miqdori 25% oshgan. Agarda uch va undan ortiq davrlar uchun ma’lumotlar berilsa individual indekslarni bazisli va zajirsimon usullarda hisoblash mumkin. Bazisli individual indekslar: va h.k. Zanjirsimon individual indekslar: va h.k. Ushbu indekslar o’zaro bog’liq indekslardir, ya’ni zanjirsimon individual indekslarni o’zaro ko’paytmasi oxirgi bazisli individual indeksga tengdir: Yuqorida keltirilgan jadval ma’lumotlari asosida agregat shaklidagi baho, miqdor va tovar aylanmasi umumiy indekslarini hisoblaymiz: Baho umumiy indeksi agregat shaklida quyidagi formula bilan hisoblanadi: , bu yerda: -baho umumiy indeksi; - joriy davr tovar aylanmasi; -shartli tovar aylanmasi, ya’ni joriy davr tovar aylanmasi o’tgan davr baholarida. yoki 100% Demak, tovarlarning o’rtacha bahosi umuman olganda o’zgarmay qolgan. 2. Miqdor (fizik hajm) umumiy indeksi agregat shaklda quyidagi formula bilan hisoblanadi: bu yerda: - o’tgan davr tovar aylanmasi. yoki 118,3% (+18,3%). Demak, sotilgan tovarlarning o’rtacha miqdori 18,3 foiz oshgan. 3. Haqiqiy baholarda tovar aylanmasining umumiy indeksi joriy davri tovar aylanmasini o’tgan davr tovar aylanmasiga nisbati sifatida hisoblanadi, ya’ni quyidagi formula bilan: yoki 118,3%. Demak, tovaroborot o’rtacha 18,3% oshgan. Yuqorida hisoblangan indekslar yordamida joriy davrda o’tgan davrga nisbatan baholarning o’zgarishi hisobiga aholi tejab qolgan yoki ortiqcha qilingan harajat summasini hamda tovar aylanmasining baho va miqdorini o’zgarishlari hisobiga o’zgarishini aniqlash mumkin. Aholi tejab qolgan yoki ortiqcha qilingan harajat summasi baho indeksining sur’ati va maxrajining farqi sifatida aniqlanadi. Bizning misolimizda baholar umuman olganda o’zgarishsiz qolgan. Demak, aholi bir guruh tovarlarga bo’lgan baholarning pasayishi natijasida tejab qolgan summani boshqa tovarlarning bahosi oshganligi tufayli qo’shimcha harajat qilgan. Bu holatda umuman baholarning o’zgarishi aholi budjetiga ta’sir etmagan. Haqiqiy baholardagi tovar aylanmasi umumiy indeksining sur’ati bilan maxraji o’rtasidagi farq tovar aylanmasining tovarlar bahosi va miqdorlari o’zgarishi hisobiga yuz bergan o’zgarishni ko’rsatadi, ya’ni: ) 2000-1690=+310 ming so’m. Demak, tovar aylanmasi joriy davrda o’tgan davrga nisbatan 310 ming so’mga ko’paygan. Yuqorida ko’rganimizdek baholar o’zgarmay qolganligi tufayli haqiqiy baholardagi tovar aylanmasining o’zgarishi faqat sotilgan tovarlar miqdori (fizik hajmi) o’zgarishi hisobiga to’g’ri keladi. Bu o’zgarishni aniqlash uchun fizik hajm umumiy indeksining suratidan maxraji ayriladi. . Umumiy baho, miqdor (fizik hajm) va haqiqiy baholardagi tovar aylanmasi indekslari o’zaro bog’liq indekslardir, ya’ni: Bizni misolimizda ushbu bog’liqlik quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: 5-ILOVA Misol. Do’kon tovar aylanmasi va tovarlar bahosining o’zgarishi haqida quyidagi ma’lumotlar mavjud:
Bahoning individual va umumiy indekslarini hisoblang. Yechish. Bahoning individual indeksi quyidagicha aniqlanadi: Sabzovot uchun Go’sht uchun =1,02 Meva uchun =1,00 Bahoning umumiy indeksi teng: Demak, joriy davrda o’tgan davrga nisbatan baholar o’rtacha 4,9% pasaygan. Agregat shakldagi indeks nafaqat o’rtacha garmonik indeksga balki o’rtacha arifmetik shaklga ham aylantirilishi mumkin. Tovarning fizik hajmi agregat indeksini o’rtacha arifmetik indeksiga aylantirishni ko’rib chiqamiz. Ushbu agregat indeksni o’rtacha arifmetik indeksga aylantirish uchun fizik hajm individual indeksidan foydalaniladi. bu yerdan . Ushbu tenglikdan foydalanib umumiy indeksni suratidagi ni bilan almashtiramiz, maxraji esa o’zgarmaydi. Natijada fizik hajm indeksi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: Download 396.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling