Iqtisodiy indekslar


Ishlab chiqaruvchilar baholari indekslari


Download 0.53 Mb.
bet14/16
Sana11.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1258347
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Iqtisodiy indexlar

Ishlab chiqaruvchilar baholari indekslari

Ishlab chiqaruvchilar baholari indekslari sanoat, qishloq ho`jalik, qurilish va boshqa mahsulotlar narxlari indekslaridan tarkib topadi.


Ular kuzatish uchun tanlab olingan tayanch sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan tovar - vakillar narxlarini muntazam qayd qilib borish natijalariga asoslanadi. Indekslarni tuzishda vazn qilib o`tgan yilda ishlab chiqarishning sanoat tarmoqlari bo`yicha tuzilishi olinadi. Odatda qayd qilish uchun joriy oyda ishlab chiqarilgan va yuklab mamlakat bozoriga jo`natilgan mahsulotlarning haqiqiy baholari qo`shilgan qiymat, aktsizlar va boshqa soliqlarsiz olinadi. Ro`yxatga olinadigan narxlar tarkibiga mahsulotni tashish va ulgurji bahoni belgilashda hisobga olinmaydigan boshqa xarajatlar kiritilmaydi.
O`zbekistonda bu indekslar 280 asosiy sanoat mahsuloti turlaridan tuzilgan tovar - vakillar to`plami bo`yicha hisoblanadi.


Qishloq ho`jalik mahsulotlari bahosi indeksi

Bu indekslar qishloq ho`jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan davlatga va boshqa iste`molchilarga sotilgan mahsulot vakillari to`plami bo`yicha o`rtacha bozor baholarining o`zgarishini ta`riflaydi. O`zbekistonda tovar - vakillari to`plami 37 qishloq xo`jaligi mahsulot turlarini o`z ichiga oladi. Davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan mahsulotlar bo`yicha baholar indeksi tayyorlov tashkilotlaridan olinadigan ma`lumotlarga asoslanadi. Barcha sotish yo`llari bo`yicha baholar indeksini aniqlash uchun o`rtacha bozor baholari hisoblanadi. Bunda transport, ortish - tushirish, tayyorlash xarajatlari inobatga olinmaydi. Umumiy baholar indekslari Paashe formulasi asosida hisoblanadi.




Asosiy tushuncha va atamalar


Indeks, hududiy indekslar, halqaro indekslar, yakka indekslar, guruhiy indekslar, umumiy indekslar, zanjirsimon indekslar, o`zgaruvchan asosli indekslar, o`zgarmas asosli indekslar, o`rtacha indekslar, agregat indekslar, vazn, vaznsiz umumiy indekslar, joriy vaznli Paashe indekslari, bazis vaznli Laspeyres indekslari, Fisher indeksi, o`zgaruvchan tarkibli indekslar, o`zgarmas tarkibli indekslar, analitik indekslar tizimi.





Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling