Iqtisodiy indekslar


Guruhiy indekslar va ularni iqtisodiyot samaradorligi ko`rsatkichlarini tahlil qilishda qo`llash


Download 0.53 Mb.
bet9/16
Sana11.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1258347
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Iqtisodiy indexlar

Guruhiy indekslar va ularni iqtisodiyot samaradorligi ko`rsatkichlarini tahlil qilishda qo`llash
O`rganilayotgan hodisalar to`plami muhim iste`mol va boshqa xususiyatlari jihatidan bir jinsli bo`lgan har xil turlardan iborat bo`lsa, ularning sifat ko`rsatkichlarini indekslashtirish ikki usulda amalga oshirilishi mumkin: biri joriy – va bazis davrlar uchun o`rtacha ko`rsatkichlarni hisoblab taqqoslash, ikkinchisi - o`zgarmas bir holatda qotgan vaznli agregat ko`rsatkichlar tuzib, ularni solishtirish. Bu usullar odatda bir-biridan farq qiladigan natijalar beradi. Birinchi usulda tuzilgan indekslar o`zgaruvchan tarkibli indekslar deb ataladi, chunki ular asosida yotgan o`rtacha ko`rsatkichlar to`plamning tuzilishiga ham bog`liq, u esa joriy va bazis davrlarda turlicha bo`lishi mumkin. Masalan, o`zgaruvchan tarkibli baho indeksini olsak, u quyidagi shaklga ega:
(12.38)
Agar ayrim mahsulotlar turlarining umumiy to`plamdagi hissasini joriy davrda va bazis davrda belgilasak, u holda (12.38) formula yangicha shakl oladi:
(13.38a).

Demak, o`zgaruvchan tarkibli indeks nafaqat baho(yoki boshqa sifat ko`rsatkich) o`zgarishiga bog`liq, balki shu bilan birga unga joriy davrda to`plam tuzilishida ro`y bergan o`zgarishlar ham ta`sir qiladi. Agar yolg`iz baholar o`zgarishini aniqlamoqchi bo`lsak, u holda indeksda vazn ko`rsatkichlarni o`zgarmas, bir davr holatida qotgan holda olishimiz kerak:


Paashe usulida: (12.39)
Laspeyres usulida: (12.40)
O`rtacha baho (yoki boshqa sifat ko`rsatkich) o`zgarishiga ikkinchi omil-to`plam tuzilishidagi o`zgarishlar ta`sirini aniqlash uchun tuzilishdagi siljishlar ta`siri indeksini hisoblashimiz lozim:
Paashe usulida: (12.41)
Laspeyres usulida: (12.42)
Baholar va to`plam tuzilishidagi siljishlarni alohida-alohida, yolg`iz holda qarayotganda Laspeyres usulida tuzilgan indekslar ahamiyatliroqdir. Ammo ularni bog`langan tizim doirasida qaraganda baholar indeksini Paashe usulida, tarkibiy siljishlar indeksini esa Laspeyres usulida tuzish maqulroqdir.
12.1 jadval ma`lumotlariga asosan go`sht mahsulotlari uchun:




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling