Iqtisodiy indekslar


Bazis vaznli agregat indekslar. Laspeyres indekslari


Download 0.53 Mb.
bet7/16
Sana11.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1258347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Iqtisodiy indexlar

Bazis vaznli agregat indekslar. Laspeyres indekslari

Agregat so`zi lotincha “aggregatus” so`zidan olingan bo`lib, o`zaro biriktirish, birga qo`shish, uzviy birlashtirish degan lug`aviy mazmunga ega. Demak, agregat ko`rsatkichlar turli xil iqtisodiy ko`rsatkichlarni o`zaro biriktirishdan, uzviy birlashtirishdan tuzilgan umumiy , yig`ma, to`plama ko`rsatkichlardir va ular murakkab hodisalarni miqdor sifat aniqligini o`lchaydi.



Agregat indekslar – bu turli xil ko`rsatkichlarni umumiy o`lchovga keltirib, olingan yig`ma natijalarni taqqoslash hosilasidir.
Ana shunday ko`rsatkichlarni turli davrlar uchun tuzib, ularni o`zaro taqqoslashga asoslangan indekslar agregat indekslar deb ataladi. Ular murakkab iqtisodiy hodisalar o`zgarishini ta`riflaydi.
Agregat indekslar tuzishdagi asosi muammo mohiyatan turli xildagi ko`rsatkichlardan umumiy agregat barpo etish uchun ularni vazminlashtirishdan iborat.
O`z-o`zidan ravshanki, indekslashtirilayotgan hodisalar mazmunan turli xilda bo`lganligi uchun ularning ko`rsatkichlarini bevosita qo`shib bo`lmaydi. Demak, dastlab ularni bir o`lchovli ko`rinishga keltirish lozim, so`ngra agregat ko`rsatkich hosil qilish mumkin. Buning uchun indeksni hisoblash jarayoniga qo`shimcha ko`rsatkich kiritishimiz kerak, ammo u o`zgarmas miqdor bo`lishi shart. Shu bilan birga u ayrim indekslashtirilayotgan ko`rsatkichlar umumiy agregatda qanday vaznda bo`lishini ham aniqlaydi.
Shunday qilib, agregat indeksni umumiy ko`rinishda quyidagicha yozish mumkin:
sifat ko`rsatkichlari uchun (12.24)
miqdoriy ko`rsatkichlar uchun (12.25)
Vazn vazifasini har doim indekslashtirilayotgan hodisa bilan uzviy bog`langan bir iqtisodiy sharoitda shakllanadigan ko`rsatkich bajaradi. U o`zgarmas miqdor maqomida bo`lishi uchun bazis vaznli agregat indekslarni tuzayotganda bazis davr holatida biriktiriladi:
miqdoriy ko`rsatkichlari uchun (12.26)
sifat ko`rsatkichlari uchun (12.27)
Agregat indekslarda vaznlarni bazis davr holatida olish zarurligini 1871 yilda nemis olimi E. Laspeyres asoslagan. Indekslar nazariyasida ular Laspeyres indekslari deb yuritiladi. 12.1-jadvalga binoan,





Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling