Iqtisodiy indekslar


Joriy vaznli agregat indekslar. Paashe indekslari


Download 0.53 Mb.
bet8/16
Sana11.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1258347
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Iqtisodiy indexlar

Joriy vaznli agregat indekslar. Paashe indekslari

Vaqt o`tgan sari hodisa va jarayonlar kyechish sharoitlarida kuzatiladigan o`zgarishlar to`plana boradi, davrlar orasidagi farqlar kuchayadi, natijada bazis davrning taqqoslamaligi pasayadi. Bu esa Laspeyres indekslariga ham ta`sir etadi. Shuning uchun agregat indekslarning muqobil varianti joriy vaznda tuziladi. Demak, ularda vazn qilib olinadigan ko`rsatkichlar joriy davr holatida qotgan holda qatnashadi:


miqdoriy ko`rsatkichlar uchun (12.28)
sifat ko`rsatkichlari uchun (12.29)
Agregat indekslarni joriy vaznli qilib tuzishni 1874 yilda nemis olimi G.Paashe har taraflama asoslagan. Olim nomini abadiylashtirib, ular Paashe indekslari deb yuritiladi.
12.1 jadvalga ko`ra:




Boshqa shakllardagi agregat indekslar

Laspeyres va Paashe usullari kamchiliklarga ega bo`lishiga qaramasdan, ularga asoslangan indekslar amaliyotda eng ko`p tarqalgandir. Haqiqatan ham Laspeyres indekslari odatda juda soddaligi sababli keng qo`llanadi. Shu bilan birga bu usullarning kamchiliklarini hisobga olib vaznli agregat indekslar tuzishning yana bir qator muqobil yo`llari ishlab chiqilgan. Ular Laspeyres va Paashe usullarining afzal tomonlarini o`zida mujassamlashtiradi va ularning qandaydir “o`rtachasi” hisoblanadi. Bular ichida Ejuart-Marshall va Fisher indekslari eng diqqatga sazovoridir. 1888 yilda ingliz iqtisodchi - matematik olimi Frensis Ejuart agregat indekslar vazni qilib bazis va joriy ko`rsatkichlar o`rtachasini olishni taklif qildi:


miqdoriy ko`rsatkichlar uchun (12.30)
sifat ko`rsatkichlari uchun (12.31)
Bu indekslarni boshqa ingliz iqtisodchisi Alfred Marshall har taraflama tadqiq qilib, amalda ularni hisoblayotganda vazn qilib joriy va bazis davr ko`rsatkichlari yig`indisini olish ma`qulligi haqida fikr bildirdi:



Laspeyres va Paashe indekslari ko`paytmasini kvadrat ildiz ostidan chiqarish yo`li bilan aniqlanadigan o`rtacha geometrik indeks Ejuart- Marshall indekslarining muqobil variantidir. Bu indeks test nazariyasining asoschisi amerika iqtisodchi va statistik olimi Ivring Fisher tomonidan 1922 yilda taklif etilgan. U yakka indekslarga xos barcha xususiyatlarga ega va Fisherning ideal indeksi deb ataladi:


Miqdoriy ko`rsatkichlar uchun: (12.32)
sifat ko`rsatkichlari uchun: (12.33)
12.1 jadvalga binoan:



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling