Iqtisodiy indekslar


Vaznli o`rtacha indekslar


Download 0.53 Mb.
bet6/16
Sana11.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1258347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Iqtisodiy indexlar

Vaznli o`rtacha indekslar



Vaznli agregat indekslar murakkab hodisalar o`zgarishini ayrim elementlarning ahamiyati va vazmindorligini hisobga olib ta`riflaydi.
Inson hayotida, turmushimizda barcha hodisalar birday ahamiyat kasb etmaydi, ayrimlari muhim rol` o`ynasa, salmoqli qimmatga ega bo`lsa, boshqalari ikkinchi o`rinli hisoblanadi, ular ichida ahamiyatsizlari yoki arzimaydiganlari ham uchrab turadi. Shunday qilib, turli xil hodisalar o`zgarishini yagona indeksda umumlashtirish uchun ularning ahamiyatini nazarda tutib, har xil vazmindorlikda hisobga olish zarur. Bunday indekslar vaznli umumiy indekslar deb ataladi. Ular vaznsiz indekslarga o`xshab ikki usulda tuziladi: biri- yakka indekslardan tortilgan (vazmindor) o`rtacha indekslar hisoblash, ikkinchisi- ayrim indekslashtirilayotgan ko`rsatkichlarni vazminlashtirib umumiy agregat barpo etishga asoslanadi. Ilk bor ingliz olimi Artur Yung vaznsiz baho indekslarini teng vazmindor bo`lgani uchun tanqid qilib, 1811 yilda o`rtacha baho indekslarini vaznli shaklda tuzishni taklif etdi va amalda qo`lladi:
(12.20)
bu yerda: W -Yung vaznlari
Hozirgi zamon statistika amaliyotida tortilgan arifmetik o`rtacha indeks quyidagicha tuziladi:
bu yerda uy ho`jaliklarining umumiy agregat xarajatlarida ayrim tovar va xizmatlar (yoki guruhlarning) salmog`i, Wi ayrim tovar va xizmatlar xarid xarajatlari, Wj umumiy uy ho`jaliklari budjet xarajatlari. Odatda vaznlar bazis davr holatida olinadi. Bu holda miqdoriy ko`rsatkichlar uchun tortilgan o`rtacha arifmetik indeks bazis vazinli agregat indeksga teng. Chunki: sifat ko`rsatkichlar uchun ham bu indeks bazis vazinli agrugat indeksga barobar. Chunki:
12.3-jadval
O`zbekiston iste`mol baholari indekslari (2004 y.)*






Vazn dekabr
2004 y

I Chorak 2004

II Chorak 2004

III Chorak 2004

IV Chorak
2004

2004/2003




d
















tovarlar jami

0,85544

97,0

94,8

99,4

101,4

98,0

shu jumladan



















Oziq-ovqat

0,63560

93,6

90,9

97,4

100,1

95,3

nooziq-ovqat

0,21884

107,3

105,6

105,8

105,6

106,3

Xizmatlar

0,14556

128,4

125,6

120,4

122,3

123,6

Umumiy indeks

1,0000

100,7

98,7

102,6

104,6

101,6

* Manba O`zbekiston iqtisodiyoti. Tahliliy sharh. – T.: 2005, 25-b.

Bu yerda indekslar quyidagi tartibda hisoblangan. Masalan III chorak 2004 y: a) tovarlar guruhi uchun:



b) tovar va xizmatlar uchun



Vaznli o`rtacha indekslarni tortilgan garmonik o`rtacha indeks shaklida ham tuzish mumkin:
(12.22) Agar vaznlar joriy davr holatida tuzilgan bo`lsa, u holda sifat ko`rsatkichlar (masalan, baholar) uchun:

Demak, sifat ko`rsatkichlar uchun joriy vaznli garmonik o`rtacha indeks joriy vaznli agregat indeksga teng. Miqdoriy ko`rsatkichlar uchun ham u joriy vaznli agregat indeksga barobar,
chunki (12.22a)
Vaznli o`rtacha indekslar tortilgan geometrik o`rtacha shaklida ham tuzilishi mumkin
(12.23)
Vaznli o`rtacha indekslar ichida amalda qo`llanishi jihatidan eng qulayi tortilgan arifmetik indekslardir. Ularning surati ham, maxraji ham iqtisodiy ma`noga, predmetlilik xususiyatiga ega. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu indekslarni keng qo`llanishi ilmiy jihatdan asosli hisoblanadi.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling