Iqtisodiy indekslar
Bazis vaznli agregat indekslar. Laspeyres indekslari
Download 0.56 Mb.
|
Iqtisodiy indekslar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Agregat indekslar – bu turli xil ko`rsatkichlarni umumiy o`lchovga keltirib, olingan yig`ma natijalarni taqqoslash hosilasidir.
- Joriy vaznli agregat indekslar. Paashe indekslari
- Boshqa shakllardagi agregat indekslar
- (32) sifat ko`rsatkichlari uchun
Bazis vaznli agregat indekslar. Laspeyres indekslari
Agregat so`zi lotincha “aggregatus” so`zidan olingan bo`lib, o`zaro biriktirish, birga qo`shish, uzviy birlashtirish degan lug`aviy mazmunga ega. Demak, agregat ko`rsatkichlar turli xil iqtisodiy ko`rsatkichlarni o`zaro biriktirishdan, uzviy birlashtirishdan tuzilgan umumiy , yig`ma, to`plama ko`rsatkichlardir va ular murakkab hodisalarni miqdor sifat aniqligini o`lchaydi. Agregat indekslar – bu turli xil ko`rsatkichlarni umumiy o`lchovga keltirib, olingan yig`ma natijalarni taqqoslash hosilasidir. Ana shunday ko`rsatkichlarni turli davrlar uchun tuzib, ularni o`zaro taqqoslashga asoslangan indekslar agregat indekslar deb ataladi. Ular murakkab iqtisodiy hodisalar o`zgarishini ta`riflaydi. Agregat indekslar tuzishdagi asosi muammo mohiyatan turli xildagi ko`rsatkichlardan umumiy agregat barpo etish uchun ularni vazminlashtirishdan iborat. O`z-o`zidan ravshanki, indekslashtirilayotgan hodisalar mazmunan turli xilda bo`lganligi uchun ularning ko`rsatkichlarini bevosita qo`shib bo`lmaydi. Demak, dastlab ularni bir o`lchovli ko`rinishga keltirish lozim, so`ngra agregat ko`rsatkich hosil qilish mumkin. Buning uchun indeksni hisoblash jarayoniga qo`shimcha ko`rsatkich kiritishimiz kerak, ammo u o`zgarmas miqdor bo`lishi shart. Shu bilan birga u ayrim indekslashtirilayotgan ko`rsatkichlar umumiy agregatda qanday vaznda bo`lishini ham aniqlaydi. Shunday qilib, agregat indeksni umumiy ko`rinishda quyidagicha yozish mumkin: sifat ko`rsatkichlari uchun (24) miqdoriy ko`rsatkichlar uchun (25) Vazn vazifasini har doim indekslashtirilayotgan hodisa bilan uzviy bog`langan bir iqtisodiy sharoitda shakllanadigan ko`rsatkich bajaradi. U o`zgarmas miqdor maqomida bo`lishi uchun bazis vaznli agregat indekslarni tuzayotganda bazis davr holatida biriktiriladi: miqdoriy ko`rsatkichlari uchun (26) sifat ko`rsatkichlari uchun (27) Agregat indekslarda vaznlarni bazis davr holatida olish zarurligini 1871 yilda nemis olimi E. Laspeyres asoslagan. Indekslar nazariyasida ular Laspeyres indekslari deb yuritiladi. 1-jadvalga binoan, Joriy vaznli agregat indekslar. Paashe indekslari Vaqt o`tgan sari hodisa va jarayonlar kyechish sharoitlarida kuzatiladigan o`zgarishlar to`plana boradi, davrlar orasidagi farqlar kuchayadi, natijada bazis davrning taqqoslamaligi pasayadi. Bu esa Laspeyres indekslariga ham ta`sir etadi. Shuning uchun agregat indekslarning muqobil varianti joriy vaznda tuziladi. Demak, ularda vazn qilib olinadigan ko`rsatkichlar joriy davr holatida qotgan holda qatnashadi: miqdoriy ko`rsatkichlar uchun (28) sifat ko`rsatkichlari uchun (29) Agregat indekslarni joriy vaznli qilib tuzishni 1874 yilda nemis olimi G.Paashe har taraflama asoslagan. Olim nomini abadiylashtirib, ular Paashe indekslari deb yuritiladi. 1 jadvalga ko`ra: Boshqa shakllardagi agregat indekslar Laspeyres va Paashe usullari kamchiliklarga ega bo`lishiga qaramasdan, ularga asoslangan indekslar amaliyotda eng ko`p tarqalgandir. Haqiqatan ham Laspeyres indekslari odatda juda soddaligi sababli keng qo`llanadi. Shu bilan birga bu usullarning kamchiliklarini hisobga olib vaznli agregat indekslar tuzishning yana bir qator muqobil yo`llari ishlab chiqilgan. Ular Laspeyres va Paashe usullarining afzal tomonlarini o`zida mujassamlashtiradi va ularning qandaydir “o`rtachasi” hisoblanadi. Bular ichida Ejuart-Marshall va Fisher indekslari eng diqqatga sazovoridir. 1888 yilda ingliz iqtisodchi - matematik olimi Frensis Ejuart agregat indekslar vazni qilib bazis va joriy ko`rsatkichlar o`rtachasini olishni taklif qildi: miqdoriy ko`rsatkichlar uchun (30) sifat ko`rsatkichlari uchun (31) Bu indekslarni boshqa ingliz iqtisodchisi Alfred Marshall har taraflama tadqiq qilib, amalda ularni hisoblayotganda vazn qilib joriy va bazis davr ko`rsatkichlari yig`indisini olish ma`qulligi haqida fikr bildirdi: Laspeyres va Paashe indekslari ko`paytmasini kvadrat ildiz ostidan chiqarish yo`li bilan aniqlanadigan o`rtacha geometrik indeks Ejuart- Marshall indekslarining muqobil variantidir. Bu indeks test nazariyasining asoschisi amerika iqtisodchi va statistik olimi Ivring Fisher tomonidan 1922 yilda taklif etilgan. U yakka indekslarga xos barcha xususiyatlarga ega va Fisherning ideal indeksi deb ataladi: Miqdoriy ko`rsatkichlar uchun: (32) sifat ko`rsatkichlari uchun: (33) 1 jadvalga binoan: Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling