Iqtisodiy indekslar
Download 0,56 Mb.
|
Iqtisodiy indekslar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zanjirsimon, o`zgarmas asosli va o`zgaruvchan asosli yakka indekslar Zanjirsimon indekslar davr sayin hodisalar o`zgarishini aniqlaydi.
- O`zgarmas asosli indekslar boshlang`ich davrga nisbatan keyingi davrlarda hodisalar o`zgarishini belgilaydi.
- 5. Yakka indekslarning xossalari
Toshkent xususiy do`konlarida savdo hajmi va baholari
Zanjirsimon, o`zgarmas asosli va o`zgaruvchan asosli yakka indekslar Zanjirsimon indekslar davr sayin hodisalar o`zgarishini aniqlaydi. Zanjirsimon indekslar ayni (har bir) davr ko`rsatkichini o`zidan oldingi davr ko`rsatkichi bilan solishtirish natijasida hosil bo`ladi. Bu jihatdan ular zanjirsimon o`sish suratlarini eslatadi. Miqdoriy ko`rsatkichlar uchun (3) Sifat ko`rsatkichlari uchun (4) Bu yerda qi, pi ayrim solishtirilayotgan davrlarga tegishli ko`rsatkichlar. qi-1, pi-1 solishtirilayotgan davrdan oldingi davr ko`rsatkichlari. Zanjirsimon indekslar davr (oy, yil) sayin indekslashtirilayotgan hodisalarning o`zgarishini tasvirlaydi. O`zgarmas asosli indekslar boshlang`ich davrdan to solishtirilayotgan davrgacha o`tgan vaqt davomida o`rganilayotgan hodisalar o`zgarishi qanday darajalar bilan ifodalanishini ko`rsatadi. Ular har bir davr ko`rsatkichini boshlang`ich davr ko`rsatkichiga taqqoslash hosilasi hisoblanadi: O`zgarmas asosli indekslar boshlang`ich davrga nisbatan keyingi davrlarda hodisalar o`zgarishini belgilaydi. Miqdoriy ko`rsatkichlar uchun: (5) Sifat ko`rsatkichlari uchun: (6) Bu yerda: q0, p0 boshlang`ich davr ko`rsatkichlari. O`zgaruvchan asosli indekslar taqqoslanayotgan davrlardan boshlab muayyan taqqoslanuvchi davrgacha o`tgan vaqt davomida o`rganilayotgan hodisalar qanday darajada o`zgarganligini aniqlaydi. Ular joriy davr ko`rsatkichini birmuncha oldingi davrlarga tegishli ko`rsatkichlarga nisbati hisoblanadi: Miqdoriy ko`rsatkichlar uchun: (7) Sifat ko`rsatkichlari uchun: (8) bu yerda q1, p1 -joriy davr (qatorning oxirgi davri) ko`rsatkichlari, qi-k, pi-k undan birmuncha oldin o`tgan davrlarga tegishli ko`rsatkichlar. 5. Yakka indekslarning xossalari Zanjirsimon, o`zgaruvchan va o`zgarmas tarkibli indekslar orasida ma`lum munosabat mavjud. Zanjirsimon indekslar ko`paytmasi o`zgaruvchan asosli indekslarga teng: (9) Oxirgi davrni boshlang`ich davr bilan taqqoslashdan olingan o`zgaruvchan asosli indeksni ketma-ket tartibda har bir keyingi davrlar bilan qiyoslab aniqlangan shunday indeksga nisbati tegishli davrlarning o`zgarmas asosli indekslariga teng: (11) Oxirgi davr uchun olingan o`zgarmas asosli indeksni ketma-ket tartibda har bir keyingi davrlar indeksiga bo`lsak, tegishli davrlarning o`zgaruvchan asosli indekslariga ega bo`lamiz: (12) Shunday qilib, zanjirsimon, o`zgarmas va o`zgaruvchan yakka indekslar orasida sirkulyar (doiraviy) bog`lanishlar mavjud. Bu yakka indekslarning davrali (aylanma) teskarilanish xossasi deb ataladi. Biror iqtisodiy jarayonda ro`y bergan ikkita hodisaga tegishli miqdoriy ko`rsatkich indeksi bilan sifat ko`rsatkichi indeksining bir biriga ko`paytmasi real mazmunli uchinchi indeks hosil qiladi va u natijaviy o`zgarishni ifodalaydi. Masalan, bozorda sotilgan mahsulot hajmi indeksini uning bahosi indeksiga ko`paytirsak, sotuvchilarning daromadi yoki iste`molchilarning xarajati indeksiga ega bo`lamiz: ip*iqipq (13) Yakka indekslarga xos bu xususiyat omillarning teskarilanish xossasi deb ataladi. Yakka indekslarga xos yana bir muhim xususiyat shundan iboratki, ularning formulasida bazis va joriy davrlar o`rnini almashtirilsa, u holda yangi va eski indekslar teskari miqdorlar singari o`zaro (bir - biriga) nisbatda bo`ladi. (14) Yakka indekslarning bu xususiyati ularning vaqt bo`yicha teskarilanish xossasi deb ataladi. Joriy va bazis davrlarda indekslashtirilayotgan ko`rsatkichlarning qiymatlari o`zgarmasa, yakka indeks, qanday hodisa - natijaviy yoki omil hisoblanishidan qat`i nazar, har doim birga teng bo`ladi, ya`ni hodisalarda o`zgarish yo`qligini qayd qiladi: 15 Indekslarning bu xususiyati aynan birday bo`lish xossasi deb yuritiladi. Nihoyat, indekslar qanday o`lchov birliklar qo`llanishiga bog`liq emas, demak, bir o`lchov birligi boshqasi bilan almashtirilsa, bu hol indeksga ta`sir etmaydi. Bu xususiyat indekslarning bir o`lchamlik xossasi deb ataladi. Download 0,56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling