Iqtisodiy mexanizm
Download 87.5 Kb.
|
Milly Iqtisodiy Tizimlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy tizimlar
- An`anaviy yoki natural iqtisodiy tizim
Iqtisodiy tanlov qoidasi
Inson xatti-harakatlari uning manfaatiga qaratilgani uchun «qaysi biri foydali, qaysi biri zararli ekanligi o`ziga ravshan bo`lgach foydalisini tanlayda va olib o`zlashtiradi, zararlisiii rad etadi. Muayyan makondagi tabiat resurslari ma`lum miqdordagi jon-zodlarni boqishi mumkin. Bu qoidaning insoniyatga ham aloqasi bor. Ammo resurslar taqchilligi fan-texnika taraqqiyoti tufayli susayadi. Baribir tabiiy resurslar miqdori bilan aholi soni o`rtasida ma`lum nisbat bo`lishi kerak. Resurslar qanchalik ko`p bo`lmasin, ular chegaralangan vaqt davomida ma`lum miqdordagi aholining farovon yashashi uchun kifoya qiladi. Aholi soni ortib, uning ehtiyoji oshgani sari resurslar kamyobligi kuchayadi. Shu sababli aholining ehtiyoji bilan tabiatning imkoni orasidagi tafovut kuchayib boradi. Tanlash qoidasi shuki, resurslar cheklangan sharoitda ulardan nimani ishlab chiqarish iqtisodiy jihatdan ma`qul bo`lsa, resurslarni shunga sarflash yo`li tanlab olinadi. Masalan, tikuvchilik fabrikasi imkoniga qarab nima tikishni ya`ni kostyummi, plashmi, paltomi, kurtkami, shu masalani o`ziga ma`qul usulda hal qiladi. Fuqaro hamyonidagi puliga qarab qaerdan qaysi birini xarid etishni o`zi tanlaydi. Iqtisodiyotda hech bir narsa tekinga kelmaydi, - degan qoida ham bor. Shunga ko`ra nimaiki tanlansa, uning xaqi to`lanadi. Tanlab olish tufayli voz kechilgan iqtisodiy xatti-harakat keltirishi mumkin bo`lgai foyda tanlov xaqi deyiladi, u har xil ne`mat yoki daromaddan iborat bo`ladi. Хulosa shuki, tanlov naf keltirgandagana unga qo`l urish ksrak. Iqtisodiy tizimlar Iqtisodiy faoliyat ma`lum iqtisodiy tizim sharoitida amalga oshadi. Iqtisodiy tizimga quyidagalar kiradi: a) iqtisodiy resurslar; b) iqtisodiy aloqalar yoki munosabatlar; v) noiqtisodiy mexanizm; g) iqtisodiy siyosat. Iqtisodiy tizimlarni tarixan to`rt turga bo`lish mumkin. An`anaviy yoki natural iqtisodiy tizim. Bu o`ta ko`hna va qoloq iqtisodiy tizim, uzoq vaqtgacha o`zgarmay qolgani uchun arxaik (eski) tizim deb baholanadi. Bu tizimda qo`l mehnati hukmron, ishlab chiqarish natural xarakterga ega; mehnat unumdorligi va turmush darajasi g`oyat past. Iqtisodiy aloqalar xo`jalikning o`z ichida yuz beradi. Boshqalar bilan oldi-sotti munosabatlari bo`lmaydi. Bu iqtisodiyot davlat siyosati ta`siridan holi bo`ladi. An`anaviy iqtisodiy tizim hali taraqqiy etmagan urug`-aymoqchilik sharoitida yashayotgan ba`zi Afrika xalqlarida uchrab turadi. Download 87.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling