Iqtisodiy nazariya
Download 1.31 Mb.
|
Микроиктисод
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ta’lim uchun savol va topshiriqlar
- ILOVALAR 1-ilova Blis-so‘rov uchun savollar
- 2 -ilova Venna diagrammasi 3 -ilova Misol va masalalar (Kichik guruhlar uchun)
Nazorat savollari
Elastiklik tushunchasiga ta’rif bering, uning xususiyatlari nimalardan iborat? Giffen tovarlari deb qanday tovarlarga aytiladi? Misollar keltiring. Narx bo‘yicha talab elastikligi nima? Daromad bo‘yicha talab elastikligi qanday bo‘ladi? Taklifning elastikligini ta’riflang. Talabning narx elastikligiga ta’sir etadigan omillar nimalardan iborat? Taklif elastikligini aniqlab beruvchi asosiy omillar nimalardan iborat? Mustaqil ta’lim uchun savol va topshiriqlar O‘rganilayotgan mamlakatlar amaliyotida elastiklikni iqtisodiy tahlilga kiritilishining ahamiyati. O‘zbekiston sharoitida talab va taklif hamda ularni o‘zgarishigaga ta’sir etuvchi asosiy omillar. ILOVALAR 1-ilova Blis-so‘rov uchun savollar Elastiklikning umumiy tushunchasiga ta’rif bering. Elastiklikning xususiyatlari nimalardan iborat? Narx bo‘yicha talab elastikligi nima? Daromad bo‘yicha talab elastikligi qanday bo‘ladi? Taklifning elastikligini ta’riflang. 2-ilova Venna diagrammasi 3-ilova Misol va masalalar (Kichik guruhlar uchun) 1. Tarvuzga bo‘lgan talab 100 dona bo‘lganda har bir tarvuz narxi 3100 so‘mni tashkil qiladi. 160 dona bo‘lganda bir dona tarvuz 2900 so‘m bo‘lsin. Yoysimon elastiklik koeffisientini hisoblang? 2. Kalishga bo‘lgan talab 150 dona bo‘lganda, har bir poy kalish narxi 7000 so‘mni tashkil qilsin, talab 250 dona bo‘lganda bir poy kalish narxi 6700 so‘m bo‘lsin. Yoysimon elastik koeffisientini hisoblang? 3. Talab va taklifning narxga bog‘liqligi. 1 kg go‘shtning narxi 12 300 so‘m turgandagina qo‘yilgan talab va tovar taklifi miqdoriga teng. 1 kg go‘sht 10 000 so‘m tursa, tovarning (go‘sht) talabi qanchaga teng, taklifi qancha tonnaga teng? Narx 12 300 so‘mdan yuqori bo‘lsa, aytaylik 12 400 so‘m bo‘lsa, bozorda go‘shtga bo‘lgan holat qanday bo‘ladi? 4. Iste’molchining daromadi yiliga 700 000 so‘mdan 1 mln.ga oshdi. Makaronga bo‘lgan talab yiliga 3 kg dan 1 kg ga pasaydi. Yog‘ga bo‘lgan talab 5 kg dan 7 kg ga oshdi, daromadga nisbatan va mahsulot xarakteriga nisbatan talab elastikligini aniqlang? 5. Agarda daromadlarning 1,1 marotobaga ortishi natijasida choynaklarga bo‘lgan talabning 5 % ga ortishi natijasida choynaklar bo‘yicha olingan daromadlarning elastikligi nimaga teng? 6. Bug‘doyga bo‘lgan narxning talab elastikligi 0,8 ga teng bo‘lgan holda barcha xarajatlarni saqlagan holda fermerlarga hosildorlikni 10 foizga oshirish foydalimi? 7. Daftarga bo‘lgan talab 100 dona bo‘lganda har bir daftar narxi 1000 so‘mni tashkil qiladi. Talab 200 dona bo‘lganda bitta daftar narxi 900 so‘m bo‘lsin. Yoysimon elastiklik koeffisientini hisoblang?3. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling