Iqtisodiy nazariya


Download 1.31 Mb.
bet41/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1624406
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   100
Bog'liq
Микроиктисод

Qisqa muddatli davr deb, firma o‘z resurslarining bir qismini son jihatdan o‘zgartirib qolgan qismini o‘zgarmas holatda qoldirish dav­riga aytiladi.
Qisqa muddatli ishlab chiqarish funksiyasi – mavjud doimiy resurslar sharoitida firma o‘zgaruvchan resurslar hajmini o‘zgartirib ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan maksimal ishlab chiqarish hajmini ko‘rsatadi.
Q = f (K, L)
Uzoq muddatli davr deb, firma o‘zi foydalanayotgan jami resurs­larning sonini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan davrga aytiladi.
Uzoq muddatli davrda barcha ishlab chiqarish omillari o‘zgaruv­chan bo‘ladi. Firma iqtisodiy resurslarga bo‘lgan bozor talabi va nar­xiga qarab ishlab chiqarishning texnologik samaradorligi variantla­ridan birini tanlashi mumkin.
3. Bir o‘zgaruvchan omil qatnashgandagi ishlab chiqarish
Ma’lum vaqt oralig‘ida jami ishlab chiqarilgan mahsulotni umu­miy mahsulot (Total product) desak, o‘rtacha mahsulot (Average product) – umumiy mahsulotni ushbu mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan o‘zgaruvchan va doimiy ishlab chiqarish omillari (L,K) sarfiga nisbati bilan aniqlanadi:
; ;
AP – o‘rtacha mahsulot, TP – umumiy mahsulot miqdori, L,K – sarflangan o‘zgaruvchan va doimiy ishlab chiqarish omillari.
Chekli mahsulot – bu o‘zgaruvchan resurslar kombinatsiyasini kichik miqdorda qo‘shimcha sarfi hisobidan umumiy mahsulotning o‘sgan qismiga aytiladi. Masalan, qisqa muddatli ishlab chiqarishda bitta o‘zgaruvchan omil, ya’ni faqat mehnat sarflansa, chekli mahsulot:

MPLmehnatning chekli mahsuloti yoki mehnatning chekli mah­suldorligi. Mehnatning bir birlik oshishi natijasida umumiy maxsu­lotning oshishini ko‘rsatadi.
Q1, Q2Umumiy maxsulotning ikkita ketma-ket kelganlari.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling