Iqtisodiy o’sish modellari va ulardan makroiqtisodiy tahlilda foydalanish yo’nalishlari
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
zamonaviy iqtisodiy o\'sish modellari
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati............................................................
|
39 |
KIRISH
Kurs ishinining dolzarbligi. Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning asosiy yo’li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o’sishiga erishishdir. Aholi farovonligining oshirib borishi ham pirovard natijada iqtisodiy o’sish darajasi va sur’atlariga bog’liq. Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo’lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo’lgan iqtisodiy o’sish ko’proq tahlil qilinadi. Iqtisodiy o’sish bevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining mutlaq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko’payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.
Barchamiz yaxshi bilamizki, bugungi kunda butun insoniyat koronavirus pandemiyasi degan global ofatni boshidan o’tkazmoqda. Bunday ulkan falokat jahon miqyosida so’nggi yuz yilda ro’y bermagan, desak, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz.
Oxirgi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoning 191 mamlakatida 81 million kishi koronavirus bilan kasallangan. Pandemiya jahon iqtisodiyoti uchun – shunga e’tibor bering – har oyda qariyb 400 milliard dollar miqdorida zarar keltirmoqda. Bugungi kunga qadar dunyo bo’yicha 500 millionta ish o’rni yo’qotilgan.
Jahondagi mushkul vaziyat va global inqiroz sharoitida aynan shunday ko’p tomonlama muloqot yangi xatar va tahdidlarga samarali qarshi turish uchun imkoniyat yaratib, mamlakatlarimiz barqarorligi, farovonligi va izchil taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiladi
Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2020 yilda O’zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 580 203,2 mlrd. so’mni tashkil etdi. 2019 yil bilan taqqoslaganda 1,6 % ga o’sdi.
2020 yilda aholi jon boshiga hisoblangan YaIM hajmi joriy narxlarda 16 949,1 ming so’mni (yoki 1 685,5 AQSh dollari ekvivalentida) tashkil etdi.
2020 yil yakuni bo’yicha YaIM tarkibida tovarlar ishlab chiqarishda 341 467,5 mlrd. so’m, xizmat ko’rsatish sohasida 194 363,5 mlrd. so’m miqdorida yalpi qo’shilgan qiymat yaratildi. Mahsulotlarga sof soliqlar esa 44 372,2 mlrd. so’mni tashkil etdi.
Bunday iqtisodiy o’sish ko’p jihatdan iqtisodiyotda soliq yukini pasaytirishga qaratilgan va izchil amalga oshirilayotgan siyosat bilan bog’liq. Jumladan, 2019 yilda yuridik shaxslar uchun daromad solig’i 9 foizgacha, mikrofirmalar va kichik biznes uchun yagona to’lov 7 foizgacha tushirilgani buning amaliy tasdig’idir. Shu borada o’tgan yili Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan oshirib, ya’ni 0,3 foiz profittsit bilan bajarilganini ta’kidlash zarur.
Shunga qaramasdan, takidlash joizki keyingi yillarda ko’plab mintaqalarda ishlab chiqarish darajasi rivojlanishi passiv va sezilarli darajada samaradorligi pasaydi. Bu esa nafaqat respublika balki mintaqaviy siyosat doirasida iqtisodiy o’sish va unga ta’sir qiluvchi omillarni tadqiqot ob’ekti sifatida tanlanilishiga asos bo’ldi.
Respublika va mintaqalar iqtisodiy o’sishini rivojlanish darajasi, uning taraqqiyoti darajasini tahlil qilish va bozor munosabatlari nuqtai nazardan baho berish ushbu tadqiqot ishining predmetini belgilaydi. Bu tadqiqotda dialektik aloqadorlik uslubi va solishtirish, statistika, analiz va sintez usullaridan foydalanildi.
Kurs ishining tarkibi. Kirish,
Download 304 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling