Iqtisodiy o’sish modellari va ulardan makroiqtisodiy tahlilda foydalanish yo’nalishlari


I.BOB. Iqtisodiy o’sishning mazmuni


Download 304 Kb.
bet3/14
Sana04.04.2023
Hajmi304 Kb.
#1327279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
zamonaviy iqtisodiy o\'sish modellari

I.BOB. Iqtisodiy o’sishning mazmuni
1. Iqtisodiy o’sishning mazmuni va mohiyati
Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning asosiy yo’li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o’sishiga erishishdir. Aholi farovonligining oshirib borishi ham pirovard natijada iqtisodiy o’sish darajasi va sur’atlariga bog’liq. Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo’lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo’lgan iqtisodiy o’sish ko’proq tahlil qilinadi.
Iqtisodiy o’sish bevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining mutlaq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko’payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.
Iqtisodiy o’sishni YaIM mutloq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o’lchash buning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bog’liq bo’ladi. Odatda biron-bir mamlakat iqtisodiy o’sishini YaIM mutlaq hajmining ortishi orqali o’lchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o’lchash esa mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qo’llaniladi.
Mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atini tavsiflaydigan mazkur ko’rsatkichlar (real YaIM va aholi jon boshiga real YaIMning o’sishi) miqdoriy ko’rsatkichlar bo’lib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to’liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy o’sishini to’liq tavsiflab berolmaydi. Ikkinchidan, real YaIM va aholi jon boshiga YaIMning o’sishi bo’sh vaqtning sezilarli ko’payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko’rsatilishiga olib keladi. Uchinchidan, iqtisodiy o’sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muhitga va insonning hayotiga salbiy ta’sirini hisobga olmaydi.
Shunga ko’ra, iqtisodiy o’sishning barcha tavsifi yillik o’sish sur’atlarining foizdagi o’lchovida to’liq o’z ifodasini topadi:
,
bu erda: O’S – iqtisodiy o’sish sur’ati, foizda;
YaIMbazis davr – taqqoslanayotgan davr (yil) dagi real YaIM hajmi;
YaIMjoriy davr – joriy davr (yil) dagi real YaIM hajmi.
Shuningdek, iqtisodiy o’sish mamlakat ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayib borishini ham anglatadi. Milliy ishlab chiqarish natijalarining miqdor jihatidan ko’payishi va sifat jihatidan takomillashib borishi pirovardida ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’ining o’ng tomonga qarab siljishiga olib keladi. Aytaylik, 2019 yildagi milliy ishlab chiqarish hajmi (Y2019) 2000 yildagi (Y2000) ga nisbatan o’sdi. Bu o’sish o’z navbatida milliy ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’ining ham kengayishiga olib keladi (1-rasm).

Download 304 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling