Qo’llab-quvvatlashlarni davom ettirish zarur
Qayd etilishicha, 2020 yilda o’sish sur’atlarining keskin sekinlashuvidan so’ng, 2021 yilda O’zbekiston iqtisodiyoti Covid-19 inqirozi ta’siridan qisman tiklanishi prognoz qilinmoqda. Iqtisodiyot to’liq tiklangunga qadar esa, pandemiyaning daromadi past oilalar va qattiq zarar ko’rgan korxonalarga salbiy ta’sirini yumshatish uchun ularni qo’llab-quvvatlash amaliyotini davom ettirish kerak. Mamlakatning o’rta muddatli iqtisodiy istiqbollari ham ijobiy bo’lishi aytilmoqda. O’zbekiston savdo hamkorlarining iqtisodiyoti va jahon iqtisodiyotining yaxshilanib borishi, shuningdek, hukumat davlat korxonalarining iqtisodiyotdagi rolini qisqartirish bo’yicha islohotlarni hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish choralarini ko’rish kerak. Bu xususiy sektorda o’sishni qo’llab-quvvatlaydi. Kambag’allikni qisqartirish jarayonini jadallashtirish uchun aholining rasmiy bandligi, fuqarolarning daromadlari va iqtisodiy imkoniyatlarning oshishiga olib keladigan islohotlarga e’tibor qaratish lozim.
Islohotlarning murakkab bosqichi boshlanmoqda – asosiy masala shaffoflikni ta’minlash
Hisobotda O’zbekiston iqtisodiyotini pandemiyadan tiklanishidagi asosiy muammolar hamda qilinishi kerak bo’lgan ishlar haqida ham so’z boradi. Bozorni liberallashtirish jarayonining boshlang’ich bosqichi tugaganidan so’ng, O’zbekiston erdan foydalanish va egalik qilish huquqi, mehnat bozori va kapital bozorini isloh qilish, shuningdek davlat korxonalarini transformatsiya qilish bilan bog’liq islohotlarning navbatdagi, murakkabroq bosqichiga o’tmoqda.
O’rta muddatli eng muhim vazifa islohotlarning inklyuzivligi va shaffofligini ta’minlash bo’ladi. Davlat korxonalarini isloh qilish jarayonini jadallashtirish hamda xususiy sektor keltirib chiqaradigan raqobatbardosh va inklyuziv iqtisodiy o’sish modelini yaratish orqali davlatning iqtisodiyotdagi rolini kamaytiradi. Natijada, bu davlat tomonidan boshqariladigan model merosiga barham berishga yordam beradi. Garchi oldingi iqtisodiy o’sish modeli YaIM o’sishining yuqori sur’atlarini ta’minlagan bo’lsa-da (2000 yildan 2016 yilgacha bo’lgan davrda yiliga o’rtacha 6%), tez o’sib borayotgan aholi uchun ish o’rinlari va fuqarolar uchun iqtisodiy imkoniyatlar yaratolmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |