Iqtisodiy o’sish modellari va ulardan makroiqtisodiy tahlilda foydalanish yo’nalishlari
II.BOB. Iqtisodiy o’sish modellari va ulardan makroiqtisodiy tahlilda foydalanish yo’nalishlari
zamonaviy iqtisodiy o\'sish modellari
- Bu sahifa navigatsiya:
- E ndogen o’sishning yangi nazariyalari 5 .1-rasm
II.BOB.
|
Iqtisodiy o’sish modellari va ulardan makroiqtisodiy tahlilda foydalanish yo’nalishlari. |
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o’sish omillarini o’rganish hamda uning kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli iqtisodiy o’sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Iqtisodiy o’sish modellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli ko’payishi taklif omillariga tayangan holda tahlil etish imkonini beradi.
Barcha iqtisodiy modellar kabi iqtisodiy o’sish modellari ham real jarayonlarning abstrakt va soddalashgan ko’rinishida, shartli tarzda grafiklar va tenglamalarda aks ettiriladi. Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy o’sishning quyidagi nazariyalari farqlanadi:
iqtisodiy o’sishning yangi keynscha nazariyalari; – iqtisodiy o’sishning yangi klassik nazariyalari;
iqtisodiy o’sishning empirik nazariyalari; – endogen o’sishning yangi nazariyalari (1-rasm).
E ndogen o’sishning yangi nazariyalari5.1-rasm
Ushbu yo’nalishlar doirasida iqtisodiy o’sishning turli nazariy modellari yaratila boshlandi. XX asrning o’rtalarida keynschilikning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asosida yangi yo’nalish, ya’ni neokeynschilik vujudga keldi. Iqtisodiy o’sishning dinamik modellarini ishlab chiqqan neokeynschilik vakillari orasida ingliz iqtisodchisi Roy Xarrod (1900- 1978) o’z modelida ishchi kuchi, aholi jon boshiga daromad va naqd kapital o’sishi o’rtasidagi munosabatlarni tadqiq qildi6.
U milliy daromadning kapital sig’imlilik darajasini ifodalovchi «kapital koeffitsienti» tushunchasini yaratdi. R.Xarrod kapital sig’imlilik mezonidan texnika taraqqiyotining iqtisodiyotga ta’sirini tahlil qilishda foydalandi. Amerikalik iqtisodchi, neokeynschilik yo’nalishi vakili Evsey Domar (1914-1997) ham R.Xarrod tadqiqotlaridan bexabar ravishda mutanosib iqtisodiy o’sishning biroz boshqacharoq modelini taklif etdi.
U J.M.Keynsning investitsiyalar daromadni shakllantirish orqali talabni oshiradi, degan fikriga qo’shimcha qilib, investitsiyalar bir vaqtning o’zida tovarlar taklifining oshishiga ham olib keladi, deb ta’kidlaydi7. E.Domar va R.Xarrod modellarida iqtisodiy o’sishni rag’batlantiruvchi omil sifatida investitsiyalar keltiriladi, chunki ular multiplikativ ta’sirga ega va shuning uchun barqaror o’sishni ta’minlaydi.
Ushbu modelda J.Keynsdan farqli o’laroq takror ishlab chiqarish jarayoni uzoq muddatli davr dinamikasida tadqiq qilingan. Xarrod-Domar modeli bozor iqtisodiyotining o’z-o’zini boshqarish imkoniyatiga ega bo’la olmasligini asoslab berdi. Ushbu modelni respublikamiz iqtisodiyotida qo’llaydigan bo’lsak, mustaqillikning datlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda qator izchil islohotlar olib borilib, mamlakatda yalpi ichki mahsulotning o’sishiga hamda iqtisodiy rivojlanishga bevosita ta’sir ko’rsatayotgan investitsiyalarga katta e’tibor berib kelinmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruktsiya qilish uchun investitsiyalarni jalb qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega.
So’nggi vaqtlarda respublikamizda investitsion muhitni og’lomlashtiruvchi va mustahkamlovchi iqtisodiysiyosiy vaziyat tendentsiyasi hukm surmoqda. Iqtisodiy o’sishning yangi klassik ilk nazariyalari 1950-1960-yillarning chegarasida paydo bo’ldi. O’sha davrda iqtisodiy o’sish sur’atlarini foydalanilmayotgan quvvatlar hisobiga emas, balki yangi texnikalarni joriy qilish, mehnat unumdorligini oshirish va ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish hisobiga jadallashtirish muammosi birinchi o’ringa ko’tarildi.
Bu yo’nalish vakillari (amerikalik iqtisodchi Robert Solou va ingliz iqtisodchisi Jeym Smit va boshqalar) nazariyasining metodologik asosini ishlab chiqarish omillarining klassik nazariyasi tashkil etadi. Ma’lumki, bu nazariyada mehnat, kapital va er ijtimoiy mahsulotni hosil qilishning mustaqil omillari sifatida talqin etiladi8.
Neoklassik nazariya vakili Robert Solou (1924 yilda tug’ilgan) o’z modelida jamg’armalar, mehnat resurslari o’sishi va ilmiy-texnik taraqqiyotning aholi turmush darajasi va uning dinamikasiga ta’sir qilish mexanizmini aniqladi. R.Solouning asosiy xulosasi shuki, uzoq muddatda iqtisodiy o’sish sur’atlari kapital qo’yilmalar oshishiga emas, balki texnologik rivojlanish omiliga bog’liq bo’ladi9. Shunday ekan, uningcha doimiy texnik rivojlanish va resurslardan samarali foydalanish iqtisodiy o’sishning asosiy omillari hisoblanadi. Dj.Mid modeli ham neoklassik asoslarga ega bo’lib, iqtisodiy o’sishni marjinalistik yondashuvlar orqali tushuntiradi.
Dj.Mid o’z kontseptsiyasini «Iqtisodiy o’sishning neoklassik nazariyasi» (1961 y.) nomli kitobida ifodalagan. Dj.Mid mehnat va texnik taraqqiyot o’sish sur’atlarini doimiy deb taxmin qilib, quyidagi xulosaga keldi: iqtisodiy o’sishning barqaror sur’atiga kapital o’sishning barqaror sur’atlari va uning milliy daromad o’sish sur’atlari bilan tengligi sharoitida erishiladi. Agar kapital oshishining sur’atlari milliy daromad o’sishi sur’atlaridan oshsa, unda bu jamg’arish sur’atlarining o’z-o’zidan pasayish sur’atlariga olib keladi.
Dj.Mid modelida davlat faqatgina pul-kredit siyosatidan foydalanilgan holda barqarorlashtiradigan vazifani bajaradi. Faqatgina shu resurslarning zarur bandligi va barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlaydigan daromad va jamg’armalarning qayta taqsimlash mexanizmini yaratishga imkon beradi. Iqtisodiy o’sishning zamonaviy nazariyalari shakllanishiga iqtisodiy o’sishga turli omillarning ta’sirini o’rganishga yo’naltirilgan empirik tadqiqotlar ulkan hissa qo’shdi.
Bu sohada izlanishlar olib borgan eng yirik tadqiqotchilardan biri Edvar Denisondir (1915-1992 y.y.). Amerikalik iqtisodchi inson omili ta’sirini o’lchash uchun faqat ish kuchi soninigina emas, balki mehnat unumdorligining xo dim yoshi va jinsi, ma’lumoti va kasbiy tayyorgalik darajasiga bog’liqligini ham hisobga olgan.
E.Denisonning fikriga ko’ra, mehnat unumdorligining iqtisodiy o’sishga ta’siri quyidagi jarayonlar natijasida ro’y beradi:
– texnologik bilimlarning kengayishi yoki ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish;
– «boy berilganni qoplash», ya’ni taraqqiy etgan davlatlar tomonidan qoloq mamlakatlarga amaliy bilimlarni taqdim etish. Bu qoloq mamlakatlarga rivojlangan davlatlarning eng maqbul iqtisodiy o’sish darajasiga yaqinlashish imkonini beradi;
– ishlab chiqarishning jismoniy omillarini joylashtirishni yaxshilash hamda ularni eng yuqori samara beradigan tarmoq va mintaqalarda qo’llash;
– iqtisodiyot ko’lamlarini kengaytirish, ayni paytda ishlab chiqarishni ixtisoslashni rivojlantirish va milliy bozorlarni rivojlantirish10.
Pol Romer (1955 yilda tug’ilgan) va Robert Lukas (1937 yilda tug’ilgan) 1980- yillar oxiri va 1990-yillarning boshlarida Solou modelidan qoniqmagan holda endogen iqtisodiy o’sish nazariyasini yaratdilar. Bu nazariya texnologik taraqqiyotni matematik tushuntirishni nazarda tutar va o’z ichiga ishchilar faoliyati samarasini oshiradigan bilim, malaka va qobiliyatni ifodalaydigan inson kapitali tamoyilini ham olgan edi. Boshqa kapital shakllaridan farqli ravishda inson kapitalining rentabelligi o’sish tendentsiyasiga ega bo’ladi11.
Shuning uchun mamlakatning iqtisodiy o’sishi kapital to’plangan sari sekinlashmaydi va iqtisodiy o’sish sur’atla ri kiritilayotgan kapital turiga bog’liq bo’ladi. Inson kapitalini oshiradigan omillar sifatida esa ta’lim va innovatsiyalar keltiriladi. Agar barcha modellarni umumlashtirgan holda o’rganadigan bo’lsak, bugungi kunda ayni bir modelning iqtisodiyotda to’liq qo’llanilayotganligini ko’rishning iloji yo’q, deb o’ylaymiz. Keynschilar bu borada iqtisodiy o’sishni modellashtirishda asosiy e’tiborni investitsiya va davlat boshqaruviga qaratsa, neoklassiklar davlat boshqaruvini inkor etgan holda barcha ishlab chiqarish omillarining samaradorlik jihatlarini ustuvor, deb hisoblashadi.
Bizning fikrimizcha, biror davlat o’z iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish yo’lida ayni bir iqtisodiy o’sish modelini tanlamasdan, o’z mamlakatining tabiiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy salohiyati, aholining urf-odatlari, an’analari va mentalitetidan kelib chiqqan holda o’z iqtisodiy o’sish modelini ishlab chiqishi lozimdir. Shundan so’ng bu mamlakat iqtisodiyotining turli xil tashqi ta’sirlarga sezuvchanlik darajasi kamayadi va jahon iqtisodiyoti bo’ylab sodir bo’layotgan inqirozlarga qarshi chidamlilik darajasi etarlicha yuqori bo’ladi. Bunga yaqqol misol sifatida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan rivojlanishning «O’zbek modeli»ni keltirishimiz mumkin.
Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning har bir bosqichida makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o’sishni ta’minlash asosiy ustuvor vazifa etib belgilab kelindi. Ma’lumki, makroiqtisodiy barqarorlik mamlakatning YaIMida namoyon bo’ladi va u davlatning iqtisodiy qudratiga baho beradi.
Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo’lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yo’lga qo’yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmat turlarining ko’payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi, bir so’z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib borishida mustaqil taraqqiyot yo’lining to’g’ri tanlangani, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bo’lib xizmat qilmoqda.
Bu omillardan yagona maqsad – yurt tinchligi va ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo’lida jamiyatimizning doimo hamjihat bo’lib kelayotgani o’ta murakkab mustaqil taraqqiyot yo’lini bosib o’tishda naqadar og’ir sinovlardan muvaffaqiyatli o’tishga imkon yaratdi. Birgina misol, 2008 yilda boshlangan, bugungi kunga qadar salbiy ta’sir va oqibatlari saqlanib qolayotgan, keyingi yillarda rivojlangan mamlakatlarda o’zining yangi «xuruji»ni namoyon etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi nafaqat ayrim mamlakatlar, balki dunyoning deyarli barcha qitalarida iqtisodiy siyosatning zaif jihatlari, ayniqsa, bank-moliya tizimining «mo’rt» bo’g’inlarini oshkor etib qo’ydi.
Birinchi Prezidentimiz jahon moliyaviy inqirozi ro’y bergan dastlabki palladayoq uning ta’sir darajasi, ko’lami va keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan salbiy oqibatlariga etarli baho berib, «jahon moliyaviy inqirozidan imkon qadar tez chiqish, uning oqibatlarini engillashtirish ko’p jihatdan har qaysi davlat doirasida va umuman, dunyo hamjamiyati miqyosida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning qanchalik samaradorligiga, ularning bir-biri bilan uyg’unligiga bog’liq»12, deb xulosa chiqargan edi.
Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va modernizatsiya siyosati quyidagi ijobiy natijalarga olib keldi:
to’liq makroiqtisodiy barqarorlik va milliy iqtisodiyotimizning yuqori o’sish sur’atlari ta’minlandi;
inflyatsiya darajasi yiliga 5,5-6,5 foizdan oshmagan holda saqlanib kelinmoqda;
milliy valyutamiz barqarorligi tobora o’sib borayotgan oltin-valyuta zaxirasi bilan mustahkamlanib kelinmoqda;
O’zbekiston Respublikasining jami davlat tashqi qarzi bugungi kunda YaIMning 15-18 foizidan oshmaydi. Bunday jami tashqi qarz ko’rsatkichi Jahon bankining barcha asosiy mezonlari bo’yicha «juda o’rtamiyona» deb tasniflanadi;
2002 yildan beri byudjet kamomadi YaIMning 1 foizidan oshmagan bo’lsa, 2019 yildan beri profitsit bilan ijro etilmoqda;
real YaIMning o’sish darajasi oxirgi besh yil mobaynida 8 foizdan yuqori bo’lib kelmoqda, jumladan real YaIMning o’sish sur’ati 2015 yilda 8,5 foizni, 2016 yilda 8,3 foizni, 2017 yilda 8,2 foizni, 2018 yilda 8,1 foizni va 2019 yilda esa 8 foizni tashkil etdi.
Xulosa qilib aytganda, so’ngi yillarda respublikamiz makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlari bo’yicha ijobiy natijalarga erishmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz YaIMi qariyb 5,5 barobardan ziyodga oshdi. 2000-2019 yillarda qishloq xo’jaligining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 30,1 foizdan 16,6 foizgacha qisqargani holda, aksincha sanoatning ulushi mutanosib ravishda 14,2 foizdan 24 foizgacha oshdi.
Bugungi kunda xizmat ko’rsatishning YaIMdagi ulushi 54,5 foizni tashkil qilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbir korlikning iqtisodiyotdagi ahamiyati yildan-yilga ortib bormoqda. Yaratilayotgan YaIMning 56,7 foizi aynan mazkur soha hissasiga to’g’ri kelmoqda. Shuningdek, biznes yuritish uchun qulay muhit, xorijiy investorlar uchun huquqiy kafolatlar va imtiyozlarning keng tizimi, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatini rag’batlantirish yaxlit tizimi mamlakatimiz iqtisodiyotiga to’g’ridanto’g’ri xorijiy investitsiyalar oqimini oshirishga va bu orqali iqtisodiy o’sish sur’atlarini tezlashtirishga imkon bermoqda.
Download 304 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling