Iqtisodiy o‘sish nazariyalarining rivojlanishi ularning mazmuni va


Download 214.29 Kb.
bet12/14
Sana17.06.2023
Hajmi214.29 Kb.
#1551068
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2-mavzu Solov modeli

Iqtisodiy o‘sishda J. Mid modeli


U ham neoklassik asoslarga ega bo‘lib, iqtisodiy o‘sishni ma;jinalistik yondoshuvlar orqali tushuntiradi. O‘z konsepsiyasini J.Mid “Iqtisodiy o‘sishning neoklassik nazariyasi”(1961-y.)kitobida bayon etdi. Kobb Duglas vazifasining zamonaviylashtirilgan (modernizatsiyalashgan) variantidan foydalanib, J.Mid barqaror dinamik muvozanat qobilligi tenglamasini keltirib shiqardi.




Y + L +r (2.30.)
bu yerda: y-milliy daromadning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati: R- kapitalning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati;
L-mehnatning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati; o-milliy daromadda kapitalning ulushi;
-milliy daromadda mehnatningulushi; r-texnik taraqqiyot sur’ati.
! Tenglama, milliy daromadning o‘sish sur’ati milliy daromadda ega bo‘lgan ulushi bo‘yicha mehnat va kapital o‘sish sur’atlarining yig‘indisiga teng bo‘1ib unga yana texnik taraqqiyot sur’ati qo‘shiladi. Mehnat va texnik taraqqiyot o‘sish sur’atlarini doimiy deb taxmin qilib J. Mid quyidagi xulosaga keldi; iqtisodiy o‘sishning
barqaror sur’ati kapital o‘sishnirig barqaror siir’at1ari va uning milliy daromad o‘sish sur’at1ari bilan tengligi sharoitida erishiladi. Agar kapital oshishining sur’atlari milliy daromad o‘sishi sur’atlaridan oshsa, unda bu jamg‘arish sur’atlarining o‘z-o‘zidan pasayishiga olib keladi.
Mehnat unumdorligi o‘sish sur’atlarining dinamik muvozanatga ta’sirini ko‘rib chiqib J. Mid agar ular kapital jamlanishi sur’atidan oshsa unda chegaraviy mehnat unumdorligining pasayishi natijasida mehnatning kapital bilan almashtirilishi hosil bo‘1adi degan xulosaga
keldi, ishlab chiqarish i arayonida ularning yangi xosligi esa mehnat ham kapitalning to‘liq bandligini ta’minlaydi. Shu bilan birga I.Mid real holatda mehnat va kapital jamg‘arilishi sur’atlari o‘rtasida muvofiqlikka annal qilish zaiurligiga e’tibor qaratgan. Aks holda, agar
mehnatning o‘sishi unga muvofiq kapital oshishi bilan birga bormasa ishlab chiqarishning o‘sishi ro‘y bermaydi, ehunki ishchi kuchining o‘sishi ortiqcha bo‘lib ishsizlik vujudga keladi. Agar kapital mehnat unumdorligini o‘sish sur’atlaridan tezroq o‘ssa, unda ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari hosil bo‘ladi. Biroq bu holda ham dinamik muvozanatga erishish usullari mavjud. J. Mid bozorlarning neoklassik nazariyasiga asoslanib ularni ko‘rsatadi.
Bunda, mehnat bozorida ishsizlikning vujudga kelishi holatida ish haqi stavkasining pasayishiga olib keladigan raqobat kuchayadi. Natijada ishchi kuchining o‘sish sur’atlari bilan tenglashadigan jamg‘arish sur’atlari oshadi. J. Mid modelida davlat faqatgina pul- kredit siyosatidan foydalanilgan holda barqarorlashtiradigan vazifani bajaradi. Faqatgina shu resurslarning zarur bandligi va barqaror iqtisodiy o‘sishning ta’minlaydigan daromad va jamg‘armalarning samarali qayta taqsimlash mexanizmini yaratishga iinkon beradi.



    1. Download 214.29 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling