2. Ijtimoiy soha
Madaniy va ijtimoiy barqarorlikni saqlab qolish, ne’matlarni adolatli taqsimlash, inson kapitalini ko‘paytirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy muammolarni anglash. Bunda quyidagilar ustuvor hisoblanadi:
- qashshoqlik va ochlikni yo‘qotish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ovqatlanish sifatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish;
- Aholining kambag‘al qatlamlariga maqsadli yordam ko‘rsatish;
- Sog‘lom turmush tarzi va barcha yoshdagi aholi guruhlari uchun turmush farovonligini ta’minlash;
- Sifatli ta’lim bilan barchani qamrab olish va insonni umri davomida ta’lim imkoniyatlarini rag‘batlantirish.
Barqaror iqtisodiy o‘sishning ob’yektiv shart-sharoitlari
Barqaror rivojlanish yondashuviga ko‘ra:
- Iqtisodiy o‘sishning maksimallashuvi va aholi ehtiyojini qondirilishi pirovard natijada aholi farovonligini yaxshilanishiga olib keladi;
- Tabiatni yomonlashuvi jamiyatda ijtimoiy munosabatlarga, ishlab chiqarish va iste’molni qisqarishiga, qashshoqlikni o‘sishiga olib keladi;
- Iqtisodiyotni rivojlanishini tabiiy resurslar bilan bir qatorda informasiya va bilim resurslari ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |