Iqtisodiy o‘sish va milliy boYlik


-chizma Real mahsulot o‘sishini aniqlab beruvchi omillar


Download 85.65 Kb.
bet4/9
Sana20.11.2023
Hajmi85.65 Kb.
#1790123
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
17.ИҚТ ЎСИШ МИЛЛИЙ БОЙЛИК

17.3-chizma
Real mahsulot o‘sishini aniqlab beruvchi omillar



1. Банд бўлган ишчилар сони
2. Ишлаган киши-соатларининг ўртача миқдори


Меҳнат сарфлари






Ишлаб чиқаришнинг реал ҳажми




  1. Техника тараққиёти

  2. Капитал қўйилмалар ҳажми

  3. Таълим ва малака тайёргарлиги

  4. Ресурсларни жойлаштириш самарадорлиги

  5. Бошқа омиллар

Меҳнат унумдор-лиги





Amaliy hayotda iqtisodiy o‘sishni susaytirib turuvchi omillar ham mavjud bo‘ladiki, ular mehnat muhofazasi, atrof muhitning ifloslanishi kabi holatlar natijasida kelib chiqadi. Keyingi yillarda respublikamizda davlat tomonidan atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tartibga solishda muhim tadbirlar amalga oshirildi. Bu o‘z navbatida iqtisodiy o‘sish sur'atiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. CHunki bunday tadbirlarni amalga oshirish tegishli xarajatlarni taqozo qiladi. Shu orqali mehnat unumdorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar boshqa tomonga jalb qilinadi.


Hozirda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish omillaridan imkon qadar samarali foydalanishga e'tibor qaratilgan. Ayniqsa, iqtisodiyotda ishchi kuchining samarali bandligini ta'minlash bu boradagi muhim yo‘nalishlardan hisoblanadi. Har yili iqtisodiyotda yangi ish o‘rinlari yaratib borilmoqda. Masalan, 2008 yil mobaynida 661 mingga yaqin, jumladan, kichik biznes sohasida – 374 mingta, xizmat ko‘rsatish va servis sohasida – qariyb 220 mingta, kasanachilik hisobidan esa – 97 ming 800 ta yangi ish o‘rni yaratildi1. SHuningdek, 2009 yil – «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturi doirasida qishloq joylarida 65 mingta yangi ish o‘rinlari bilan ta'minlovchi mehnat sig‘imi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Jumladan:
- chorvachilik, parrandachilik komplekslari va issiqxona xo‘jaligi (35 ming ish o‘rni);
- sut va go‘shtni qayta ishlash sohasi (8 ming ish o‘rni);
- mebel, poyafzal va tikuv sexlari (9 ming ish o‘rni);
- oziq-ovqat va qandolatchilik sexlari (6 ming ish o‘rni);
- mahalliy xomashyodan qurilish materiallari sexlari (7 ming ish o‘rni).
SHuningdek, kasanachilik va xalq hunarmandchiligini tashkil qilish orqali 70 mingta, har bir qishloq tumanida kamida 50 ta kam ta'minlangan oilalarni qoramol bilan ta'minlash evaziga 7 mingta yangi ish o‘rinlari yaratish belgilangan. Bu ishlarni amalga oshirish uchun barcha moliyalashtirish manbalaridan 202,0 mlrd. so‘m ajratilishi nazarda tutilgan2. Bunday chora-tadbirlar natijasida ishchi kuchi bandligi darajasini oshirish va tarkibini yanada takomillashtirish mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishning yuqori sur'atlarini ta'minlashga zamin yaratadi.
Iqtisodiy o‘sish omillaridan texnika taraqqiyotini ta'minlash hamda investitsiyalar hajmini oshirish – mamlakatimizdagi iqtisodiy siyosatning asosiy yo‘nalishiga aylangan. Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, «…jahon iqtisodiy inqirozi ishlab chiqarishni muntazam yangilab, modernizatsiya qilib borish zaruratini kun tartibiga yanada o‘tkir qilib qo‘ymoqda va buning uchun bor kuch-imkoniyatimiz va resurslarimizni safarbar etishni talab qilmoqda»3.
Umuman olganda, hozirgi global inqiroz sharoitida ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga investitsiyalarni ko‘proq jalb etish zarurati quyidagilar orqali izohlanadi:
1) inqiroz vaqtida jahon bozorida zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar arzonlashadi. Bunday imkoniyatdan foydalanib, ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasini yangilash hamda uning asosida raqobatbardosh mahsulotlarni yaratish qisqa davrda ushbu sarf-xarajatlarni qoplash imkonini beradi;
2) yuqori darajada qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni eksportga chiqarishning qo‘shimcha imkoniyatlari vujudga keladi;
3) texnik va texnologik asosni yangilashda vaqt jihatidan yutish imkoni paydo bo‘ladi;
4) investitsiyalar ichki talabni kengaytirib, qurilish sanoatining rivojlanishini rag‘batlantiradi;
5) ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi diversifikatsiyalanadi.



Download 85.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling