Iqtisodiy o‘sish va milliy boYlik


Download 85.65 Kb.
bet6/9
Sana20.11.2023
Hajmi85.65 Kb.
#1790123
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
17.ИҚТ ЎСИШ МИЛЛИЙ БОЙЛИК

Pul daromadining
qo‘shimcha o‘sishi
(talab)



=

Ishlab chiqarish quvvatlarining qo‘shimcha o‘sishi (taklif)

Bu tenglikni formula tarzida yozilsa, u quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
yoki ,
bu erda:
I – har yillik sof kapital qo‘yilmalar;
∆I – sof kapital qo‘yilmalarning qo‘shimcha o‘sishi;
∆I/I – sof kapital qo‘yilmalarning o‘sish sur'ati;
1/a – multiplikator, bu erda a –jamg‘arishga bo‘lgan o‘rtacha moyillik;
 - kapital samaradorligi.

SHunday qilib, iqtisodiyotdagi ishchi kuchining to‘la bandligini hamda ishlab chiqarish quvvatlarining to‘liq ishlashini ta'minlovchi sof investitsiyalar yoki kapital qo‘yilmalarning o‘sish sur'ati  x a ga teng bo‘lishi lozim. Agar iqtisodiyotdagi investitsiyalarning potensial o‘rtacha samaradorligi 0,3 ga, jamg‘arishga bo‘lgan o‘rtacha moyillik 0,2 ga teng bo‘lsa, u holda investitsiyalarning o‘sish sur'ati 6% (0,3x0,2)x100%)ga teng bo‘ladi.


R.Xarrodning iqtisodiy o‘sish modeli investitsiya va jamg‘armalar o‘rtasidagi makroiqtisodiy muvozanat, ya'ni ga asoslanadi. U statik holdagi makromuvozanat uchun alohida, dinamik holdagi makromuvozanat uchun alohida formuladan foydalanadi. 1-formula quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
,
bu erda:
G – milliy daromadning o‘sish sur'ati (∆Y/Y);
S – kapital sig‘imi (I/∆Y);
S – milliy daromad tarkibidagi jamg‘arishning ulushi (S/Y).
2-formula quyidagi ko‘rinishda o‘z ifodasini topadi:
,
bu erda:
Gw – haqiqiy jamg‘arma va taxmin qilinayotgan investitsiyalar o‘rtasidagi dinamik muvozanatni ta'minlovchi o‘sishning kafolatlangan sur'ati;
Cr – kapital koeffitsientining talab etilayotgan miqdori.
Neokeynschilarning fikriga ko‘ra bozor iqtisodiyoti sharoitida doimiy kafolatlangan o‘sish sur'atiga avtomatik ravishda erishib bo‘lmasligi sababli, ular dinamik muvozanatga erishish uchun iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish zarurligi to‘g‘risidagi xulosaga keldilar.
Iqtisodiy o‘sishning muhim modellaridan biri bo‘lib tarmoqlararo balans hisoblanadi. Tarmoqlararo balansning dastlabki nazariy asoslari sobiq ittifoq davrida ishlab chiqilgan edi. Keyinchalik u asli Rossiyalik bo‘lgan hamda AQSHga o‘tib ketgan iqtisodchi V.Leontev tomonidan «xarajatlar – natijalar» modeli sifatida takomillashtirilgan holda ishlab chiqildi (17.3-chizma).
V.Leontev iqtisodiy tahlilning «xarajatlar – ishlab chiqarish» usulida eng avvalo e'tiborni iqtisodiyotdagi miqdoriy aloqalarga qaratadi. Tarmoqlar o‘rtasidagi bu aloqalar texnologik koeffitsientlar (I kvadrantdagi a11, a12, a13 va h.k. belgilar) orqali o‘rnatiladi.
Tarmoqlararo balans jadvali to‘rtta kvadrantdan iborat. Birinchi kvadrantga mahsulot ishlab chiqarishga moddiy sarflar ko‘rsatkichlari joylashtirilgan. Ikkinchi kvadrantga shaxsiy iste'mol, jamg‘arish, davlat xaridi va eksport sifatida foydalaniluvchi pirovard mahsulot ko‘rsatkichlari joylashtirilgan. Uchinchi kvadrantdan qo‘shilgan qiymat (ish haqi, foyda, soliqlar) va import ko‘rsatkichlari o‘rin olgan. To‘rtinchi kvadrantda sof milliy mahsulotni qayta taqsimlash ko‘rsatkichlari joylashgan. Tarmoqlararo aloqalar jadvali ustunlari bo‘ylab xarajatlarni, ya'ni har bir tarmoq bo‘yicha mahsulot qiymatini tashkil etuvchi unsurlarni, satrlar bo‘yicha esa – milliy iqtisodiyot har bir tarmog‘i mahsulotini taqsimlash tarkibiy tuzilmasini aks ettiradi.
Iqtisodiy o‘sish modellari to‘g‘risida so‘z yuritiganda «nol darajadagi iqtisodiy o‘sish» konsepsiyasiga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mazkur konsepsiyaga XX asrning 70-yillarida asos solingan. Bu konsepsiya tarafdorlarining fikricha texnika taraqqiyoti va iqtisodiy o‘sish atrof-muhitning ifloslanishi, tabiatga zaharli moddalarning chiqarilishi, shahar qiyofasining yomonlashuvi va boshka Shu kabi ko‘plab salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Aholi sonining tezlik bilan ko‘payib borishi, ishlab chiqarish mikyoslarining kengayishi natijasida ishlab chiqarish, ayniqsa tabiiy resurslarning kamayib borishi pirovardida iqtisodiy o‘sish chegaralarini cheklab qo‘yadi. Buning oqibatida ocharchilik, atrof-muhitning buzilishi, resurslarning tugashi ro‘y berib, tez orada aholi soni va sanoat ishlab chiqarish hajmi keskin qisqara boshlaydi. SHunga ko‘ra, «nol darajadagi iqtisodiy o‘sish» konsepsiyasi tarafdorlari iqtisodiy o‘sishni maqsadga muvofiq ravishda ma'lum chegarada ushlab turish zarur, deb hisoblaydilar. Ular iqtisodiy o‘sish tovar va xizmatlar hajmining ko‘payishini ta'minlashini tan olsalarda, bu o‘sish bir vaqtning o‘zida turmush darajasining yuqori sifatini ta'minlay olmasligini ta'kidlaydilar.
O‘z navbatida, mazkur konsepsiya muholiflari iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasini yoqlab, uning o‘zi cheksiz ehtiyojlar va cheklangan resurslar o‘rtasidagi ziddiyatni yumshatishini, aynan yuqori darajadagi o‘sish sharoitida jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyati vujudga kelishini ko‘rsatadilar. Atrof-muhitning ifloslanishi esa iqtisodiy o‘sish oqibati bo‘lmay, u tabiiy resurslardan foydalanishdagi narx shakllanish tizimining noto‘g‘riligidan kelib chiqadi. SHunga ko‘ra, mazkur muammolarni hal etish uchun tabiiy resurslardan foydalanishda qonuniy cheklovlar yoki maxsus soliqlarni kiritish, ifloslantirish huquqi bozorini shakllantirish lozimligini ta'kidlaydilar.



Download 85.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling