Iqtisodiy o‘sish va milliy boYlik


Asosiy tayanch tushunchalar


Download 85.65 Kb.
bet9/9
Sana20.11.2023
Hajmi85.65 Kb.
#1790123
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
17.ИҚТ ЎСИШ МИЛЛИЙ БОЙЛИК

Asosiy tayanch tushunchalar:
Iqtisodiy rivojlanish – ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyotida o‘z ifodasini topadi.
Iqtisodiy o‘sish – YAIM, SMM, MD miqdorining mutloq hajmi va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishida va sifatining yaxshilanishida ifodalanadi.
Iqtisodiy o‘sish mezoni – iqtisodiy o‘sishni nisbatan to‘liq darajada baholash imkonini beradigan ko‘rsatkichni xarakterlaydi.
Iqtisodiy o‘sishning ko‘rsatkichlari – iqtisodiy o‘sishni aniqlashda foydalaniladigan qiymat, ijtimoiy naflilik va natural (jismoniy) ko‘rsatkichlar tizimidan iborat.
Ekstensiv iqtisodiy o‘sish – ishlab chiqarishga qo‘shimcha iqtisodiy resurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi.
Intensiv iqtisodiy o‘sish – ishlab chiqarish omillarini rivojlantirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko‘payib borishi.
Iqtisodiy o‘sish omillari – iqtisodiy o‘sishga ta'sir ko‘rsatishda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan va uni aniqlab beruvchi talab, taklif va taqsimlash omillarini bildiradi.
Milliy boylik – insoniyat jamiyati taraqqiyotida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy va ma'naviy boyliklar hamda foydalanishga jalb qilingan tabiat in'omlari.
Moddiy-buyumlashgan boylik – milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan ashyoviy – buyum ko‘rinishga ega bo‘lgan qismi.
Tabiiy boylik – milliy boylikning tabiatda mavjud bo‘lib, insoniyat tomonidan foydalanishga jalb qilingan tabiat ashyolari va kuchlari (er, qazilma boyliklar, o‘rmonlar, suv va boshqalar).
Ma'naviy boylik – ashyoviy-buyum ko‘rinishiga ega bo‘lmagan nomoddiy qimmatliklardan va insoniyatning intellektual salohiyati natijalaridan iborat.


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:

  1. Iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy o‘sish tushunchalarining ta'rifini bering hamda ularning umumiy tomonlari va farqlarini ko‘rsating.

  2. Iqtisodiy o‘sishning ekstensiv va intensiv turlari qanday aniqlanadi?

  3. Nima uchun real hayotda sof ekstensiv yoki sof intensiv iqtisodiy o‘sish turlari uchramaydi?

  4. Mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga, aholisining turmush darajasiga va ishlab chiqarishining samaradorligiga baho berishda iqtisodiy o‘sishning qanday ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi?

  5. Iqtisodiy o‘sishga ta'sir qiluvchi taklif, taqsimlash va talab omillarini tushuntiring hamda ularning ahamiyatini baholang.

  6. O‘zbekistonda nominal YAIM 2004 yil 12189,5 mlrd. so‘mni, 2005 yil 15923,4, 2006 yil 20759,3, 2007 yil 28186,2 mlrd. so‘mni tashkil qilgan. Uning yillar bo‘yicha o‘sish sur'atlarini aniqlang. Respublika aholisi 2004 yil 26007, 2005 yil 26167,0, 2006 yil 26485,8, 2007 yil 27100 ming kishini tashkil qilganligini hisobga olsak, aholi jon boshiga nominal YAIM o‘sish sur'ati qanday o‘zgargan?

  7. Milliy boylik tushunchasining ta'rifini bering va tarkibiy tuzilishini ko‘rsating.

  8. Milliy boylik tarkibida moddiy-buyumlashgan boylik qanday o‘ringa ega va u qanday tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi?

  9. Nima uchun er, suv kabi tabiiy boyliklarni qiymat o‘lchovida baholab, milliy boylik tarkibiga kiritish mumkin emas?

  10. Madaniy, tarixiy obidalar va arxitektura yodgorliklarining milliy boylik tarkibida aks etishini qanday izohlaymiz? Ularning har biriga misollar keltiring.




1 Қаралсин: Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон, 2009, 25-б.

2 Манба: «Қишлоқ тараққиёти ва фаровонлиги йили» Давлат дастури материаллари.

3 Қаралсин: Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон, 2009, 39-б.



Download 85.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling