Iqtisodiy o‘sishni qanday tuchunasiz?


Budjet munosabatlari va Budjet tizimi amal qilishining qonuniy-huquqiy asosini qaysi qonuniy hujjat tashkil etadi?


Download 1.2 Mb.
bet24/62
Sana24.11.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1796479
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   62
Bog'liq
Iqtisodiy o\'sish savollarga javoblar (1)

Budjet munosabatlari va Budjet tizimi amal qilishining qonuniy-huquqiy asosini qaysi qonuniy hujjat tashkil etadi?

Budjet tizimi rivojlanishi davrida amaliyotda o‘zini oqlagan, davlat boshqaruvi tizimi islohoti bilan mutanosib ravishda taraqqiy topib borgan va shakllangan me’yoriy- huquqiy bazaning asosi saqlab qolinib, jahonda umume’tirof etilgan budjet tizimi tamoyillari, budjet tasnifi, o‘rta muddatli budjetni rejalashtirish yoki natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirish kabi normalar Kodeksda o‘z aksini topdi.
Bundan tashqari, budjet vakolatlarining kengaytirilishi orqali nafaqat nazorat organlari, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri budjet mablag‘larini oluvchilar, budjet tashkilotlari hamda budjet mablag'larini taqsimlovchilar vakolatlari ham batafsil yoritib berildi. Budjet kodeksi amaldagi me’yorlami kengaytirish bilan bir qatorda, davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish, budjet ijrosi ustidan nazorat va budjet qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlikni aks ettiruvchi yangi moddalar bilan ham ahamiyatlidir.
Umuman olganda, budjet jarayoni bosqichlari, ya’ni Davlat budjetini tayyorlash, ko‘rib chiqish, tasdiqlash hamda ijro etish, ijro ustidan nazorat va hisobot tayyorlashni amalga oshirish fimksiyalari belgilandi.
Budjet kodeksining yana bir muhim jihati shundaki, endi Davlat budjeti va mahalliy budjetlaming asosiy ko‘rsatkichlari ommaviy axborot vositalari hamda Moliya vazirligining veb-saytida e’lon qilinib, onlayn rejimida savollar va takliflar berish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida aytganda, Budjet kodeksi respublikamiz budjet tizimini hamda davlat budjetini rejalashtirish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, ijro etish, hisob va hisobotini olib borish, nazoratini yuritish hamda uning ochiqligini yanada takomillashtirish, Davlat moliyaviy tizimini boshqarish samaradorligini sifat jihatidan yuqori bosqichga ko‘tarish imkonini beruvchi yagona me’yoriy hujjat sifatida yurtimiz ravnaqi, halqimiz turmush farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi, shubhasiz.




  1. Download 1.2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling