Iqtisodiy o‘sishni qanday tuchunasiz?


Download 1.2 Mb.
bet1/62
Sana24.11.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1796479
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
Iqtisodiy o\'sish savollarga javoblar (1)


  1. Iqtisodiy o‘sishni qanday tuchunasiz?

Iqtisodiy o‘sish - ishlab chiqarishni takomillashtirish, iqtisodiyotda progressiv o‘zgarishlar va qayta qurishlarning muhim shart-sharoitidir.
U taraqqiyotning ajralmas qismi, ijtimoiy rivojlanishning asosini tashkil qiladi. Iqtisodiy o‘sish - aholining moddiy faravonligini oshirish vositasi hisoblanadi. Shu sababli u davlat iqtisodiy siyosatining negizi bo‘lib qoladi. Iqtisodiy o‘sish nafaqat ishlab chiqarish, balki taqsimot munosabatlarini takomillashtirish, mehnat resurslarining bandligini ta’minlash, investitsion faollikni oshirish va pirovard natijada davlat budjeti daromadlarining ko‘payib borishini ta’minlash manbai hisoblanadi. U ko‘pgina ichki va xalqaro darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolami muvaffaqiyatli hal etish imkonini beradi. Iqtisodiy o‘sish mamlakat aholisining turmush darajasini oshirishga, ekologiya, mudofaa muammolarini hal etishga imkoniyat tug‘diradi. “Global inqiroz sharoitida iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlash, joylardagi mavjud muammolami manzilli hal etish, ko‘makka muhtoj yurtdoshlarimizni qo‘llab-quwatlash, yoshlari- mizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish - Prezidentdan boshlab barcha darajadagi rahbarlaming bosh vazifasi bo‘lmog‘i darkor”.
Iqtisodiy o‘sish - to‘liq bandlik bilan mujassamlashgan ishlab chiqarish real hajmining uzoq muddat mobaynida o‘sishidir. Iqtisodiy o‘sish YAIM, davlat iqtisodiy qudrati va insonlar farovonligining o‘sishida o‘z ifodasini topadi. Shuningdek, iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi milliy mahsulot miqdorining mutlaq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishi hamda sifatning yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ham ifodalanadi.



  1. Mikroiqtisodiy o‘sish haqida fikringiz?

Mikroiqtisodiy o‘sish bu korxona, xo‘jalik firma va tarmoq doirasidagi o‘sishdir, shu doiradagi mehnat qiluvchilar iqtisodiy aniqrog‘i guruhiy faoliyatning natijasidir.




  1. Download 1.2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling