Iqtisodiy o‘sishni qanday tuchunasiz?


A. Lyuis modelini iqtisodiy o‘sishga ta’sirini izohlang


Download 1.2 Mb.
bet9/62
Sana24.11.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1796479
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   62
Bog'liq
Iqtisodiy o\'sish savollarga javoblar (1)

A. Lyuis modelini iqtisodiy o‘sishga ta’sirini izohlang.

A. Lyuis modeli. U ishchi kuchi zaxirasi (rezerv)ni iqtisodiy o‘sishning asosi sifatida ko‘rib chiqadi. Shuning uchun uning muallif fikricha, u “aholi zichligi yuqori, capital tanqis, haqiqiy resurslar esa cheklangan”davlatlar uchun qo‘l keladi. Bunday mamlakatlarga A.Lyuis Hindiston, Pokiston, Misr va boshqalami kiritadi.
A.Lyuis o‘z konsepsiyasida erkin bozor g‘oyasiga asoslanganligi tufayli, tahlil markaziga u tadbirkor figurasini qo‘yadi. U bozorda mavjud ishlab chiqarish omiJlaridan foydalanish xususida qarorlar qabul qiladi, ya’ni yer, kapital, yer xususida. Model iqtisodiyotning ikki sektorini hisobga olgan holda quriladi: agrar va sanoat sektorlari.
Agrar sektorda mehnat resurslarining taklifi cheklanmagan, mehnat unumdoligi juda past, chegaraviy mahsulot esa nolga teng deb taxmin qilinadi. Bu esa qishloq xo‘jaligidan ishchi kuchining olinishi ishlab chiqarish qisqarishiga olib kelmasligini anglatadi. Qishloq xo‘jaligida ishchilarning ish haqi yashash minimumi darajasida bo‘lgani sababli, bu ishchi kuchidan sanoatda foydalanish hech qanday muammo tug‘dirmaydi. Bu sektordagi mehnat unumdorligi agrar sektordagidan ancha yuqori.
Shunday qilib, A.Lyuis modelining vazifasi mehnat resurslarining bir qismini qishloq xo‘jaligidan sanoatga qayta taqsimlash va bu bilan iqtisodiy o‘sish sur’atining tezianishiga erishish hisoblanadi. Bu jarayonda asosiy mexanizm bo‘lib tarmoqlararo bozor xizmat qiladi.
Sanoat ishlab chiqarish masshtablarini kengaytirib, o‘z ishchilarining daromadlari o‘sishini ta’minlaydi, bu esa ichki talabni oshishiga ko‘maklashadi. Bunda tadbirkorlar o‘sib borayotgan daromadlami ishlab chiqarishni kengaytirishga yo‘naltiradilar. Bu daromadlar keyinchalik iqtisodiy o‘sishga dinamik ta’sir ko‘rsatadi.


  1. A. Lyuis o‘z modelini nima sababdan g‘arbiy mamlakatlar uchun to‘g‘ri kelmaydi deb hisoblaydi.?

Iqtisodiy o‘sishning o‘zini A.Lyuis ikki turga ajratadi: sanoatda uning manbasi bo‘lib qo‘shimcha ishchi kuchidan foydalanish hisoblanadi (ekstensiv tur), qishloq xo‘jaligida esa chegaraviy mehnat unumdorligining oshishi (intensiv tur). Iqtisodiy o‘sishning bu ikki turi investitsiyalashning ikki turli xil vazifalariga muvofiq keladi. Sanoatda gap asosan kapitalni kengaytirish ustida boradi. Shuning uchun investitsiyalaming berilgan vazifasi yakuniy sanoat mahsulotiga taklifga bog‘liq bo‘ladi. Uning o‘sishi daromadlar oshishi va investitsiyalar kengayishini rag‘batlantiradi. Qishloq xo‘jaligida, aksincha, investitsiyalar daromadlaming qisqarishiga bog‘liq holda kengayadi: ish haqiga xarajatlaming ko‘payishi fermerlami qo‘l mehnatini mashina mehnati bilan almashtirishga majbur qiladi. O‘z modelini rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ishlab chiqib A.Lyuisuni industrial bosqichni o‘tgan G‘arbiy mamlakatlar uchun to‘g‘ri kelmaydi, deb hisoblagan.



  1. Download 1.2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling