Iqtisodiy o‘sishni qanday tuchunasiz?
Iqtisodiy institutlar, ulaming milliy iqtisodiyotda raqobat
Download 1.2 Mb.
|
Iqtisodiy o\'sish savollarga javoblar (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekistonda raqobat munosabatlarini shakllantirishning iqtisodiy institutlari. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi to‘g‘risidagi qanday nazariyalami bilasiz
Iqtisodiy institutlar, ulaming milliy iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirishdagi roli qanday? Raqobatni rivojlantirishning muhim strategik maqsadi nimalarga asoslanadi?
Iqtisodiy institutlar Ular soliq, moliya, tijorat yoki moliya bozori sohalarida bir qator muammolarga duch kelganda ajrimni bajarish uchun muayyan qoidalar va qonunlarni belgilaydigan barcha sub'ektlar yoki tashkilotlar deb ta'riflanadi. Ya'ni, ushbu atama takrorlanadigan va o'ziga xos vaziyatlarda bir qator me'yor va xatti-harakatlar qoidalarini belgilaydigan sub'ektlarga nisbatan qo'llaniladi. Ular iqtisodiy organizmlar deb ham ataladi. Globalizatsiya jarayonining chuqurlashuvi sharoitida milliy iqtiso- diyotlaming o‘zaro bog‘liqligini kuchayishi, jahon bozorlarida raqobat va moliyaviy-iqtisodiy beqarorlikning ortishi, mamlakatlaming raqobatbardoshligini o‘stirish hisobiga barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash yo‘llarini topishga undaydi. Raqobatbardoshlikning yuqori darajasi mamlakat iqtisodiy salohiyatini oshiradi, aholining turmush darajasi o'sadi va sifatining yaxshilanishini ta’minlaydi. Iqtisodiyotning tarkibi, infratuzilmasi, boshqaruvi, geoiqtisodiy holati, milliy qiymatliklari hamda tarixidagi tafovutlar barchasi u yoki bu darajada mamlakat va uning korxonalar raqobatbardoshligiga ta’sir qiladi. Globalizatsiya jarayonida milliy tovar va xizmatlaming raqobatbardoshligini ta’minlovchi tashqi omillar miqyosi va tarkibida salmoqli o‘zgarishlar yuz beradi. Raqobatbardoshlikning tashqi omillariga makroiqtisodiy muhit, rivojlanishning innovatsion yo‘lini tanlash, milliy institutlar va infratuzilmalaming holati, inson kapitalining sifati, milliy iqtisodiyotning hududiy va tarmoq jihatdan balanslashganlik darajasi kiritilib, ular ichki omillarga o‘zgaruvchan ta’sir o‘tkazadi. O‘zbekistonda raqobat munosabatlarini shakllantirishning iqtisodiy institutlari. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi to‘g‘risidagi qanday nazariyalami bilasiz? Milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha tizimli tadbirlar belgilangan bo‘lib, unda dastlab real sektordagi tovar va mahsulotlami eksport qiluvchi korxonalami qoilab-quvvatlash, ularni tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini ta’minlash, qat’iy tejamkor- likni qo‘llash, mahsulot tannarxi va xarajatlarini pasaytirishni rag‘batlantirish, shu jumladan, energiya tejamkorligini samarali tizi- mini qo‘llash va energiya sig‘imini qisqartirish bo‘yicha choralar, ichki bozorda yalpi talabni rag‘batlantirish va boshqalar belgilangan edi. Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish bo‘yicha choralaming amalga oshirilishi, xomashyoni qat’iy tejash tizimining qo‘llanishi mahsulot tannarxining 15-20 foizga pasayishini ta’minladi. 2012-yilda mahsulotning energiya sig‘imkorligi va moddiy xarajatlaming 10-15 foizga qisqartirilishiga erishildi. Real sektorda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish, raqobatbardosh tarmoqlami rivojlan tirish maqsadida xomashyoni chuqur qayta ishlovchi tarmoqlar ulushini oshirishga qaratilgan iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar 0 ‘zbekiston korxonalarining tashqi bozordagi barqaror holatini ta’minlaydi. 0 ‘zbekiston iqtisodiyotini uzoq muddatli istiqbolda raqobatbardoshligini oshirish uchun quyidagi yo‘nalishlarga kuchlami va resurslami qaratish lozim: - iqtisodiyotni modemizatsiyalash va tarkibiy o‘zgarishlami chuqurlashtirish, iqtisodiy o'sishning innovatsion omillarini oshirish, YAIMda moddiy va energiya sig‘imini 2 barobar pasaytirish hisobiga mamlakat iqtisodiyotini sifat jihatdan yangi bosqichga o‘tishi orqali iqtisodiy o'sishning barqaror yuqori darajasini ta’minlash (8%); - modemizatsiyalashning birinchi navbatdagi obyekti bo‘lib innovatsion mahsulotga boMgan talabni ta’minlashga qodir tarkiblar, davlat ta’lim standartlariga rioya qilish, innovatsiya infratuzilmasi rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan qulay investitsion muhit va boshqa barqaror iqtisodiy o‘sish elementlari bo‘lishi lozim; - o‘ta yangi mahsulot turlari va yuqori texnologiyalami ishlab chiqishni o‘zlashtirish asosida tashqi bozorda mahalliy tovarlaming raqobatbardoshligini oshirish; sanoat ishlab chiqarishi, biotexnologiya, informatika va nanatexnologiyadagi yangi kashfiyotlami qo‘llashga asoslangan hamda milliy iqtisodiyotning ko‘pgina tarmoqlari va sohalarida katta salohiyatga ega bo‘lgan energiya va suv tejaydigan texnologiyani joriy etish; - milliy iqtisodiyotni jahon moliyaviy-iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvini chuqurlashtirish, uni tashqi iqtisodiy bozor konHyukturasiga bog‘liqligini pasaytirish uchun tashqi bozorda raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ulushini oshirish hisobiga eksport tarkibini diversifikatsiyalash; - mamlakatning yoqilg‘i-energetik balansini mustahkamlash va takomillashtirish, chunki iqtisodiyotni energiya ta’minotida tabiiy gazning ulushi me’yordan ancha yuqori ko‘rsatkichga ega boigani uchun istiqbolli energiya tejovchi texnologiyalarni faol ishlab chiqish va xalqaro ayirboshlash, energiyaning muqobil manbalaridan keng foydalanish zarur. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling