Iqtisodiy o‘sishni qanday tuchunasiz?


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish o‘z oldiga qanday maqsad va vazifalarni qo‘yadi?


Download 1.2 Mb.
bet19/62
Sana24.11.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1796479
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62
Bog'liq
Iqtisodiy o\'sish savollarga javoblar (1)

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish o‘z oldiga qanday maqsad va vazifalarni qo‘yadi?

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mavjud tuzumni mamlakat ishida va xalqaro maydonda mustahkamlash va uni o‘zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi.
Davlatning iqtisodiy vazifalaridan quyidagi ikki turini ajratib ko'rsatish mumkin:
1) bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug‘diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash; 2) raqobatni himoya qilish.
Davlatning boshqa vazifalari iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy tamoyillaridan kelib chiqadi. Bu yerda davlatning uchta vazifasi alohida ahamiyatga ega:
1) daromad va boylikni qayta taqsimlash;
2) resurslami qayta taqsimlash;
3) iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish.


  1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning bevosita va bilvosita usullariga tavsif bering.

Markazdan boshqarish tartibi ustun bo‘lgan mamlakatlarda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta’sir qilish usullari ustun bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti esa asosan iqtisodiy jarayonlami bilvosita tartibga solish bilan bog‘langan. Shu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning davlat sektori mavjud.
Davlat sektorini boshqarish mulkchilikning davlat shakliga asos- lanib, u asosan quyidagi uchta yo‘l orqali shakllanadi:
1) ishlab chiqarish vositalari egalariga pul yoki qimmatli qog‘ozlar bilan tovon to‘lash orqali mulkni milliylashtirish;
2) davlat budjeti mablag‘lari hisobiga yangi korxonalar, ba’zi hollarda yaxlit tarmoqlami barpo etish;
3) davlat tomonidan xususiy korporatsiyalaming aksiyalarini sotib olish va aralash davlat-xususiy korxonalarini tashkil etish.
Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va budjet siyosatida o‘z ifodasini topadi.
Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo‘ladi: - hisob stavkasini tartibga solish; - moliya-kredit muassasalarining Markaziy bankdagi zaxiralari minimal hajmini o‘matish va o‘zgartirish; - davlat muassasalarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operat- siyalari (davlat obligatsiyalarini chiqarish, ulami sotish va toMash).
Davlatning pulga bo‘lgan talab va taklifini o‘zgartirish borasidagi siyosati monetar siyosat deb yuritiladi.
Davlat budjet siyosati uning daromadlar va xarajatlar qismini o‘zgartirishga qaratiladi. Davlat xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy mablag‘lami jalb qilishning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Ulardan xo‘jalik sub’yeklari faoliyatiga va ijtimoiy barqarorlikka ta’sir ko‘rsatishda ham keng foydalaniladi.
Soliqlar yordamida davlat tomonidan tartibga solish tanlangan soliq tizimiga, soliq stavkasi darajasiga hamda soliq turlari va soliq toMashda berilgan imtiyozlarga bog‘liq bo‘ladi.
Davlat iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida budjet xarajatlaridan ham foydalanadi. Bunga birinchi navbatda, davlat kreditlari, subsidiyalari va kafolatlari, hamda xususiy sektordan tovarlami sotib olishga qilinadigan sarflar misol boiadi.



  1. Download 1.2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling