Iqtisodiy o‘sishni qanday tuchunasiz?


Tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy vositalarini sanab ko‘rsating. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda davlat sektori qanday rol o‘ynaydi?


Download 1.2 Mb.
bet20/62
Sana24.11.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1796479
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   62
Bog'liq
Iqtisodiy o\'sish savollarga javoblar (1)

Tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy vositalarini sanab ko‘rsating. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda davlat sektori qanday rol o‘ynaydi?

Ma’muriy vositalar. Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma'muriy vositalardan foydalaniladi. Ma'muriy vositalar davlat xokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xarakterdagi tadbirlarni o`z ichiga oladi.
Tartibga solishning ma'muriy vositalaridan foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to`g`ridan-to`g`ri tartibga solish ko`zda tutiladi. Ayniqsa ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqtisodiyotga bilvosita ta'sir qilish tadbirlari kam samarali bo`lib, ma'muriy vositalardan foydalanishga ustunlik beriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida ko`rsatish mumkin:
a) iqtisodiyotning ayrim bo`g`inlari - transport, aloqa, atom va elektr - energetika, kommunal xizmat va boshkalarni bevosita boshqarish. Bunda davlat mulk sohibi va tadbirkor sifatida o`ziga qarashli korxona va tashkilotlar iqtisodiy hayotida faol qatnashadi. Davlat tadbirkorligi, ma'lum doirada amal qilib, ko`pincha texnologiya sharoiti xususiy kapital uchun qulay bo`lmagan korxonalar doirasi bilan cheklanadi. Davlat tadbirkorligi bir tomondan, ma'lum sharoitlarda iqtisodiy o`sish uchun zarur bo`lsa, ikkinchi tomondan vaqt o`tishi bilan samarasiz bo`lib qolishi ham mumkin. Bunday holda ular xususiy tadbirkorlik ob'ektiga aylantiriladi.
b) narxlar va ish haqini qotirib qo`yish siyosati:
Bu iqtisodiyotga aralashishning antiinflyatsion tadbirlari hisoblanib, inflyatsiyani yumshatishga qaratiladi. Mazkur siyosatni yuritishda narxlar va ish haqini oshirish qonun bilan taqiqlandi yoki ma'lum doira bilan cheklanadi. Antiinflyatsion tadbirlar orqali inflyatsiya darajasini pasayishi investitsiyalarga rag`bat beradi.
v) ish bilan bandlilik xizmati faoliyati (mehnat birjalari) ni tashkil qilish.
Davlat bu faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish choralarini ko`radi. Ularni zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta'minlanmaganlarga nafaqa beradi, muhtojlarga yordam ko`rsatadi.
g) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko`zda tutuvchi qonuniy aktlarni ishlab chiqish va qabul qilish (monopoliyaga qarshi qonunchilik, sohibkorlik to`g`risidagi, bank sohalari, qimmatli qog`ozlar bozorining faoliyatini tartibga solishni ko`zda tutuvchi qonunlar).
Shu orqali bozor munosabatlarining rivojlanishi qonun yo`li bilan kafolatlanadi, turli mulk shakllarining daxlsizligi ta'minlanadi, monopoliyalarga yo`l berilmaydi va erkin raqobatga sharoit yaratiladi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling