Iqtisodiy o‘sishni qanday tuchunasiz?
Litsenziyalash va patentlash to‘g‘risida batafsil tushuncha bering?
Download 1.2 Mb.
|
Iqtisodiy o\'sish savollarga javoblar (1)
Litsenziyalash va patentlash to‘g‘risida batafsil tushuncha bering?
litsenziya — jismoniy yoki yuridik shaxsga beriladigan, litsenziya talablari va shartlariga majburiy ravishda rioya etilgan taqdirda faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat; litsenziyalash — litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani topshirish, qabul qilish va ko‘rib chiqish, litsenziyani berish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini to‘xtatib turish, qayta tiklash hamda tugatish, shuningdek litsenziyani bekor qilish, qayta rasmiylashtirish va chaqirib olish jarayoni bilan bog‘liq tadbirlar majmui; Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat: qonuniylik; litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi faoliyatni amalga oshirish chog‘ida vakolatli organlar faoliyatining ochiqligi; inson huquqlari va erkinliklarining, jismoniy va yuridik shaxslar qonuniy manfaatlarining, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini saqlashning, jamoat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilishning ustuvorligi; litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarining shaffofligi; litsenziyalashning va ruxsat berish tartib-taomillarining “yagona darcha” prinsipi bo‘yicha amalga oshirilishi. Ixtiro sifatida berilgan ob’ekt (qurilma; moddalar; mikroorganizm shtammi), agar u yangi, ixtirolik darajasiga ega va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa talabnoma asosida Agentlik tomonidan ro‘yxatga olinadi va huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi. Talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi lozim ixtiro muallif(lar)i va nomiga patent berilishi so‘ralayotgan shaxs, shuningdek ularning yashash yoki turar joyi ko‘rsatilib, patent berilishi so‘ralgan ariza; ixtironing uni amalga oshirish uchun etarli bo‘lgan darajada to‘liq bayon etilgan tavsifi; ixtiro mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga to‘la muvofiq bo‘lgan ixtiro formulasi; ixtiro mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lsa, chizmalar va boshqa materiallar; referat; talabnomaga belgilangan miqdorda boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat yoki boj to‘lashdan ozod qilish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asos bo‘luvchi hujjat ilova qilinadi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling