Iqtisodiy o‘sishni qanday tuchunasiz?


Download 1.2 Mb.
bet30/62
Sana24.11.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1796479
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62
Bog'liq
Iqtisodiy o\'sish savollarga javoblar (1)

Qiyosiy yondashuv — bu baholash obyektini unga nisbatan bitimlari qiymatlari to‘g‘risida ma’lumotlariga ega bo‘lgan boshqa shunga o‘xshash obyektlar bilan solishtirish orqali baholash obyektining qiymatini baholash uslublari majmuidir. Qiyosiy yondashuvni qo‘llash baholash obyektlarining (kelgusida — o‘xshash) o‘xshash narxlari haqidagi ishonchli va to‘liq ma’lumot hamda ular bilan amalga oshiriladigan bitimlarning haqiqiy shartlari mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. Bunda bitimlar qiymatlari, taklif va talab haqidagi ma’lumotlardan foydalanilishi mumkin.
Intellektual mulk obyektini qiyosiy yondashuvni qo‘llash yordamida baholash shunga o‘xshash obyektlar qiymatlarini baholanayotgan intellektual mulk obyektining farqlariga qarab tuzatish orqali amalga oshiriladi.
Qiyosiy yondashuvni qo‘llagan holda qiymatni aniqlash quyidagi asosiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
baholash obyektini shunga o‘xshash obyektlar bilan solishtirishdagi elementlarni aniqlash (kelgusida solishtirish elementlari deb yuritiladi);
baholanayotgan intellektual mulk obyektining har bir solishtirish elementlari bo‘yicha shunga o‘xshash har bir obyektdagi xususiyat va farqlari darajasini aniqlash;
baholanayotgan intellektual mulk obyektining shunga o‘xshash har bir obyektdagi solishtirish elementlari bo‘yicha tegishli xususiyatlar va farqlari darajasiga mos ravishda shunga o‘xshash obyektlar qiymatlaridagi tuzatishlarni aniqlash;
har bir shunga o‘xshash obyekt qiymatining har bir solishtirish elementlari bo‘yicha ularning baholanayotgan intellektual mulk obyektidan farqi bo‘yicha tuzatish;
shunga o‘xshash obyektning tuzatilgan qiymatlarini asosli umumlashtirish yo‘li bilan intellektual mulk obyektining qiymatini hisoblash.
Solishtirish elementlariga baholash obyekti qiymatidagi omillar (baholash obyekti qiymatiga ta’sir qiluvchi omillar) va intellektual mulk obyektlariga oid bitishuvlar bozorida vujudga keladigan tavsif va xususiyatlar taalluqlidir.
Xarajatli yondashuv — bu mulkning eskirganligini inobatga olgan holda baholash obyektini tiklash yoki almashtirish uchun zarur bo‘lgan sarf-xarajatlar miqdorini belgilashga asoslangan baholash uslublar majmui. Xarajatli yondashuvni qo‘llash baholash obyektini tiklash yoki almashtirish imkoni mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.
Xarajatli yondashuvni qo‘llash orqali baholash quyidagi asosiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
baholash obyektiga shunga o‘xshash yangi baholash obyektini yaratish uchun sarflanadigan xarajatlar miqdorini aniqlash;
baholash obyektining shunga o‘xshash yangi obyektga nisbatan eskirganligi hajmini aniqlash;
baholash obyekti qiymatini unga nisbatan shunga o‘xshash yangi baholash obyektini yaratish uchun sarflanadigan xarajatlar miqdorini chegirib tashlash yo‘li bilan hisoblash.



  1. Download 1.2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling