Iqtisodiy o‘sishni qanday tuchunasiz?


Innovatsion kompaniyaning intellektual mulkini boshqarish


Download 1.2 Mb.
bet31/62
Sana24.11.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1796479
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62
Bog'liq
Iqtisodiy o\'sish savollarga javoblar (1)

Innovatsion kompaniyaning intellektual mulkini boshqarish deyilganda nima tushuniladi

Kompaniyaning intellektual mulkini boshqarish mohiyati uning ob’ektlariga bo‘lgan huquqlar portfelini boshqarishdan iborat. Bunday portfel o‘zi himoyalangan IF uchun ham, litsenziyalash shartnomalari asosida olingan natijalardan foydalanish uchun ham eksklyuziv huquqlar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Huquqlar portfeli qoida tariqasida patent huquqlari asosida shakllantiriladi, lekin u mualliflik huquqi ob’ektlariga, ishlab 126 chiqarish sirlariga (nou-xau), savdo belgilariga va boshqalarga eksklyuziv huquqni ham o‘z ichiga olishi mumkin. Demak, intellektual mulkni boshqarish deganda intellektual mehnat natijalari, individualizatsiya vositalarini yaratish, ulardan foydalanish bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish va nazorat qilish tushuniladi. Intellektual mulk menejmentning asosiy vazifasi - bu boshqaruv ob’ektini keyinchalik kapitallashuvi bilan korxonaning qimmatbaho aktiviga aylantirishdir. Intellektual mulk-menejment bir nechta sohalarda umumlashtirilishi mumkin bo‘lgan keng funksiyalar va jarayonlarni o‘z ichiga oladi (1-rasm):
1) intellektual faoliyat natijalarini yaratish (IF);
2) ularga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
3) IFni amalga oshirish va undan foydalanish;
4) ro‘yxatdagi jarayonlar bilan bog‘liq operatsiyalarni moliyalashtirish;
5) intellektual mulkni boshqarish bilan bog‘liq barcha tadbirlarni tashkiliy va axborot bilan ta’minlash.
Zamonaviy yuqori texnologiyali korxonalar faoliyati o‘z mahsulotlarining murakkabligi va yuqori darajadagi xavfliligi bilan ajralib turadi. Intellektual faoliyat natijalaridan foydalanish orqali mahsulotlarni doimiy ravishda yangilab turish zarurati sharoitida bunday tarmoqlar eng xavfli hisoblanadi. Shuning uchun intellektual mulkni boshqarish Innovatsion tizim mavjudligining barcha bosqichlarida yuzaga keladigan xatarlarni boshqarishni o‘z ichiga oladi.


  1. Download 1.2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling