Iqtisodiy o‘sishni qanday tuchunasiz?


Aholini ro‘yxatga olishda qanday usullardan foydalaniladi?


Download 1.2 Mb.
bet54/62
Sana24.11.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1796479
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   62
Bog'liq
Iqtisodiy o\'sish savollarga javoblar (1)

Aholini ro‘yxatga olishda qanday usullardan foydalaniladi?

Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish usullari (ingl. Methods of population census) – aholi ro‘yxati o‘tkazish jarayonida oilalar yoki odamlar haqida ma’lumotlar olish usullari. Odatda bunday ma’lumotlarni maxsus mutaxassislar to‘plashadi (ro‘yxat hisobchilari), shuning uchun ro‘yxatga olish usullari tavsifiga ko‘ra shaxs va hisobchi o‘rtasidagi muloqotda, ma’lumot beruvchi, ma’lumotlar manbasi va bevosita ularni olish usuli bo‘yicha farqlanadi.
Inson to‘g‘risida ma’lumotni uning o‘zidan yoki kishilar guruhi to‘g‘risida taqdim qilinayotgan ma’lumotlarga ma’sul (ba’zan oila a’zolari to‘g‘risida oilaning boshlig‘i) shaxsdan olinishi mumkin. Ma’lumotlar boshqa maqsadlar uchun tayyorlangan hujjatlardan yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri so‘rov o‘tkazish yo‘li bilan ham olinishi mumkin.
So‘rovni o‘tkazishda shaxsan so‘rov (ro‘yxatga olish hisobchisi savollar beradi va ro‘yxatga olish varaqasiga javobni yozib boradi) va o‘zini qayd etish (ro‘yxatga olish varaqasini so‘ralayotgan shaxsning o‘zi to‘ldiradi) usullariga bo‘linadi.
Ma’lumotlarni olish usullaridan eng keng tarqalgani-ekspeditson usul bo‘lib, – unda hisobchi so‘ralayotgan shaxsning uyiga tashrif buyuradi. Tadqiqotni pochta orqali (anketa va savolnomalar jo‘natish) so‘rov o‘tkazish yoki tashrif (so‘ralayotganlar maxsus qayd etish punktiga kelishadi) usulidan foydalanib ham o‘tkazish mumkin.
Usullar tez-tez mujassamlashtiriladi, ularni birikuvi shunday tanlanadiki, bunda maqsad ishonchli va to‘liq ma’lumotlarni imkoni boricha tez va eng kam xarajat bilan olishdir.


  1. O‘zbekiston Respublikasida demografik jarayonlarni joriy qayd etish qaysi organ orqali amalga oshiriladi?

Aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha vakolatli organ – O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hisoblanib, ular quyidagi muhim vazifalarni amalga oshiradilar:

  1. a) muhim ilmiy va oliy ta’lim muassasalari ishtirokida aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va qo‘llanma materiallarni tayyorlaydi;

  2. b) har bir aholi punktida aholini ro‘yxatga olish ishlarini muvofiqlashtiruvchi ro‘yxatga olish uchastkalari mudirlarining, davlat statistika organlari xodimlari tarkibidan supervayzerlar (nazoratchi instruktorlar)ning tayinlanishini ta’minlaydi;

  3. v) joylardagi tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda, ro‘yxatga oluvchi xodimlarni o‘qitishni, shuningdek, ro‘yxatga olish varaqalarini sinov ko‘rinishida to‘ldirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni, keyinchalik xatoliklarni tahlil qilish va yuzaga kelgan qiyinchiliklarni tushuntirish orqali o‘tkazilishini (o‘qitish ishlari o‘qitilayotgan xodimlarning o‘rganilayotgan materialni to‘g‘ri o‘zlashtirganliklari va ro‘yxatga olish ishlariga tayyor ekanliklarini sinovdan o‘tkazgandan so‘ng yakunlanadi) amalga oshiradi;

  4. g) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:

ro‘yxatga olish natijalarini qayta ishlash bo‘yicha moddiy-texnik vositalarni sotib olish, server uskunalari, ro‘yxatga olish varaqalarini mashinada o‘qishni ta’minlovchi skanerlar va boshqa ofis texnikalari bilan ta’minlash bo‘yicha tenderlar tashkil etish va o‘tkazilishini ta’minlaydi;
aholini ro‘yxatga olish varaqalari ma’lumotlarini kiritish va qayta ishlash bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizim yaratadi;
aholini ro‘yxatga olish tadbirlari natijalarini olish bo‘yicha dasturiy vositalarni ishlab chiqadi;


  1. Download 1.2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling