Aholining takror hosil bo‘lishi deganda nimani tushunasiz?
Aholining takror hosil qilinishi - inson tug‘ilishi va vafot etishi orqali avlodlar almashishi jarayonida aholi soni va tarkibining muntazam yangilanib turishidir. Shuning uchun har bir kishi umr ko‘rishining chegarasi boiishiga qaramay aholi o‘z soni va tarkibini saqlab yoki o‘zgartirib mavjud bo‘lishda davom etadi.
“Aholining takror hosil qilinishi” tushunchasi keng ma’noda o‘z ichiga aholi tarkibining yoshi, jinsi, ijtimoiy guruhlari, millati, oilaviy holati, ta’lim darajasi, kasbiy tarkibi bo‘yicha rivojlanishi va yangilanishini qamrab oladi. Tor ma’noda esa, aholining takror hosil qilinishi — bu avlodlarning tug‘ilish va o‘lim natijasida yangilanib borishidir.
Aholi takror hosil bo‘lishining qanday turlarini bilasiz?
1. Aholining tor takror hosil qilinishi. Mohiyat jihatidan aholi takror hosil qilinishining bu turida hayotni tark etayotgan avlodning mutlaq soni hayotga kirib kelayotgan avlod sonidan ortiq boiadi.
Aholi takror hosil qilinishining bunday turi aholisining tabiiy o‘sishi nolga teng yoki oiim tugilishdan ko‘p boigan mamlakatlar uchun xos. Demografiyada bu “depopulyatsiya” (fransuzcha “depopulatin” so‘zidan) yoki “demografik inqiroz”, deb ataladi. Aholining tor takror hosil qilinishi xos boigan mamlakatlarga fuqarolarining qirilib ketish xavfi tahdid soladi.
2. Aholining oddiy takror hosil qilinishi. Aholining bunday takror hosil qilinishida ota-onalari avlodini almashtirayotgan farzandlar avlodining mutlaq soni bab-baravar boiadi.
Bunday jamiyatda barqaror jins-yosh tarkibi shakllanadi. Shuning uchun uni “muqim tur”, deb ham ataladi. Aholining mazkur takror hosil qilinishi uchun tug‘ilish va oiimning, shuningdek, aholi tabiiy o‘sishining past ko‘rsatkichlari xos boiadi. Bunday holatda aholining umumiy soni ko‘paymaydi, ayrim noqulay vaziyatlar yuzaga kelsa, jamiyat aholining tor takror hosil qilinishi turiga o‘tib ketishi ehtimoli katta. Ushbu holatni hozirgi vaqtda Yevropa va Shimoliy Amerikaning rivojlangan davlatlarida kuzatish mumkin. Ular uchun quyidagilar xos:
• ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yuqori darajasi;
• oilalarda daromadning ortib borishi, farzandlar sonining kamayishi;
• urbanizatsiya darajasining yuqoriligi (75,0 %gacha);
•jamiyatda ayollar maqomi va rolining ortishi;
• jamiyatda yangi qadriyatlar shakllanishi;
• aholi tarkibida katta yoshdagi aholining ko‘payishi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |