Iqtisodiy o‘sishni qanday tuchunasiz?


Barqaror iqtisodiy o‘sishning asosiy yo‘nalishlari nimalarda iborat?


Download 1.2 Mb.
bet50/62
Sana24.11.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1796479
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   62
Bog'liq
Iqtisodiy o\'sish savollarga javoblar (1)

Barqaror iqtisodiy o‘sishning asosiy yo‘nalishlari nimalarda iborat?

Barqaror iqtisodiy o‘sish - bu uzoq vaqt davomida iqtisodiyotni yuqori sur’atlar bilan o‘sib borishidir. Makroiqtisodiyot nazariyasi va jahon amaliyoti ko‘rsatishicha mamlakatlarni yillik YAIMni o‘sish sur’ati 7% dan kam bo’lmasa YAIMning hajmi 30 yilda 2 marta ko‘payadi. Aksincha YAIMning yillik o‘sish sur’ati 10% dan kam bo‘lmasa, mamlakat YAIM hajmi 7 yilda 2 marta ko‘payadi.
Iqtisodiy o ‘sish sifati ta’limotida o‘ziga xos yo‘nalishlaridan biri - bu, barqaror iqtisodiy rivojlanishdir. “Barqaror rivojlanish” termini 1987-yilda atrof muhit va rivojlanish bo‘yicha xalqaro komissiya (Bmndtland komissiyasi) tomonidan keng muomalaga kiritilgan.
Barqaror rivojlanish deyilganda kelgusi avlodlaming o‘z shaxsiy ehtiyojlarini qondira olish imkoniyatlarini xavf ostida qoldirmagan holda, bugungi kun ehtiyojlarining qondirilishi tushuniladi. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi besh asosiy tamoyilga asoslanadi:
l.Insoniyat kelajak avlodlami o‘z ehtiyojlarini qondira olish imkoniyatlaridan mahmm etmagan holda, bugungi kunda yashayotgan insonlaming ehtiyojlarini to‘la qonli e’tiborga olish asosida rivojlanishga barqaror va uzoq muddatli tus berishi lozim;
2.Tabiiy resurslardan foydalanish borasidagi mavjud cheklovlar nisbiydir. Ular ijtimoiy tashkillashtirish va texnika darajasining taraqqiyoti hamda biosferaning inson faoliyati oqibatlarini bartaraf eta olish imkoniyatlari bilan bogiiqdir.
3.Barcha insonlaming eng oddiy darajadagi ehtiyojlarini va farovon hayotga erishish borasidagi o‘z orzu-umidlarini amalga oshirishlari uchun bir xil imkoniyatlar taqdim etish zarur. Dunyoda oddiy holga aylangan kambag‘allik ekologik va boshqa halokatlar vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda.
4. Katta moliyaviy mablag‘larga egalik qiluvchilaming turmush tarzini yer sharimizning ekologik imkoniyatlari, xususan energiya iste’moliga nisbatan muvofiqlashtirish zarur.
5.Aholi soni va uning o‘sish sur’atlari yer shari global ekotizi- mining o‘zgaruvchan ishlab chiqarish potensiali bilan muvofiq- lashtirilgan bo‘lishi lozim.



  1. Download 1.2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling