Iqtisodiy o‘sishni qanday tuchunasiz?


Pul bozori va investitsiya bozori o‘rtasida qanday farqlar


Download 1.2 Mb.
bet47/62
Sana24.11.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1796479
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   62
Bog'liq
Iqtisodiy o\'sish savollarga javoblar (1)

Pul bozori va investitsiya bozori o‘rtasida qanday farqlar mavjud?

Pul bozori va investitsiya bozori o‘rtasida muayyan iqtisodiy farqlar mavjud boiib, pul bozori muomala sohasiga xizmat ko‘rsatishga moijallangan, investitsiya bozori esa kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko'rsatadi. Amaliyotda pul bozori bilan investitsiya bozori doimo o‘zaro uzviy bogiiq boiib, biri ikkinchisini taqozo etib turadi. Ushbu bogiiqlik qisqa muddatli resurslami uzoq muddatli zayomlar va investitsiya mablagiariga aylantirib turishda namoyon boiadi.


  1. Xorijiy investitsiyalar deganda nimani tushunasiz?

Xorijiy investitsiyalar — chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Chet el investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Ular milliy iqtisodiyotga chetdan, ularning kelishini ragʻbatlantirgan holda jalb qilinadi. Lekin chet el kapitalini jalb qilishning hamma shakllari ha moliyalashtirishning tashqi manbai bulmasligi mumkin. Bu birinchi navbatda foiz to'lovlari bilan qaytarishni talab etadigan kreditlar va qarzlarga taaluqli. Chunki, chet el kreditlari va xalqaro moliya institutlari qarzlari maʼlum vaqt oʻtgach asosiy qarz bilan birga belgilangan foizlarining qaytarilishini talalb etadi. Chetdan jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar bilan chet eldan kiritiladigan kreditlarninig oʻziga xos farqlari mavjuddir. Bu borada xorijiy investitsiyalar risklar doirasi bilan chet el kreditlari risklari kengligi farqlanadi.

  1. Moliyaviy va real investitsiyalarni qanday tushunasiz?

Investitsiyalarni shartli ravishda moliyaviy va real investitsiyalarga ajratish mumkin. Moliyaviy investitsiyalar shaxsiy kompaniyalar va davlat idoralari tomonidan muomalaga chiqarilgan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog‘ozlarga hamda bank depozitlariga uzoq muddatga jalb qilingan qo‘yilmalardir. Moliyaviy investitsiyalar qimmatli qog‘ozlar bozorida sarflanishi va shu bozorda qatnashishini anglatadi. Moliyaviy investitsiyalar erkin bozor infratuzilmasi rivojlangan mamlakatlarda, qimmatbaho qog‘ozlar bozori kapitalining sohalar bo‘yicha taqsimlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan davlatlarda ko‘proq tarqalgan. Moliyaviy investitsiyalar o‘z navbatida, mulkiy shakli jihatidan davlat va xususiy investitsiyalarga boMinadi.
Xususiy investitsiyalar tadbirkorlar, xususiy firmalar, kompa­ niyalar, konsemlar, aksiyadorlik jamiyatlari yoki boshqa shakldagi mulk egalarining foyda (daromad), samara olish maqsadida davlat tomonidan ta’qiqlanmagan faoliyatlariga sarflaydigan moddiy va intellektual boyliklarini bildiradi. Real investitsiyalar esa moliyaviy investitsiyalardan farq qilib, ular asosiy kapital va moddiy boyliklami o‘stirishga sarflanadigan qo‘yilmalarda namoyon bo‘ladi. Real investitsiyalar sarfi asosiy fondlaming o‘sishiga, yangilanishiga, moddiy boyliklaming ko‘payishiga olib keladi.
Fan-texnika taraqqiyotining kuchayishi bilan intellektual potensial - ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish uchun sarflanadigan qo‘yilmalar ham o‘sib boradi. Shuning uchun ham bugungi kunda real investitsiyalar tarkibida ilmiy izlanishlar, fan, ta’lim, kadrlami tayyorlash va qayta tayyorlash uchun sarflanadigan xarajatlar miqdori o‘sib bormoqda. 0 ‘z navbatida real investitsiyalar ham davlat va xususiy investitsiyalarga bo‘linadi. Rivojlangan mamlakatlarda real investitsiyalaming asosiy qismini xususiy investitsiyalar tashkil etadi.



  1. Download 1.2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling