Iqtisodiy o‘sishni qanday tuchunasiz?


Iqtisodiyotda”Oltin qoida”ni ma’nosini tushuntiring


Download 1.2 Mb.
bet8/62
Sana24.11.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1796479
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62
Bog'liq
Iqtisodiy o\'sish savollarga javoblar (1)

Iqtisodiyotda”Oltin qoida”ni ma’nosini tushuntiring.

Maksimal iste’mol darajasi bilan iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan me’yor optimal bo‘ladi. Bunday me’yor “Oltin qoida” ga muvofiq keladi. Jamg‘armaning bu me’yoriga mos keladigan kapital bilan qurollanganlik darajasini (R**) bilan iste’molni esa - (s**) bilan belgilaymiz. Oldin biz ishlab chiqariladigan mahsulot iste’mol va investitsiyalarga sarflanadi deb belgilagan edik: y=c+i bundan c=y-i kelib chiqadi.
Berilgan parametrlaming miga ular о‘barqaror holatidagi ifodasini qo‘ysak, quyidagiga ega boMamiz: c*~f(R*)~dR*, bu yerda s*- barqaror o‘sish holatidagi iste’mol.
Iste’mol hajmi maksimal bo‘ladigan kapital bilan qurollanganlikning barqaror darajasi “Oltin qoida”ga muvofiq keladi. “Oltin qoida” bo‘yicha kapital bilan qurolanganlik R** bilan iste’mol esa- s** bilan belgilangan. “Oltin qoida” darajasiga mos keladigan kapital bilan qurollanganlik holatida f(R*) ishlab chiqarish funksiyasi va dR* chizig‘i bir xil og'maga ega va iste’mol maksimal darajaga erishadi.
R** kapital bilan qurollanganlik darajasida kapital zaxirasining bir birlikka oshishi ishlab chiqarish o‘sishini keltirib chiqaradi (kapitalning chegaraviy mahsulotiga teng keladigan) va kapitalning d kattalikka chiqib ketishini oshiradi. Shunday qilib, “Oltin qoida”ga mos keladigan R** kapital bilan qurollanganlik darajasida MPK=d shart bajariladi. Aholi o‘sishi va texnik taraqqiyotni hisobga olgan holda esa, MPK=d+n+g shart bajariladi.
Agar iqtisodiyot “Oltin qoida” bo‘yicha ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan kapital zaxirasidan ortiqcha kapital zaxirasi bilan rivojlanayotgan bo‘lsa, unda bu holatda jamg‘arma me’yorini pasaytirishga yo‘naltirilgan siyosatni amalga oshirish zarur.
Jamg‘arma me’yorining kamayishi iste’molning oshishi va unga muvofiq ravishda investitsiyalaming pasayishiga olib keladi, demak kapital zaxirasining barqaror darajasining pasayishiga ham olib keladi.
Agar iqtisodiyot barqarorlik holatida “Oltin qoida” dagidan kam kapital bilan qurollanganlik bilan rivojlanayotgan bo‘lsa, unda jamg‘arma me’yorini oshirish zarur. Bu investitsiyalami oshirib iste’molni pasaytiradi, lekin kapitalning jamg‘arilib borishi bo‘yicha qandaydir vaqtdan boshlab yana o‘sa boshlaydi. Natijada iqtisodiyot yana yangi muvozanat holatiga erishadi ammo oltin qoidaga muvofiq bo‘lgan holda, bunda iste’mol dastlabkiga nisbatan yuqoriroq darajaga ega bo‘ladi.



  1. Download 1.2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling