O ‘zbekistonda hozirgi paytda ishlab chiqilayotgan davlatning tarkibiy-investitsiya dasturlari qanday yo‘nalishlarga qaratilgan?
O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi bu - davlat tomonidan xorijiy investitsiyalarni qo’llab-quvvatlash uchun ustuvor va birinchi galda bajarilishi kerak bo’lgan davlat tomonidan rag’batlantiriluvchi yo’nalishlarni ishlab chiqish vositasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda xorijiy investorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratish va ular kiritgan mablag’larning yuqori iqtisodiy samaradorligiga erishish uchun mukammal huquqiy baza, tegishli institutlar yaratish tizimidir.
O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi – ichki va tashqi siyosatning umumiy yo’nalishi hisobga olingan ijtimoiy-iqtisodiy va xususiy xo’jalik qarorlari majmuasi bo’lib, mablag’lardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida mamlakat ichiga va xorijga kiritilgan sarmoyalarning yo’nalishi va joylashuvini belgilaydi. Ishlab chiqarish salohiyatining o’sishi, iqtisodiy o’sish sur’atlari, moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish hajmi va sifatining ko’tarilishi va butun infratuzilmasining rivojlanishi ko’p jihatdan investitsiya va investitsiya dasturiga bog’liq. Investitsiya dasturi davlatning investitsiya mablag’larini mamlakatda moddiy boyliklar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun safarbar qilish vazifasidan iboratdir. Tashkiliy-huquqiy jihatdan davlat siyosatining bu sohasi uning tegishli idoralari tomonidan ushbu siyosatning maqsad va vazifalari amalga oshiriladigan faoliyatdir. Investitsiya dasturining tashqi tomoni ham bor bo’lib, u iqtisodiyotni zamonaviy texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etish asosida jadal rivojlantirish vazifasini hal etish uchun iqtisodiyotga chet el investitsiyalarini jalb etishni o’z ichiga oladi. Bu vazifani qo’shma korxonalar barpo qilish, ya’ni to’g’ridan-to’g’ri xorijiy xususiy investitsiyalardan foydalanish yo’li bilan hal etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |