Iqtisodiy o‘sishni qanday tuchunasiz?
Jamg‘arish normasi qanday aniqlanadi? Unga qanday omillar
Download 1.2 Mb.
|
Iqtisodiy o\'sish savollarga javoblar (1)
Jamg‘arish normasi qanday aniqlanadi? Unga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
Jamg‘arish summasi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish sur’atlarini belgilab beradigan hal qiluvchi omillardir. Jamg‘arish normasi bevosita jamg‘arish so'mmasining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi: J N = (JS /M D ) x 100% bunda: JN - jamg‘arish normasi; JS - jamg'arish so'mmasi; MD - milliy daromad. Jamg‘arish normasining ham o‘z chegarasi bo‘lib, uni me’yoridan oshirish iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘lib chiqishi va salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, uning haddan tashqari ortishi natijasida iste’mol fondining hajmi kamayishi, investitsion sarflar samaradorligi pasayib ketishi mumkin, chunki kapital mablag‘Iar hajmi bilan qurilish tashkilotlarining quwatlari, materiallar va uskunalar yetkazib berish imkoniyatlari, infratuzilmaning rivojlanishi o‘rtasida nomutanosiblik paydo bo‘ladi. Oqibatda iqtisodiy o‘sish pasayib ketish tamoyiliga ega bo‘ladi. lste’molga va jamg‘armaga o‘rtacha moyillik deganda nimani tushunasiz? Iste’mol va jamg‘armaga qo‘shilgan moyillik qanday aniqlanadi? Aholi daromadining iste’molga sarflanadigan ulushi iste’molga o’rtacha moyillik (IO’M) deyiladi va quyidagicha aniqlanadi: . Aholi daromadining jamg’armaga ketadigan ulushi esa jamg’armaga o’rtacha moyillik (JO’M) deyiladi: . Bunda bo’ladi. Shuningdek, iste’mol yoki jamg’armaga keyingi qo’shilgan moyillik ko’rsatkichi ham ahamiyatlidir. Bu ko’rsatkich iste’molchi daromadining navbatdagi o’zgarishi uning iste’mol va jamg’armaga nisbatan munosabati qanday o’zgarishini aks ettiradi. Daromad hajmining o’zgarishi natijasida iste’mol sarflari hajmining o’zgarishi darajasi iste’molga keyingi qo’shilgan moyillik deyiladi (IQM), yoki . Daromad hajmining o’zgarishi natijasida jamg’arma hajmining o’zgarishi darajasi jamg’armaga keyingi qo’shilgan moyillik deyiladi (JQM), ya’ni: . Demak, sof daromadning o’sgan qismi ham yo iste’molga, yoki jamg’armaga sarflanadi. Bu sarflangan qismlar o’rtasidagi nisbat o’zgargan taqdirda ham ularning umumiy yig’indisi 1ga teng bo’ladi, ya’ni: Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling