Yalpi investitsiya va amortizatsiya nisbati o‘zgarishining iqtisodiyotga ta’siri qanday?
Yalpi investitsiyalar joriy yil davomida iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplashga mo’ljallangan (amortizatsiya) hamda iqtisodiyotdagi kapital hajmiga har qanday sof qo’shimchalardan iborat barcha investitsion tovarlarni ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi.
Sof investitsiyalar esa joriy yil davomida qo’shimcha ravishda jalb qilingan investitsion tovarlardan iborat. Boshqacha aytsak, sof investitsiya yalpi investitsiya bilan amortizatsiya ajratmalarining ayirmasiga teng. Sof investitsiya asosiy va aylanma kapitalning o’sishini ta’minlaydi.
Yalpi investitsiyalar bilan amortizatsiya hajmi o’rtasidagi nisbat iqtisodiyot rivojlanish holatining ko’rsatkichi hisoblanadi.
Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning klassik modelining mohiyatini tushuntirib bering.
Klassik iqtisodchilar nuqtai nazaridagi eng markaziy holat - bu ular tomonidan foiz stavkasining ham investitsiyaning, ham jamg‘armaning funksiyasi sifatida qaralishi hisoblanadi.
Rasmdan ko‘rinadiki, klassik modelni tuzishda tik o‘q bo‘yicha real foiz stavkasi, yotiq o‘q bo‘yicha esa jamg‘arma va investitsiya hajmi ko‘rsatkichlari joylashtirilgan. Investitsiya va foiz stavkasi o‘rtasida teskari funksional bog‘liqlik mavjud: foiz stavkasi qanchalik yuqori bo‘lsa, investitsiya hajmi shu qadar past bo‘ladi va aksincha.
Jamg‘arma esa to‘g‘ri, o‘suvchi funksional bog‘liqlikka ega, ya’ni foiz stavkasining yuqori bo‘lishi jamg‘arma darajasining ham yuqori bo‘lishiga olib keladi.
Iqtisodiyotdagi investitsiya va jamg‘arma hajmlari o‘rtasida muvozanat (E nuqta)ga erishish uchun foiz stavkasining ro darajasi ta’minlanishi lozim. Foiz stavkasi darajasining muvozanat darajasidan shetlanishi (ri - past var2 - yuqori bo‘lgan holatlar) investitsiya va jamg‘arma hajmi o‘rtasidagi muvozanatning buzilishiga olib keladi.
Foiz stavkasining n darajasida investorlar uchun qulay narxlaming vujudga kelishi investitsion resurslarga boMgan talabni oshiradi, biroq bunday darajada jamg‘arma uchun rag‘bat pasayib ketadi. Natijada investitsion resurslar taqchilligi paydo bo‘ladi. гг darajada esa barcha subyektlar uchun jamg‘armaning nafliligi oshadi, biroq bunday foiz darajasida barcha investorlar ham o‘z faoliyatining foydaliligini ta’minlay olmaydilar. Natijada jamg‘armaning ahamiyatli qismi investitsiyalarga aylana olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |