2-Topshiriq
24-variant
Quyidagi savollarga javob bering:
l. Iste'molga va jamg'armaga o'rtacha moyillik deganda nimani tushunasiz? Iste'mol va jamg'armaga qo'shilgan moyillik qanday aniqlanadi?
2. Investitsiyalarga sarflarning darajasini qanday omillar belgilab beradi? Ularning qisqacha tavsiflang.
Javoblar:
Iste'mol (C) - bu odamlarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish uchun tovarlar va xizmatlardan individual va birgalikda foydalanish. Qiymat nuqtai nazaridan aytganda, bu aholi hayotiy uchun muhim mahsulotlar va xizmatlarni sotib olishga sarflagan mablag'lari miqdoridir.
Jamg'arma (S) - bu kechiktirilgan iste'mol yoki hozirgi vaqtda iste'mol qilinmaydigan daromadning bir qismidir. Jamg'arma ham firmalar, ham uy xo'jaliklari tomonidan amalga oshiriladi. Firmalar ishlab chiqarishni kengaytirish va foydani ko'paytirish uchun tejashadi. Uy xo'jaliklari bir necha sabablarga ko'ra tejashadi: qarilikni ta'minlash, boylikni bolalarga o'tkazish, ko'chmas mulk va uzoq muddat foydalanishga mo'ljallangan mollarni sotib olish uchun mablag' to'plash va boshqa sabablar.
Iste’molga o’rtacha moyillik deganda tasarrufidagi daromaddagi iste’mol xarajatlarining ulushi tushuniladi, ya’ni:
C
APC = ------ 100
Yd
Bunda: APC – (average propensity to consume) iste’molga o’rtacha moyillik.
Tasarrufidagi daromaddagi jamg’arish ulushini jamg’arishga o’rtacha moyillik deb ataladi, ya’ni:
S
APS = ------ 100
Yd
Bunda: APS (average propensity to saving) – jamg’armaga o’rtacha moyillik.
Soliqlar to’langandan keyin qolgan daromadning bir qismi iste’mol qilinadi, ikkinchi qismi esa jamg’ariladi, shu tufayli ham iste’molga va jamg’arishga o’rtacha moyillik yig’indisi 100% ga yoki koeffisiyent ko’rinishda 1 ga teng:
APC + APS = 100% yoki 1
Uy xo’jaliklari tasarrufidagi daromadlarining o’sgan qismini yoki iste’mol qiladi, yoki jamg’aradi.
Iste’moldagi o’zgarishlarning shu o’zgarishni keltirib chiqargan tasarrufidagi daromad o’zgarishdagi ulushi iste’molga chegaralangan moyillik deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |