Iste'mol (C) bu odamlarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish uchun tovarlar va xizmatlardan individual va birgalikda foydalanish


Download 30.79 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi30.79 Kb.
#1615507
1   2   3   4
Bog'liq
2 topshirik

I = e - dR
Bu yerda: I – avtonom investisiya xarajatlari;
e – foiz stavkasi 0 ga teng to’lgandagi investisiya xarajatlarining maksimal hajmi. U tashqi iqtisodiy omillar, resurs imkoniyatlari, yer, foydali qazilma boyliklari va boshqalar bilan belgilanadi;
R – real foiz stavkasi;
d – investisiyalarning real foiz stavkasi dinamikasi o’zgarishga ta’sirchanligini miqdoriy belgilovchi empirik koeffisiyent. 6.3-chizma.
Avtonom investisiyalar grafigi


R
0 I e I
Grafikdan Ie nuqtasi shuni bildiradiki, banklar nolga teng foiz stavkasi bilan kredit berganlarida hamda ularning kredit resurslari cheksiz ko’p bo’lganda ham mamlakatdagi boshqa resurslari miqdorining cheklanganligi tufayli investisiya xarajatlari ma’lum miqdor bilan chegaralanadi.
Investisiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri bo’lib kutilayotgan sof foyda normasi hisoblanadi. Agar real foiz stavkasi bilan investisiya xarajatlari miqdori o’rtasida teskari bog’liqlik bo’lsa, kutilayotgan sof foyda normasi (KSFN) dinamikasi bilan investisiya xarajatlari o’rtasida to’g’ri bog’liqlik bor.
Agarda kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori bo’lsa, investisiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda miqdoridan yuqori bo’lsa, investisiyalash foydali bo’lmay qoladi.
Misol uchun, zavodga 100000 so’mlik yangi stanok sotib olindi. Yangi stanokni qo’llashdan zavod 10.000 so’m sof foyda olgan bo’lsin. Kutilayotgan sof foyda normasi quyidagicha aniqlanadi:
KSFN = 10000 / 100000 x 100 = 10%.
Investisiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasining o’zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflyatsiya darajasi ayirmasi ko’rinishida aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16% ga teng bo’lsa, inflyatsiya darajasi yiliga 12% ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 foizini (16%-12%) tashkil etadi.
Investisiya xarajatlari dinamikasiga ta’sir etuvchi boshqa omillar quyidagilar kiradi:
1. Soliqqa tortish darajasi;
2. Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o’zgarishlar;
3. Mavjud bo’lgan asosiy kapital miqdori;
4. Investorlarning kutishi;
5. Yalpi daromadlarning o’zgarishi.
Soliqqa tortish darajasining pasayishi hamda yangi texnologiyalarning paydo bo’lishi kutilayotgan sof foyda normasining (real foiz stavkasi o’zgarmagan sharoitda ham) ko’payishga olib keladi. Bu esa investisiya xarajatlarining ortishiga turtki beradi.
Investisiyalar hajmining YaMM yoki daromadlar darajasiga bog’liqligini akselerator modeli aks ettiradi:

Download 30.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling