Iqtisodiy o’sishning mazmuni, omillari na turlari


Mamlakatimizning so’ngi yillardagi iqtisodiy ko’rsatkichlari


Download 0.69 Mb.
bet9/10
Sana22.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1649154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KURS ISHI ASADBEK 11

2.2.Mamlakatimizning so’ngi yillardagi iqtisodiy ko’rsatkichlari.
Qaysi mamlakatni olib qaramaylik, uning poytaxti (yirik shaharlari) iqtisodiyotining ko‘lami bo‘yicha boshqa hududlardan bir qator ustun jihatlarga ega bo‘ladi. O‘zbekiston iqtisodiyotidagi yetakchi mavqei tufayli Toshkent shahriga ham hududlar o'rtasidagi nomutanosiblikning asosiy manbai sifatida qarash mumkin. Shuningdek, uning iqtisodiy salohiyati Toshkent viloyatining iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ham ijobiy ta’sir qiladi. Mamlakat bo‘yicha ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarining 35,7% i, ko‘rsatilgan xizmatlarning 44,9% i hamda YaIMning 27,8% i ularning hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu bois ular yaqinlashish modelidan chiqarib tashlansa, hududlar o'rtasidagi tafovut yaqqolroq namoyon bo'ladi. Yuqoridagilarni inobatga olib, tadqiqotda shartli Beta modelining respublikadagi 14 ta hududi uchun (1-model), Toshkent shahrisiz (2-model) va Toshkent shahri va Toshkent viloyati ishtirok etmagan (3-model) variantlari tahlil qilindi.
Natijalar: Shartli Beta yaqinlashish modelining uchta varianti ham mamlakatimizda hududlarning iqtisodiy barqaror holatga yaqinlashayotgani va ular o'rtasidagi tabaqalashuv qisqarayotganidan dalolat beradi. Chegaradosh hududlarning muvofiq tarzda rivojlanishi ham iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir qilayotgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, optik tolali aloqa liniyalarini o‘tkazish eng rivojlangan hududlar darajasiga yaqinlashishda yordam beradi. Tahlildan eng rivojlangan hududlarni chiqarib tashlash esa bu omilning ahamiyatini pasaytiradi.



2.2.1-rasm.2021-2022-yillarda O’zbekistonning iqtisodiy o’sish prognozlari.
Birinchi chorakning makroiqtisodiy tahlillariga ko'ra, O'zbekiston iqtisodiyoti kuchli o'sish traektoriyasiga qaytmoqda. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmining o'sishi kuzatildi. Dastlabki uch oyda qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi mahsulotlari ko'rsatkichlari 2020-yil birinchi choragiga nisbatan biroz pastlaganiga qaramay, 3,1 foiz o'sish bilan yakunlandi.
Bunda qayta ishlash sohasidagi 4,6 foiz yuqorilash, elektr energiyasi, gaz, bug' va konditsionerlik sohasidagi ishlab chiqarishning 2020-yilning birinchi choragidagi 7,9 foizdan joriy yilning mos davrida 10,1 foizni tashkil etganligi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 3,8 foizga oshishiga xizmat qildi.
Mazkur davrda qurilish sektori 0,5, xizmat ko'rsatish sohasi 5,8, transport sohasida yuk aylanmasi 2,8 foizga o'sishi kuzatildi. Yilning dastlabki uch oyida chakana savdo hajmi ham o'tgan yilning shu davriga nisbatan (3,8 foiz) biroz pasaygan holda, 2,8 foizga yuqoriladi.
Barcha imkoniyatlar yaratib berilayotganiga qaramay, ayrim tarmoqlarda yetarli ko'rsatkichga erishilmagani ham ko'zga tashlanmoqda. Xususan, birinchi chorakda “O'zavtosanoat”da ishlab chiqarish hajmi 40 foizga, “O'zbekneftgaz”da 4,7 foizga, charm mahsulotlari 10 foizga pasaygan.

Barcha hududlar bo'yicha hisoblangan Halflife ko‘rsatkichi tafovutni 50% ga kamaytirish uchun 35 yil, Toshkent shahri va Toshkent viloyatini hisobga olmaganda esa 25 yil kerak bo‘lishini ko‘rsatdi.


Tadqiqot natijasida geografik joylashuvi hamda iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari yaqin bo'lgan hududlar uchun hududiy siyosat yo‘nalishlarini aniqlash va ular boyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelindi. Masalan, Beta yaqinlashish modeli Surxondaryo, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari nafaqat geografik jihatdan, balki iqtisodiy o‘sish sur’ati jihatidan ham yaqin hududlar ekanligini ko'rsatdi. Xuddi shunday, geografik jihatdan yaqin joylashgan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari YaHMning aholi jon boshiga ulushi jihatidan, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlari iqtisodiy o‘sish sur’ati bo‘yicha o‘xshash hududlar bo‘lib, ular uchun rivojlanishning umumiy yo‘nalishlarini belgilash maqsadga muvofiq.

2.2.2-rasm.O‘zbekiston hududlarining iqtisodiy faolligi

PMTI tomonidan O‘zbekiston hududlarida Iqtisodiy faollik barometri (IFB) baholandi.


IFB hudud iqtisodiyotini muntazam diagnostikasini baholashga yo‘naltirilgan bo‘lib, faollik pasayishini bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish hamda hududlar o‘rtasidagi faol raqobatni yaratish imkonini beradi.
IFBni belgilashda 12 ta ko‘rsatkichdan iborat 3 ta komponentdan (ishlab chiqarish, tadbirkorlik, tashqi savdo faolligi) foydalaniladi.
2021 yilda O‘zbekiston hududlari kesimida Toshkent sh., Samarqand, Namangan, Qashqadaryo, Farg‘ona viloyatlarida iqtisodiy faollik nisbatan yaxshiligi kuzatildi. Bunga Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida asosan tashqi savdo ko‘rsatkichi, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida esa tadbirkorlik faolligi sabab bo‘lgan.
2020 yilga nisbatan Qashqadaryo, Samarqand, Xorazm, Buxoro, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlarida IFBda ijobiy o‘sish kuzatilgan.
Hokimliklar uchun qo'llanma
Qo'llanma hududlarda o‘sish nuqtalarini aniqlash va shu asosda chora-tadbirlar, dasturlar va strategiyalarni samarali shakllantirishga yordam beradi.
Qo‘llanmaning o‘ziga xos jihatlari:
- hudud iqtisodiyotini 8 ta tarmoq va soha bo‘yicha tahlil qilish usullari keltirilgan;
- 4 ta tayanch tarmoqda ixtisoslashuv va raqobat afzalliklari asosida o‘sish drayverlarini аniqlash usullari bayon qilingan;
- 7 xil tabiiy-iqtisodiy ва resurs salohiyati asosida hududning o‘sish drayverlarini aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan;
- o‘sish drayverlarini amalga oshirish mexanizmlari (yo‘l xaritasi), sxemalari yoritilgan;
- foydalanuvchilarga tahlil qilishda zarur bo‘ladigan ma’lumotlar uchun jadvallar tuzildi.
Misol uchun, keltirilgan usullar asosida G‘uzor tumanining raqobat ustunliklari va o‘sish nuqtalari aniqlandi.
Tahlil natijasida tumanda raqobat ustunligi asosida to‘qimachilik, chorvachilik, naslchilik sohalarida o‘sish nuqtalari aniqlandi. Tumanning kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish va chorvachilikka chuqur ixtisoslashishi, paxta-to‘qimachilik klasterlarini rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi.
G‘uzor tumanida, shuningdek, yoqilg‘i-kimyo, to‘qimachilik, chorvachilik, naslchilik, terini qayta ishlash, transport-logistika sohalarida ham o‘sish nuqtalari borligi aniqlandi.
Mazkur o‘sish drayverlari asosida ularni amalga oshirish mexanizmlari (yo‘l xaritasi) ishlab chiqildi.
Jiddiy inqiroz tashqi savdoga ham ta'sir ko'rsatishda davom etyapti. Tahlillarga ko'ra, yurtimizda birinchi chorakda tashqi savdo aylanmasi hajmi 11,6 foizga kamayib, 7,1 milliard dollarni, import esa 1,3 foizga pastlashib, 4,7 milliard dollarni tashkil etdi.
Ta'kidlash joizki, o'tgan yilning birinchi choragida oltin 1 milliard dollarga sotilib, eksport tarkibining qariyb 30 foizini tashkil etgan bo'lsa, joriy yil boshida oltinsiz eksport hajmi 2,4 millird dollarga etdi. Demak, oltinni hisobga olmaganda, tovar va xizmatlar eksporti birinchi chorakda 6 foizga oshgan.
Eksport tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarini xorijga yetkazib berish hajmi 18,4 foiz, kimyoviy mahsulotlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar 21 foiz, rangli metallar 58 foiz, mashinalar va uskunalar 58 foiz, to'qimachilik va to'qimachilik mahsulotlari 37,8 foizga o'sishi kuzatildi. Shuning barobarida, energiya va neft mahsulotlari eksporti 53,1 foiz, qora metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar 22,7 foiz, xizmatlar 25,7 foizga pasaygani qayd etildi. Shu bois, yig'ilishda birinchi yarim yillikda eksport hajmini 5,2 milliard dollarga etkazishni ta'minlash bo'yicha topshiriqlar berildi.
Import borasida ham sezilarli tafovutlar ko'zga tashlanmoqda. Xususan, xorijiy mamlakatlardan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish 48,4 foiz, kimyoviy mahsulotlar 13,3 foiz, qora metallar va ulardan ishlangan mahsulotlar 13,3 foizga o'sgan bo'lsa, mashina va uskunalar importi 16,1 foiz, energiya tashuvchilar va neft mahsulotlari 2,2 foiz, xizmatlar 20,4 foizga kamaydi.
Monitoring natijalari shuni ko'rsatdiki, joriy yilning 1 iyunidan 31 iyunigacha bo'lgan davrda respublika soliq tushumlari hajmi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 6,8 foizga oshgan.(2.2.3-rasm)


2.2.3-rasm O’zbekistonning iqtisodiy ko’rsatkichlari.
SHu bilan birga, Qashqadaryo (27,1 foiz), Farg'ona (13,5 foiz), Surxondaryo (13,4 foiz), Andijon (13,3 foiz), Samarqand (12 foiz) viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasida (12,7 foiz) soliq tushumlarining sezilarli darajada o'sishi qayd etildi.
Soliq tushumlarining ko'payishi tadbirkorlik faoliyati va kuchli iqtisodiy o'sish holatini, “yashirin iqtisodiyot”ning qisqarishi va soliq ma'murchiligining yaxshilanishini ko'rsatadi. Soliqqa tortish deyarli barcha mamlakatlarda davlat daromadlarining eng muhim manbai hisoblanadi. Qo'shimcha soliq tushumlari hukumatlarga ta'lim, infratuzilma va innovatsiyalarga sarf-xarajatlarni oshirish orqali ijtimoiy birdamlikni rag'batlantirish imkonini beradi.
Tahlil qilingan davrda bojxona to'lovlari bo'yicha tushumlar 7,2 foiz oshdi. Daromadning eng yuqori o'sishi Navoiy (43,8 foiz), Toshkent viloyatlari (19,4 foiz), Toshkent shahri (12,6 foiz) va Qoraqalpog'iston Respublikasida (20,5 foiz) kuzatildi.
Hozir O'zbekiston asosiy savdo hamkorlari — Xitoy, Rossiya va Qozog'iston bilan savdo aloqalarini yaxshi olib bormoqda. Binobarin, tashqi savdo aylanmasining ko'payishi va mamlakatda ichki talabning ortishi bojxona daromadlarining o'sishiga olib keldi.
Davlat bojxona qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, yil boshidan buyon tovarlar eksportining hajmi 8,4 foiz oshgan. Tovarlar eksporti hajmining o'sishi Jizzax (31,5 foiz), Navoiy (26,1 foiz), Samarqand (24 foiz), Xorazm (19,6 foiz), Andijon (18,1 foiz) viloyatlari va Toshkent shahri (18 foiz) hissasiga to'g'ri keldi.
O'zbekiston eksport hajmining oshishini eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishning o'sishi bilan izohlash mumkin.
O'tgan oyda tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi 11,8 foiz oshdi. Berilgan kreditlar hajmining eng yuqori o'sishi Sirdaryo (76 foiz), Samarqand (72,3 foiz), Surxondaryo (59,1 foiz), Andijon (52,2 foiz) viloyatlarida kuzatilmoqda.
Tijorat banklari beradigan kreditlar hajmining oshishi tadbirkorlik tuzilmalari faoliyatining bosqichma-bosqich takomillashib borayotganidan dalolat beradi.
Tahlil qilingan davrda 8 ming 210 ta yangi tadbirkorlik sub'ekti tashkil etilib, ularning eng ko'pi Samarqand (1 ming 230), Qashqadaryo (990), Toshkent (831), Farg'ona (798) viloyatlari va Toshkent shahrida(1 ming 339) ro'yxatga olingan.
Tahlil etilayotgan davrda O'zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida tuzilgan bitimlar hajmi 9,1 foiz oshdi.
Birja faolligining sezilarli o'sishi Namangan (45,6 foiz), Surxondaryo (35,1 foiz), Sirdaryo (20,7 foiz), Qashqadaryo (17,5 foiz) viloyatlari, Toshkent shahri (14,8 foiz) va Qoraqalpog'iston Respublikasida (26,1 foiz) kuzatilmoqda.

2.2.4-rasm.O’zbekistonning iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlari yillar kesimida.
Iqtisodiyotning barcha asosiy tarmoqlarida o‘sish sur’ati sekinlashishi kutilmoqda. Sanoatning o‘sishi 2023-yilda 5,1 foizgacha, qurilish 6 foizgacha va xizmatlar sohasi 6,7 foizgacha sekinlashadi. 2023-yilda ichki talabning faol saqlanib qolishiga qaramay iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi prognoz qilinmoqda. Iqtisodiy o‘sish 2022-yildagiga nisbatan pastroq, ya’ni 5,3 foizga prognoz qilinmoqda. Iqtisodiy faollikning tiklanishi hisobiga mos ravishda 2024—2025-yillarda iqtisodiy o‘sish 5,6 va 6 foizgacha ko‘tariladi.

Xulosa
So'nggi yillarda O'zbekistonda iqtisodiy faoliyatning asosiy omillari sifatida foydalanilgan ayrim vositalarning joriy etilishi sezilarli darajada kengaydi va bu borada tegishli strategiya va ishlar davom ettirilmoqda. Asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar global pandemiya tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqirozdan keyin sezilarli ijobiy tiklanishni ko'rsatadi.


“Mikroiqtisodiyot darajasida ko‘rib chiqilsa, mamlakatning yalpi ichki mahsuloti birlamchi ishlab chiqarish bo‘g‘inida tovar mahsulotining hajmi degani. Xo‘sh, korxona faqat ushbu ko‘rsatgichga e’tibor qaratsa-yu, samaradorlik ko‘rsatgichlarini ikkinchi darajali deb hisoblasa, natija nima bo‘ladi? Albatta, samarali menejment bunga yo‘l qo‘ymaydi. Nega deganda, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan maqsad foyda olish hisoblanadi. Mahsulot sifati yaxshilanmasa, uning tannarxni pasaytirishga yetarli e’tibor qaratmasdan nuqul ekstensiv yo‘l tanlansa, har qanday korxona kasodga uchraydi. Foyda – bu investitsion faoliyatning asosiy manbai.” Sh.M.Mirziyoyev.
Oxirgi 4 yil davomida asosiy kapitalga jalb etilgan investitsiyalar hajmi o‘rtacha hisobda 30 foizga o‘sib kelmoqda. Ammo milliard dollarlik qo‘shimchalar iqtisodiy o‘sishni ta’minlayotgani yo‘q. Masalan, 2020 yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti atigi 1,6 foizga o‘sgan. oldingi uch yillik investitsiyalar iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qiladi. Biroq, mamlakatning o'sishini faqat daromadning ko'payishi bilan o'lchash mumkin emas.
Ammo har bir insonning hayot darajasi va agar u ko'paygan yoki kamaygan bo'lsa, uni hisobga olish kerak. Masalan, mamlakat o'smaydi, chunki 1000 milliard evro bor, agar har bir odamning daromadi 500 ga kamaysa, chunki aholi ko'p yoki boshqa muammolar. Markaziy Osiyoda tiklanish jarayoni barcha davlatlarda bir darajada ketmayotgan bo‘lsa-da, mintaqa bo‘yicha umumiy prognoz yaxshi tomonga qayta ko‘rib chiqilgan. 2021 va 2022- yillarda mintaqada iqtisodiy o‘sish 4,5 foizni tashkil etishi taxmin qilinmoqda. Bu xomashyo narxlari o‘sishi va xalqaro pul o‘tkazmalari tiklanishi hisobiga amalga oshishi aytib o‘tilgan. Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston iqtisodiyoti pandemiya sharoitida hamkor davlatlar iqtisodiyotida yuzaga kelgan retsessiya sharoitida iqtisodiy o‘sishning ijobiy dinamikasini saqlab qola oldi.
Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda maqsadli cheklov choralarini qo‘llash, aksariyat korxonalarning to‘liq yopilishiga yo‘l qo‘ymaslik karantin cheklovlariga qaramay may-iyun oylarida tadbirkorlik sohalarida faollikni tiklash imkonini berdi. Shu bilan birga, iqtisodiyotda o‘rtacha oylik ish haqlari 2.5 mln so‘mni tashkil etib o‘tgan yilga nisbatan 21,6 %ga o‘sganligi qayd etildi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan kichik biznes su’yektlari soni 324 mingdan 395 taga yetdi va olti oy mobayida 46 mingdan ortiq yangi sub’yektlar tashkil qilindi.
Mazkur sharoitda O‘zbekiston yil oxiriga kelib iqtisodiyotda ijobiy dinamikani saqlab qolishi kutilmoqda. Turli Xalqaro moliya institulari va boshqa prognozlarga ko‘ra, yil yakuniga qadar iqtisodiyotda 1,5%-2.2%lik o‘sish kutilmoqda.
Shu sababli, mamlakat o'sib borayotganligini yoki yo'qligini bilish uchun ishlatiladigan turli xil vositalar orasida, shuningdek, mavjud investitsiyalar, foiz stavkalari, jamg'armalarni rivojlantirish siyosati, hukumat siyosati, iste'mol darajasi va boshqalar.Muxtasar qilib aytganda, biz yakuniy natijaga ta'sir qiladigan o'zgaruvchilar kombinatsiyasi haqida gapiramiz. Ularning barchasi mamlakatning iqtisodiy o'sishi yaxshi yoki yo'qligini aniqlaydi. Va agar bu vaqt o'tishi bilan saqlanib qolsa yoki faqat qisqa vaqt ichida bo'lsa. Shunga qaramay, bu sodir bo'lishi har doim yaxshi, chunki bu mamlakat rivojlanishiga va o'zgarishiga imkon beradi.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling