Iqtisodiy protsessual huquqi yakuniy nazorat
Download 44.98 Kb.
|
Kazus yakuniy nazorat IPH
28- kazus
Daʼvogar “LYUKS-LTD” xususiy firmasi tugatish boshqaruvchisi sudga daʼvo ariza bilan murojaat qilib, javobgar — Toshkent viloyat hokimligi “Injiniring kompaniyasi”dan jami 271 803 939 soʼm undirishni soʼragan. Ish hujjatlaridan koʼrinishicha, Toshkent viloyat iqtisodiy sudining 2019 yil 4 avgustdagi 18-0903/11566-sonli hal qiluv qarori bilan “LYUKS-LTD” xususiy firmasi bankrot deb topilgan va tugatishga doir ish yuritish boshlangan. Tugatish boshqaruvchisi tayinlangan. Tugatishga doir ish yuritish jarayonida “LYUKS-LTD” xususiy firmasi tomonidan buyurtmachi — viloyat “Injiniring kompaniyasi” tomonidan tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida Chirchiq tuman 2-sonli Аgrosanoat kasb-hunar kollejida 1 275 921 376 soʼmlik qurilish-taʼmirlash ishlari bajarilganligi, ushbu bajarilgan ishlar uchun javobgar tomonidan 1 198 116 406 soʼm toʼlov amalga oshirilganligi, qolgan 77 804 970 soʼmlik bajarilgan ishlar haqi hamda qurilish materiallari boʼyicha 19 008 199 soʼmlik farq mavjudligi, Chirchiq shahar 1-sonli transport kasb-hunar kollejida 803 893 205 soʼmlik qurilish-taʼmirlash ishlari bajarilganligi, ushbu bajarilgan ishlar uchun javobgar tomonidan 741 676 748 soʼm toʼlov amalga oshirilganligi, qolgan 62 216 457 soʼm bajarilgan ishlar haqi hamda qurilish materiallari oʼrtasida 112 774 395 soʼm farq mavjudligi aniqlangan. Shunga koʼra, tugatish boshqaruvchisi javobgar — viloyat “Injiniring kompaniyasi”dan bajarilgan ishlar uchun jami 271 803 939 soʼm undirishni soʼragan. Biroq, mazkur nizo boʼyicha Toshkent viloyat iqtisodiy sudining 2017 yil 17 martdagi 18-0502/6597-sonli iqtisodiy ishi boʼyicha hal qiluv qarori mavjud boʼlib, unda “LYUKS-LTD” xususiy firmasining daʼvosi rad etilgan. Hal qiluv qarori kassatsiya instantsiyasi sudining 2018 yil 5 fevraldagi 18-0502/6597-sonli qarori bilan oʼzgarishsiz qoldirilgan. Birinchi instantsiya sudi tomonidan nizo boʼyicha ish yuritish tugatilgan. Аpellyatsiya instantsiyasi sudining qarori bilan ajrim oʼzgarishsiz qoldirilgan. Download 44.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling