MPk MPl
───── = ────── , (1)
Pk Pl
Bunda: MPk va MPl - kapital va mexnatning cheklangan maxsulotlari; Pk va Pl - kapital va mexnat birligi narxi.
Bu tenglikni kuyidagicha yozishimiz mumkin:
MRPk MRPl
─────── = ────── (2)
Pk Pl
Toki pulda ifodalangan cheklangan maxsulot resursga cheklangan xarajatlar bilan tenglashmaguncha, firma oʻzgaruvchan faktorlarni ishlab chikarishga jalb etishni davom ettiradi: MRP = MRC.
Agar resursga narx oʻzgarmay kolsa va firma Xarakatlaridan boglik boʻlmasa, unda MRC resurs birligi narxiga teng boʻladi va ikki faktor uchun MRPk = Pk va MRPl = Pl. Natijada (2) tenglik kuyidagi koʻrinishga ega boʻladi:
MRPk MRPl
─────── = ────── = 1 (3)
Pk Pl
Firma resurslar narxini oʻzgartirishi mumkin boʻlsa (3) shart kuyidagicha boʻladi:
MRPk MRPl
─────── = ────── = 1
MRCk MRCl
Keyingi koʻllaniladigan xar bir birlik resurs oʻzgarishlarga olib keladi, birinchidan, xarajatlarning, ikkinchidan, pulda ifodalangan cheklangan maxsulotning. Firma shunday resursdan foydalanishga xarakat kiladiki, buning natijasida resursning cheklangan xarajatlari va shu resursning pulda ifodalangan cheklangan maxsuloti mikdorlarining optimal nisbatlari taminlansin.
8.1. Rasm. Resursga talab.
Agar ikkinchisi cheklangan xarajatlardan koʻp boʻlsa, firma iqtisodiy resursga talabni oshiradi va aksincha boʻlsa, resursga talabni kamaytiradi. Buni grafikda koʻrsatamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |