Iqtisodiy resurslar va ularning xarakati
Download 147.65 Kb.
|
IQTISODIY RESURSLAR VA ULARNING XARAKATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Iqtisodiy resurslarga talab va ularning taklifi.
IQTISODIY RESURSLAR VA ULARNING XARAKATI. Tayanch iboralar: Iqtisodiy resurslar Ishlab chikarishdagi talab Iqtisodiy resurslarga cheklangan xarajatlar Cheklangan resurslar Iqtisodiy resurslarga talab oʻzgaruvchanligi Maksimal foydani taʼminlovchi resurslar sarfi muvozanati Iqtisodiy resurslar taklifi Mexnat resurslari Diskontlangan kiymat Kapitalning cheklangan samaradorligi Ish xaki stavkasi Ish xakining real kiymati. Minimal ish xaki Ish xakiga cheklangan xarajatlar Mexnat bozori Mexnat talabi va taklifining oʻzgarishi Minimal xarajatlarni taʼminlovchi resurslar sarfi muvozanati. 1. Iqtisodiy resurslarga talab va ularning taklifi. Asosiy iqtisodiy resurslarga yoki ishlab chikarish faktorlariga mexnat, kapital, yer va tadbirkorlik kobiliyati kiradi. Iqtisodiy resurslar mikroiktisodda muxim rol œynaydi. Ulardan samarali foydalanishdan ishlab chikarish faktorlari egalari daromadi, xarajatlarning va tayyor maxsulot narxining kamayishi, korxona faoliyatining natijaviyligiga boglik. Iqtisodiy tovarlarga talab boshka tovarlarga boʻlgan talab kabi shakllanadi, lekin ular uchun maxsus xususiyat taalukli: iqtisodiy resurslarga talab shu resurs yordamida ishlab chikariladigan tovar talabidan boglik, unga mos ravishda oshadi yoki kamayadi. Bizga maʼlumki, xar bir koʻshimcha birlik iqtisodiy resursning koʻllanilishi umumiy maxsulot xajmining oshishiga olib keladi va uni biz shu ishlab chikarish faktori cheklangan maxsuloti deb atagandik. Keyingi taxlil uchun pulda ifodalangan cheklangan maxsulot (MRP) tushunchasini kiritamiz. U koʻshimcha birilik resurs koʻllanilishidan olinadigan koʻshimcha daromad xisoblanadi va kuyidagi formula orkali aniklanadi: MRP = MP*MR. Bunda MR - ishlab chikarish faktori cheklangan maxsuloti; MR - koʻshimcha birlik maxsulot sotishdan keladigan cheklangan daromad. Koʻshimcha birlik resursning koʻllanilishi xarajatlarni oshiradi. Koʻshimcha birlik resursdan foydalanish natijasida firma xarajatlarining oshgan kismi, resursning cheklangan xarajatlari deb ataladi (MRC). U shu resursga umumiy xarajatlarning oʻzgarishi mikdorining koʻllaniladigan resurs mikdori oʻzgarishlariga nisbati sifatida aniklanadi. Firma resurs sotib ola turib, oʻz xarajatlarini minimumlashtirishga xarakat kiladi. Bunga koʻllaniladigan faktorlar uchun kuyidagi tenglik bajarilsa, erishish mumkin: Download 147.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling