Iqtisodiy resurslar va ularning xarakati


Mexnat ishlab chikarish faktori sifatida: talab va taklif


Download 147.65 Kb.
bet6/13
Sana21.02.2023
Hajmi147.65 Kb.
#1216864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
IQTISODIY RESURSLAR VA ULARNING XARAKATI

3. Mexnat ishlab chikarish faktori sifatida: talab va taklif.
Mexnatning ishlab chikarish faktori sifatida oʻz xususiyatlari bor. Ulardan asosiysi shundaki mexnatni odamdan ajratib boʻlmaydi va ijtimoiy va siyosiy tomonlarga ega. Ishchilar xukuklarga va bu xukuklarning davlat tomonidan ximoya kilinishiga ega.
Shu bilan birga mexnatni tadkikot etishda boshka ishlab chikarish faktorlarini oʻrganishda koʻllaniladigan uslubni ishlatish mumkin.
Biz aloxida firma tomonidan ish kuchiga talab, mexnatning taklifi kanday shakllanishini, ish xaki stavkasi kanday belgilanishini va bu jarayonlarga davlatning va kasaba uyushmalarning taʼsiri kandayligini aniklashimiz kerak.
Avval mukammal rakobat sharoitida bu muammolarning xal etilishini koʻrib oʻtamiz. Mukammal rakobat sharoitida mexnat bozoriga kuyidagi xususiyatlar taʼlukli:
1) bozorda mexnat xizmatlarining shunchalik sotuvchilari va sotib oluvchilari koʻpki, ularning birortasi ish xaki stavkasiga taʼsir eta olmaydi;
2) xamma ishchilar bir xil malakaga ega;
3) Ishchilar xarakatchan, bir tarmokdan boshkasiga oʻtish uchun xech kanday toʻsik yuk.
Aloxida firma tomonidan mexnatga talab, birinchi navbatda, shu mexnat natijasida ishlab chikariladigan tovarga talabdan boglik. Mexnatga talabni aniklovchi yana bir muxim faktor boshka ishlab chikarish resurslarining taklifidir (kapital).
Talabga tarmokdagi mexnat unumdorligi xam katta taʼsir koʻrsatadi.
Firma kancha ishchi yollash toʻgrisida karor kabul kilishida mexnatga talab narxini (ish xaki darajasini) aniklashi lozim. Xar kanday ishlab chikarish faktori kabi mexnat uchun xam talab narxi esa cheklangan mexnat unumdorligidan boglik. Cheklangan mexnat unumdorligi - koʻshimcha birlik mexnatdan foydalanish natijasida ishlab chikarilgan maxsulot xajmining oshishi. Cheklangan mexnat unumdorligi mexnatning cheklangan maxsuloti (MPl) asosida xisoblanadi. Shartli misolda aloxida firmaning mexnatga talabini aniklashni koʻrib oʻtamiz (8.1. jadval).
8.1. Jadval.

Ishchilar soni

Maxsulot i/ch mikdori, q

MR1
(birlik)

Maxsulot birligi narxi

MRP (soʻm)

0

0







-

1

10

10

30

300

2

25

15

30

450

3

34

9

30

270

4

40

6

30

180

5

44

4

30

120

Pulda ifodalangan mexnatning cheklangan maxsuloti kuyidagicha aniklanadi: MRPl = MPl * P.


Jadvaldan koʻrinib turibdiki MRPl avvaliga oshib, keyin kamayib bormokda (kaytimning kamayib borish konuni asosida). Agar tarmokda mexnat birligiga ish xaki darajasi 150 soʻm belgilangan deb faraz kilsak, firma uchun toʻrt ishchi yollash maksadga muvofik ekanligi ayon boʻladi. Chunki beshinchi ishchi "kaytimi" (MRPl = 120) unga firma sarflayotgan xarajatdan (150) kam.
Demak mukammal rakobat sharoitida aloxida firma toki pulda ifodalangan mexnatning cheklangan maxsuloti unga toʻlanadigan cheklangan xarajatlariga teng boʻlmaguncha koʻshimcha ishchi yollaydi.
Aloxida firmaning mexnatga talabi egri chizigi pulda ifodalangan oʻrtacha maxsulot egri chizigidan pastda joylashgan pulda ifodalangan mexnatning cheklangan maxsulot egri chizigi xisoblanadi. ARP, pulda ifodalangan mexnatning oʻrtacha maxsuloti – bir ishchiga oʻrtacha ishlab chikarilgan maxsulot kiymati. Grafikda bu egri chiziklarni tuzamiz (8.2. rasm).

Toki pulda ifodalangan oʻrtacha maxsulot mikdori MRP mikdoridan koʻp ekan, firma oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajatlarini koplaydi va foyda oladi.


Mexnat taklifi tadbirkorlarga ishchilar tomonidan mexnat xizmatlarini taklif etilishini bildiradi. Mexnat taklifini fakat tarmok yoki butun jamiyat mikyosida koʻrib chikish mumkin.
Ishchining bir tarmokdagi ish joyidan boshka tarmokdagi ish joyiga oʻtishining asosiy sabablaridan biri yukori ish xaki xisoblanadi. Shuning uchun biz keyingi taxlillarimizda mexnat taklifi fakat ish xaki darajasidan boglik deb xisoblaymiz. Taklif egri chizigi oʻsish Xarakteriga ega va ish xaki stavkasi oshib borgan sari mexnatning taklifi oshib boradi.
Tarmokda ish xaki stavkasi mexnatga talab egri chizigi va tarmokdagi mexnat taklifi egri chiziklari kesishgan nuktada oʻrnatiladi.
Ish xaki stavkasi tarmok uchun belgilanadi va aloxida korxona uchun doimiy boʻladi. Demak, aloxida firma uchun mexnat taklifi tarmokda belgilangan ish xaki stavkasi darajasidagi gorizontal chizik xisoblanadi.
Ish xaki stavkasi W1 firmaning mexnatga cheklangan xarajatlarni koʻrsatadiganligi sababli (MRC), optimizatsiyalash sharti uchun MRC ning mexnatning cheklangan maxsulotiga tenglashuvida boʻladi, yaʼni talab va taklif egri chiziklari kesishgan B nuktada (8.3. rasm).

8.3. Rasm. Aloxida firma uchun mexnatga talab va taklif.





Download 147.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling