Iqtisodiy resurslar va ularning xarakati


Download 147.65 Kb.
bet7/13
Sana21.02.2023
Hajmi147.65 Kb.
#1216864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
IQTISODIY RESURSLAR VA ULARNING XARAKATI

B nukta W1 ish xaki stavkasida firma yollaydigan optimal ishchilar sonini N1 koʻrsatadi.
Nomukammal rakobat sharoitida mexnat bozori. Bunday bozorda mexnat kasaba uyushmalarning mexnat taklifiga taʼsiri bilan xarakterlanadi (ish xaki stavkalariga taʼsir), xamda ishlab chikaruvchilarning mexnat talabiga taʼsiri bilan xarakterlanadi.

8.4. Rasm. Mexnat bozoriga kasaba uyushmasi taʼsiri.


Kasaba uyushmalarning mexnat bozoriga taʼsiri xususiyatlari nimada? Kasaba uyushmasi maʼlum vositalar bilan muvozanatdan yukori boʻlgan ish xaki stavkalarining belgilanishiga erishadi. Faraz kilamiz, kasaba uyushmasi ish xaki stavkasining W2 darajasida oʻrnatishga erishdi. Demak, bu kasaba uyushma aʼzolari boʻlgan ishchilar belgilangan stavkadan past narxda oʻz xizmatlarini taklif eta bilmaydilar. Kasba uyushmaning bunday xarakatlari mexnat taklifi va talabga, undan samarali foydalanishga, daromadning taksimlanishiga kanday taʼsir etadi? Tadbirkorlar mexnatga talabni kiskartiradilar, chunki ular uchun ishchilarga toʻlaniladigan ish xaki xarajat xisoblanadi. Ish xaki stavkasi oshganligi sababli, tadbirkorlar bandlar sonini kamaytirmasdan ilojlari yuk.


Tarmokda bandlar sonining kamayishi mexnatning samarasiz foydalanilishiga olib keladi, bu yukotishlar mikdori grafikdagi E1E2N2s uchburchak maydoniga teng.
Daromad taksimoti xam sezilarli oʻzgaradi. Agar kasaba uyushmasi ish xaki stavkasini W2 darajasida oʻrnatsa, tarmokning umumiy daromadi kiskaradi va AE2N2O maydonga teng boʻladi. Tarmokda kolgan N2 ishchilar ularga tegishli boʻlgan umumiy ish xakini 2-maydonga teng mikdorda oshiradilar, 4-maydon esa boshka ishlab chikarish faktorlaridan foydalanish asosida olinadigan daromadni aks ettiradi. N2 ishchilarning ish xakining oshishi, bir kism ishchilarning (N2-N1) tarmokdan ketishiga olib keladi. Koʻshimcha ishchilarga talab (N3-N2) namoyon etilmaydi.
Kasaba uyushmasi ish xaki oshishini va ishsizlikning oʻsishini bartaraf etishga erishish uchun, sunʼiy ravishda koʻshimcha ishchilar okimini kasaba uyushmalari aʼzolari sonini kamaytirish bilan toʻxtatib turadi. Bundan tashkari, kasaba uyushmasi boʻshagan kadrlarni kayta tayyorlashga koʻmaklashishi, ish xaftasining kiskarishiga erishishi mumkin.
Monopolistik mexnat bozori. Tarmokda kasaba uyushmasi amal kilmaydi va firma yagona ish bilan taʼminlovchi boʻlgan xolatni koʻrib oʻtamiz. Bu mexnat bozorida monopson xolatni bildiradi. Monopson deb, tarmokda ish kuchini yollaydigan bir assotsiatsiyaga shartli ravishda koʻshish mumkin boʻlgan kamgina firmalar soni, boʻlgan xolatni aytish mumkin. Demak monopson deganda, bir xaridorga (yollovchiga) bir kancha sotuvchilar (ishchilar) karshi turgan bozor xolati tushuniladi. Monopson xolat kichik shaxarlarda, fakat birta firma aksariyat ishchilarni yollaydigan joylarda namoyon boʻladi.
Monopson mexnatning yagona "Xaridori" boʻlganligi sababli, u doimiy ish xaki stavkasini oʻrnatishi mumkin. Bu nimaga olib keladi? Mexnat taklifi egri chizigi oʻzgarmaydi, talab egri chizigi esa gorizontal xolatga keladi. Ish xakining kamayganligidan norozi boʻlgan bir kism ishchilar monopsoniya xukmron boʻlgan tarmokni tark etadilar. Bandlarning kiskarishi mexnatdan foydalanish samaradorligini kamaytirishga va daromadning kayta taksimlanishiga olib keladi. Monopsoniya mexnat bozoriga salbiy taʼsir koʻrsatadi, chunki ish xakining pastligi tufayli bir kism ishchilar tarmokni tark etadilar, ish xaki yukori boʻlgan xar kanday boshka tarmokning ishchilari bu tarmokka oʻz xizmatlarini taklif etmaydilar.
Monopson firma oʻz foydasini maksimallashtirish maksadini koʻyib, kancha ishchi yollaydi va kanday darajada ish xakini oʻrnatadi?
Bu savolga javob berish uchun kuyidagini xisobga olish kerak: monopsoniya sharoitida mexnat taklifi egri chizigi tadbirkor uchun mexnatga oʻrtacha xarajatlar egri chizigi xisoblanadi.
Xar kanday firmaning koʻshimcha ishchi yollashga xarajatlari firmaning bu ishchidan foydalanishining cheklangan toʻnkalgan xarajatlari xisoblanadi. Boshkacha kilib aytganda, ishchining ish xaki boshka tarmokdagilardagidan kam boʻlmasligi kerak. Lekin monopsoniya sharoitida alternativa monopson firmaning oʻzi boʻlganligi sababli, yukorirok stavkada ishchini yollab, bu firma shunday yukori ish xakini xamma yollanadigan ishchilarga toʻlashi kerak. Shunday kilib, oxirgi yollangan ishchining ish xaki (cheklangan stavka) xamma yollangan ishchilar ish xaki stavkasiga teng boʻladi, yaʼni S egri chizikning (ish xakining cheklangan stavkasini aks ettiradi) xar bir nuktasi oʻrtacha ish xakini aniklaydi.
Foydasini maksimallashtiradigan firma uchun resursning oʻrtacha xarajatlarini baxolash bilan birgalikda cheklangan xarajatlarini xam baxolash zarur. Monopson mexnat bozori uchun oʻrtacha va cheklangan egri chiziklar oʻzaro nisbati koidalarini koʻllaymiz:
1) agar oʻrtacha xarajatlar oshsa, cheklangan xarajatlar xam oshadi, lekin oʻrtacha xarajatlar oʻsishidan tezrok œsadi;
2) mexnatning oʻrtacha va cheklangan xarajatlari bir nuktadan boshlanadi;
3) agar mexnatning urtacha xarajatlari toʻgri chizik boʻlsa, unda cheklangan xarajatlar egri chizigi xam toʻgri chizik boʻladi.
Agar mexnat taklifi egri chizigi toʻgri chizik boʻlsa, biz osongina cheklangan xarajatlar egri chizigini tuzishimiz mumkin. Oʻz foydasini maksimallashtiradigan firma koʻshimcha ishchi yollashni mexnatning cheklangan xarajatlari mexnatning cheklangan maxsulotiga teng boʻlganda toʻxtatadi.
Monopsoniya sharoitida mukammal rakobat sharoitidagiga nisbatan muvozanat bandlik darajasi va ish xaki darajasi yukori boʻladi. Monopson firma uchun ish xaki stavkasi pulda ifodalangan mexnatning cheklangan maxsulotiga teng boʻlgunga kadar ishchilarni kabul kilish maʼnosiz. Mukammal rakobatdagiga nisbatan monopsonist ish xaki stavkasini pastrok belgilaydi va kamrok mikdorda ishchi kabul kiladi.
Mexnat bozoriga konun boʻyicha belgilanadigan ish xaki minimumi katta taʼsir koʻrsatadi. Uning bozorga taʼsiri kasaba uyushmalarning ish xakini belgilaganliklari kabidir.
Koʻp yillik tadkikotlar natijasida shu maʼlumki, ish xaki minimumining 10% oshishi 16 - 19 yoshdagilar bandligini 1 - 3 % ga kiskartiradi. Xuddi shunday mikdorda minimal ish xakining oshishi 20 - 24 yoshdagilarning bandligini 1% ga kamaytiradi. Demak, ish xaki minimumining oshishi bandlikka salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Download 147.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling