Iqtisodiy sotsiologiya


Download 30.76 Kb.
Sana05.05.2020
Hajmi30.76 Kb.
#103582
Bog'liq
Iqtisodiy Sotsiologiya


Aim.uz

Iqtisodiy sotsiologiya
Iqtisodiy sotsiologiya XX asrning 50-yillarning o‘rtalarida AQShda fan sifatida shakllanib dastlab tor doiradagi olimlarning qiziqtirgan bo‘lsa, endilikda bu fan juda taraqqiy etgan va uning muammolari tadqiqoti bilan ko‘pgina mamlakatlar olimlari jiddiy shug‘ullanadilar. hozirgi davrda bu fan ham G‘arbda, ham Sharqda sotsiologik bilim taraqqiyotining markaziy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy sotsiologiyaning sobiq SSSR parchalanishi natijasida shakllangan yosh mustaqil davlatlar uchun, ularning ananaviy siyosiy iqtisodga asoslangan. O‘z mentalitetlarini tubdan o‘zgartirishlari uchun nihoyatda zarurligi haqidagi fikr va mulohazalar hech bir shubha uyg‘otmasa kerak. Keyingi vaqtlarda Markaziy Osiyo davlatlari, ayniqsa O’zbekistan ko’plab iqtisodchilar, sotsiologlar, siyosatshunoslar va jurnalistlar e'tiborini kun sayin o‘ziga ko‘proq qaratayapti. O‘zbekistonga «barqarorlik oroli» sifatida qaralib, u haqida fanlar bildirish diapazoni anchagina kengdir: lol qolib maqtashlardan tortib, to keskin tanqidlargacha.

Shu bilan birgalikda bu makonda bo‘layottan jarayonlarni tushunish uchun nafaqat O‘zbekistonning bozor munosabatlarga o‘tishdagi iqtisodiy siyosati mohiyatini tushunishlik, balki individual va ijtimoiy ongning Sharqnint bu mamlakatdagi o‘ziga xos xususiyatlari haqida ham chuqur bilimlar talab qilinadi. Zero O‘zbekiston respublikasi prezidenti ta'kidlaganidek: «Bizning bozor munosabatlariga o‘tish modelimiz respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an'analar, urf-odatlar, turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o‘tmishdagi iqtisodiyotni biryoqlama, beso‘naqay rivojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslandi».



Islohatlarni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirishlik uchun aynan shu nuqtai nazardan qaraganimizda, iqtisodiy sotsiologiyaning o‘rnini betakrorligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy sotsiologiyaning predmeti mohiyatini bilishlik uchun esa uning shakllanishini tariqqiy shart-sharoitlariga murojaat qilish kerak.

Xuddi shu sabablar tufayli bundan buyon boshqaruv sohasida asosiy e'tiborni psixologik va intellektual imkoniyatlarni ishga solishlik tomoniga qaratishlik jiddiy ma'no kasb etadi. Aynan shu davrda sotsiologiyadagi ko‘pgina tarmoq yo‘nalishlar — industrial sotsiologiya, muassasalar sotsiologiyasi, shahar sotsiologiyasi va boshqalar paydo bo‘la boshladi. Boshqaruvlar yirik olimlar tomonidan ishlab chiqilgan «insonlar munosabatlari», «intizomli xulq-atvor» konsepsiyalarini sinashlikni amalga oshirdilar. Boshqaruvni kompyuterlashtirish usuli, modellashtirish va miqdoriy tahlil qilishlikning turli metodlari yordamida ishlab chiqarish sur'atini oshirishga harakatlar qilindi. XX asrning ikkinchi yarmida mehnat sohalaridagi yuksalish tufayli boshqaruv muammalari yanada murakkablashdi. Korporatsiyalarning bozorni o‘zgaruvchanligi, iqtisodning u mumiy holatiga bog‘liqligi darajasi keskin ravishda oshib ketdi. Bularning hammasi sotsial ziddiyatlarning keskinlashuvini keltirib chiqardi va tadqiqotchi olimlar oldiga mehnat resurelarini boshqarishlikni yangi yo‘nalishlarini izlab topish vazifasini ko‘ndalang qo‘ydi. Ushbu shart-sharoitlar ob'ektiv ravishda iqtisodiy sotsiologiyaning vujudga kelishiga asosiy sabablardan biri bo‘ldi. Boshqa bir tomondan esa bu fanning paydo bo‘lishiga ham iqtisod, ham sotsiologiya fanlarining taraqqiyoti yetarli darajada asos yaratdi. Ishchilarning qadriyatli orientirlari, motivlari va xulq-atvorlari faqatgina iqdisoddagi o‘zgarishlar ta'siri osgida emas yakka madaniy muhit tufayli ham shakllanadi. Asrimizning 60-yillarida rivojlangan G’arb davlatlarida iqtisod fanining ijtimoiylashuv tendensiyasi yanada kuchaydi va natijada iqtisodiy sotsiologiyaning imkoniyatlari ham ortib bordi. Shu bilan birgalikda nazariya sotsiologiyada shunday sotsiologik tushuncha va kategoriyalar ishlab chiqildiki, ular iqtisodiy sotsiologiyaning kategorial apparatining shakllanishiga asos bo‘ldi Bu kategorial apparat iqtisodchi sotsiologlarga iqtisoddagi mavjud va hali ham o‘rganilmagan sotsial aloqalarni tadqiq qilishliklariga keng yo‘l ochib berdi. Shu bilan bir qatorda muassasalar, ishlab chiqarish jamoalari, kasblar, bandlik, stratifikatsiya, boshqaruv va boshqa muhim masalalar bilan shug‘ullanuvchi sotsiologiyadagi maxsus yo‘nalishlar ham rivojlanib bordi. G’arb iqtisodiy sotsiologiyani aniq chegaralar asosida rivojlanayotgan yagona ilmiy yo‘nalish sifatida emas, balki jamiyat, yoxud alohida davlat taraqqiyotining u yoki bu davrdagi dolzarb muammolarni o‘rganadigan o‘ziga xos bir ilmiy harakatdir. Ushbu harakat «Iqtisod va jamiyat» nomiga sazovor bo‘ldi. Amerikalik sotsiolog Dj. Smelzer o‘zining «Iqtisodiy hayot sotsiologiyasi» maqolasida shunday zo‘r tayassurot qoldiradigan manzarani chizib berdiki, unda iqtisodiy sotsiologiya «yo‘rgak»dagi xolatida qanday ulg‘ayganligi va iqtisodiy turmushning borgan sari yangi tomonlarini qamrab olishligi juda ta'sirli qilib tasvirlangan. (Amerikanskaya sotsiologiya. M. Progress, 1972, s. 200. Buning natijasida esa iqtisodiy sotsiologiyaning yutuqlarini yorqin timsoli namoyon bo‘ldi. Bu hol esa «haqiqiy» iqtisodchida sotsiologiya iqtisodchilarining haq-huquqlariga tanovvuz qilmasmikin degan savol tug‘dirishi mumkin.

Smelzerning ta'kidlashicha iqtisodchilar va sotsiologlar iqtisodiy hayot haqida bir-birlaridan farq qiladigan savollarga javob izlaydilar. Bunda sotsiologlar muammoga kengroq iqtisodchilar esa tor ma'noda yondashadilar.

Iqtisodiy sotsiologiyaning darg‘alari va bu yo‘nalishda o‘z tadqiqotlarini olib borayotgan olimlar va bu fan uchun nazariy asoslar yetishmayotganligini e’tirof etmoqdalar. Ma'lumki G‘arbda e'tibor amaliy tadqiqotlarga ko‘proq. qaratiladi. Ushbu masala bo‘yicha Dj. Smelzer quyidagicha fikr yuritadi: «Marks va Veber tomonidan qo’yilgan va hayratomuz kuchga ega bo‘lgan vazifalar iqtisodiy va siyosiy omillarning o‘zaro ta'siriga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarda hozir ham asosiy rolni bajarayapti. Bular shunday vazifalarki, ular muassasalardagi boshqaruvning sermahsulligi, turli maifaatni ko‘zlovchi iqtisodiy guruhlarning o‘zaro kurashlariga asos bo‘lishi, iqtisodiy sistemaning siyosiy sistema ustidan hukmron qilishlikni ta'minlaydilar». «Amerikanskaya sotsiologiya. M. Progress», 1972, str. 200.

Bu ikki ensiklopedist mutafakkirlarining xizmatlarini yuqori baholab Dj. Smelzer o‘z fikrlarini rivojlantirib boradi: «Marks va Veber ko‘tarib chiqqan muammolar madaniyat va iqtisodiy faoliyatning o‘zaro aloqalariga bag‘ishlangan hozirgi zamon tadqiqotlarining diqqat markazida turibdi. Ayniqsa shunday muammolar Madaniy belgilar iqtisodiy faoliyat orqali belgilanishi mumkinmi; bu savollar iqtisodiy faoliyatga mustaqil ta'sir ko‘rsatishi mumkinmi yoki bu yerda gap o‘zaro harakat haqida ketayaptimi. «Amerikanskaya sotsiologiya», M. Progress. 202 str.G’arb iqtisodiy sotsiologiyasiga pozitsiyasini qisqacha ta'rifi ana shulardan iboratdir. Sobiq Ittifoqda iqtisodiy sotsiologiya muammolarini o‘rganishlik 80-yillardan boshlandi. Bir guruh. Novosibirsklik iqtisodchilar va sotsiologlar 70-80 - yillar o‘rtasida mamlakatda paydo bo‘lgan krizis holatning sotsial-iqtisodiy sabablarini aniqlashga kirishdilar. Ma'lumotlarni tahlil qilishlik esa olimlardan iqtisod rivojining sotsial regulyatorlarini, ya'ni uning sotsial mexanizmlarini o‘rganishlikni taqozo etdi. Bu esa o‘z navbatida boshqa muammolarni keltirib chiqardi, xususan, aholining turli sotsial guruhlarining ho‘jalik yuritishning yangicha shakllariga munosabati, ularning yangi sharoitlarda ishlashga tayyorligi shular jumlasidandir.Yangi muammolar esa o‘zining echimi uchun iqtisodiy va sotsiologik tushunchalar «tutish» ligiga asoslangan yangi metodologiyani talab qila boshladi. Iqtisodiy sotsiologiyaning metodologiyasini ishlab chiqishlik jarayoni hozir davom etayapti. Iqtisod va sotsiologiyaning tutashganligi tufayli yuzaga kelgan muammolar O‘zbekistonlik olimlarning ham e'tiborini o‘ziga tortayapti. Ayniqsa bozor munosabatlariga o‘tishning sotsial oqibatlari va bunda davlatning roli, axborotlar, kabi muammolari, O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos xususiyatlari kabi dolzarb muammolar bugungi kunda iqtisodiy sotsiologiyaning fundamental muammolari hisoblanadi.



Qadimdan Sharq o‘zining xususiyatlari bilan: avloddan avlodga o‘tib kelayotgan o‘ziga xos bo‘lgan urf-odatlarga, normalarga, marosimlarga egaligi bilan mashhurdir. Bu erda muammo konservatizm va potriarxallik negizlarida emas, albatta ular mavjuddirlar, balki shoshma-shosharlik, behuda harakatlarga toqat qilmaslik, xokimiyat vakillari va oqsoqollarga chuqur hurmat asosida munosabatda bo‘lishlik sharq kishisining mentaliteti, ya'ni tafakkur tarzining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatidadir.

Mustaqillikni qo‘lga kiritgan yosh davlat oldida jamiyatni isloh qilishlik uchun 2 ta yo‘nalish mavjud edi: birinchisi «shok terapiya»si bo‘lib u bozor islohatlarining jarayonlarini sun'iy jadallashtirishga asoslanadn; ikkinchisi esa mo‘'tadillik asosida islohatlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni nazarda tutadi. "O‘zbekistonning o‘z bozor munosabatlariga o‘gishning o‘z modeli aynan ushbu ikkinchi yo‘nalish asosida yaratilayapti. Bu modeliing mohiyati shundan iboratki, unda milliy xususiyat determinantlik xususiyatiga egadir. Iqtisodiy sotsiologiyaga ma'lum bir ta'rifni berishdan ilgari iqtisodiy va sotsial sohalarning sharhlanishini aniqlab olish lozim. Sotsial sohaning eng keng tarqalgan sharti quyidagicha: Sotsial soha ijtimoiy hayotning shunday sohasiki, unda insonni ham ishlab chiqarish kuch sifatida, ham shaxs sifatidagi keng takror ishlab chiqishlik yuz beradi. Bunday sohaga odatda ishlab chiqarishlik, oila, ta'lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash madaniyati taalluqli hisoblanadi. Iqtisodiy soha deb odatda insonlar turmush faoliyatlari uchun zarur hisoblangan ishlab chiqarish, taqsimot, ayirbosh va iste'mol uchun mas'uliyatli bo‘lgan jamiyatning yaxlit tushinchasi tushuniladi. Iqtisodiy soha jamiyatning yaxlit struktur-funktsional tizimchasi sifatida siyosat, ta'lim, kommunikatsiya va boshqa faoliyat sohalari bilan aktiv o‘zaro harakatda bo‘ladi. Sotsial soha esa o‘z holicha bunday tizimchani tashkil qilmaydi va shuning uchun iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalar bilan bir xilda tadqiq, qilinmaydi. Uni bu sohalar bilan o‘zaro munosabati o‘zgachadir. Bu munosabatni tushunishlik uchun esa avvalambor «sotsial munosabatlar tushunchasini sotsial sohaning bosh mezoni sifatidagi ahamiyatini anglab etish lozim. Soiial munosabatlar 2 xil ma'noda talqin qilinadi: keng va tor ma'noda. Keng ma'noda bu munosabatlar turli xil sotsial jamoalar (korxonalar jamoasi, turli mintaqa aholisi va h.e.) o‘rtasidagi munosabatlarni bildiradi. Tor ma'noda esa bu jamiyatda turli mavqega ega bo‘lgan sotsial tabaqa va guruhlar o‘rtasidagi munosabatdir. Sotsial munosabatlarning sterjeni bo‘lib kishilarning va guruhlarning jamiyatdagi egallab turgan mavqelari bo‘yicha tenglik va notenglik munosabatlari namoyon bo‘ladi. Sotsial munosabatlar kamida ham iqtisodiy, ham siyosiy munosabatlarda «ishtirok qiladilar». Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda «Ekonomicheskaya sotsiologiya i perestroyka» kitobining mualliflari sotsial soha deb jamiyatdagi turli xildagi sotsial iqtisodiy mavqega ega bo‘lgan turli guruhlarning o‘rtasidagi munosabatni tushunadilar. Demak, sotsial soha jamiyat hayotining bittagina aspekti — guruhlarning turli xildagi mavqelarini aks ettiradi. Bu aspekt mufassal xususiyatga egadir, chunki guruhlarning mavqelarining turli-tumanligi nafaqat iqtisodga, balki yosh siyosiy, oilaviy va jamiyatning boshqa bir qator sohalariga ham xos reallikdir xususan, aynan bir guruhning o‘zi bir vaqtning o‘zida turli sohalarda turli mavqeni egallashi mumkin. Ushbu fikrlarni mulohaza qilish chog‘ida tabiiy bir savol paydo bo‘ladi, ko‘p sotsial sohaning iqtisod bilan o‘zaro aloqasi qanday xususiyatga ega? Birnnchidan, jamiyatdagi konkret guruhning egallab turgan mavqesi hal qiluvchi omil sifatida iqdiosdiy munosabatlar sistemasi orqali belgilanadi. Ikkinchidan, sotsial soha iqtisod faoliyati va rivojiga qarama-qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Bu ta'sir sotsial-iqdisodiy guruhlar yordamida amalga oshiriladi. Iqtisodiy sotsiologiya vazifalari haqida so‘z ketganda inson faoliyati tufayli iqgisoddagi sotsial-iqtisodiy jaryonlarning o‘zgarishlarini nazarda tutmoqlik darkor.

Shunday qilib sotsial-iqtisodiy jarayon bu iqsodning va sotsiallikning o‘ziga xos «payvand» i bo‘lib u insonning iqtisodiy taraqqiyotga ta'siri ostida bunyod bo‘ladi. Inson jamiyatdagi iqtisodiy va sotsial sohalar aloqa sistemasining yadrosini tashkil etadi. Agarda fikrimizni yanada konkretlashtirsak, bu yadro bo‘lib sotsial-iqtisodiy guruqlarning o‘zaro harakatlari, faoliyatlari va xulq-atvorlari xizmat qiladilar. Iqtisodiy sotsiologiya nqtisodiy munosabatlar sistemasiga taalluqli va bir-birlari bilan o‘zaro harakat qiluvchi guruhlarni o‘rganadi. Uning ob'ekti bo‘lib sotsial jarayon sifatida maxsus nuqtai nazardan qaraluvchi iqtisod namoyon bo‘ladi. Bu jarayonning mohiyati iqtisod faoliyatini strukturaviy o‘zaro harakat ta'siri ostida o‘rganishimizda mujassamlashgandir. Iqtisodiy sotsiologiyaning ob'ektini aniqlaganimizdan so‘ng uning predmeti haqida ham to‘xtalib o‘tish joizdir. Iqtisod fanining mexanizmini o‘rganishlik jamiyatdagi sotsial guruhlarning o‘zaro harakatlariga bog‘liq ekan, demak sotsiologiya fanining ushbu yo‘nalishini eng muhim vazifalaridan biri bu iqtisodiy taraqqyotni belgilab beradigan sotsial guruhlarning faoliyati, xulq-atvori va o‘zaro harakatlarini tadqiqot qilishlikdir. Iqtisodiy sotsiologiyaning yana bir muhim vazifasi deb kishilarning iqtisodiy sohadagi boshqaruv sistemasidagi, madaniyat, sotsial xolat va ijtimoiy mavqe xolatidagi faolligiga ta'sir etuvchi omillarning aniqlanishini e'tirof etish mumkin. Va nihoyat iqtisodiy sotsiologiyaning oldidagi yana bir muhim vazifa — bu jamiyat sotsial strukturasining shakllanishi va dinamikasining tahlilidir. Bu sotsial struktura boshqaruv sistemasi va madaniyatga katta ta'sir ko‘rsatadi. Yuqoridagi fikrlarni tahlil qila turib Sharqda xususan O‘zbekistonda bozor munosabatlari muammolarining echimlarini izlab topib hal qilishlik juda dolzarb ma'no kasb etadi. Umuman olganda Sharq o‘zida keng ma'noda ijtimoiy-madaniy, milliy, tarixiy xususiyatlarni mujassamlashtirgandir. Lekin shunga qaramay bu qatlamlarni tushunishdagi turlicha fikrlardan farqli o‘larok. Sharqni qoloq tizim sifatida an'anaviy tarzda tushunish keng tarqalgandir.




Aim.uz


Download 30.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling