1-mavzu: siyosat ob’yektiv voqeilik sifatida. Siyosat ijtimoiy hodisa. Siyosat tushunchasi

Download 249.54 Kb.
bet1/32
Sana21.06.2023
Hajmi249.54 Kb.
#1644287
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32

1-mavzu:SIYOSAT OB’YEKTIV VOQEILIK SIFATIDA. SIYOSAT - IJTIMOIY HODISA. SIYOSAT TUSHUNCHASI
Xo‘sh, siyosat nima? U boshqa ijtimoiy hodisalardan qanday farq qiladi? Siyosat - murakkab ijtimoiy hodisadir. Uning tabiati va mazmunini ochib berish oson ish emas. U ilmiy adabiyotlarda ham keng, ham tor ma’noda ishlatiladi.
Keng ma’noda kishilar ko‘pincha har qanday maqsadga muvofiq ijtimoiy faoliyatni siyosat deb atashadi. Bu tushuncha u yoki bu jarayonni boshqarish bilan aynanlashtiriladi. M.Veber o‘zining mashhur "Siyosat ham mayl, ham kasb sifatida" maqolasida shutsday deb yozadi: "Siyosat deganda biz nimani tushunamiz? Bu tushuncha nihoyatda keng ma’noga ega va mustaqil boshqaruvga doir faoliyatning barcha ko‘rinishlarini o‘z ichiga oladi. Banklarning valyuta siyosati, kasaba uyushmasining ish tashlash vaqtidagi siyosati to‘g‘risida gapiriladi, shahar yoki qishloq jamoasining maktablarga oid siyosati, korporatsiya, rahbarining boshqaruv siyosati va nihoyat, hatto o‘z erini boshqarishga intilayotgan aqlli xotin siyosati haqida gapirish mumkin".
Siyosat tushunchasi ko‘pincha tor va tom ma’noda ishlatiladi. Bu holda u jamiyatning mustaqil sohalaridan birini, ya’ni, iqtisodiyot va madaniyat bilan bir qatorda bo‘lgan sohani belgilash uchun foydalaniladi.
Tor ma’noda siyosat davlat hokimiyati idoralari, siyosiy partiyalar, manfaat guruhlarining mamlakatda tinchlik-totuvlikni, ijtimoiy barqarorlikni, xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faoliyatini anglatadi. Bu tushuncha davlatlarning, turli siyosiy kuchlarning, tashkilotlarning xalqaro maydondagi xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faoliyatini ham o‘z ichiga oladi.
Ilmiy adabiyotlarda siyosatning turli-tuman ta’riflari, talqinlari mavjuddir. Bu ilmiy ta’riflarni, asosan, uchta guruhga: sotsiologik, substansional va faollik guruhlariga bo‘lish mumkin.
Siyosatning sotsiologik ta’riflari sotsiologik yondashuvga asoslanadi. Ularda siyosat boshqa ijtimoiy hodisalar: iqtisodiyot, ijtimoiy guruhlar, huquq, axloq, madaniyat, din orqali tavsiflanadi.
Siyosatning iqtisodiy ta’riflari siyosatni iqtisodiy bazis ustidagi ustqurma, iqtisod ehtiyojlari, manfaatlarining jamlangan ifodasi sifatida tavsiflaydi. Bu holatda siyosat ijtimoiy hayotning o‘ziga xos sohasi sifatida o‘zining mustaqilligidan mahrum bo‘ladi. Faqat nisbiy, cheklangan mustaqilligini saqlab qoladi. Umuman, siyosatning mazmuni uning subyektlari irodasiga bog‘liq bo‘lmagan obyektiv iqtisodiy qonunlar bilan belgilanadi. Siyosatni iqtisodiy determinizm nuqtai nazarida ta’riflashda faqat uning muhim manbalaridan biriga e’tibor qaratiladi. Bu konsepsiyalar, odatda, siyosatga iqtisodiy ehtiyojlarning ta’sirini haddan ziyod bo‘rttiradi, mutlaqlashtiradi, uning mustaqilligini yetarli baholamaydi.
Siyosatni sotsiologik ta’riflashning muhim tarkibiy qismlaridan biri - stratifikatsiya talqinlaridir. Bunda siyosat muayyan ijtimoiy guruhlar: sinflar va millatlarning (marksizm) yoki manfaatdor guruhlarning (A. Bentli, D.Trumen va boshqalar) raqobati sifatida talqin etiladi. Sinflar o‘rtasidagi kurash sifatidagi siyosatning markscha talqini hozirgi dunyoda ko‘p jihatdan o‘zining ta’sirini yo‘qotgan bo‘lsa-da, manfaatli guruhlar nazariyasi esa keng tarqalgandir. Jumladan, u hozirgi ilg‘or, mamlakatlarda siyosatni ijtimoiy manfaatlarning balansini, muvozanatini ta’minlovchi turli-tuman manfaatdor guruhlar raqobati sifatida talqin etuvchi demokratiyaning pluralistik konsepsiyalarida o‘z ifodasini topgandir.
Siyosiy fikrning rivojlanishi tarixida, shu jumladan hozirgi zamon nazariyotchilarining asarlarida siyosatning huquqiy konsepsiyalari keng o‘rin olgan. Ular siyosatni, davlatni huquqdan, avvalambor, ommaviy huquq, davlat qonunlari va faoliyatining asosida yotuvchi insonning tabiiy huquqlaridan kelib chiqadigan hodisa, deb hisoblaydilar. Siyosatning huquqiy konsepsiyasi Spinoza, Goobs, Lokk, Russo, Kant kabi ko‘zga ko‘ringan mutafakkirlar tomonidan asoslab berilgan ijtimoiy shartnoma nazariyalari yaqqol misol bo‘la oladi. Bu nazariyalarning ma’nosi siyosatni, avvalo, davlatni har bir insonga tug‘ilgandan xos bo‘lgan fundamental huquqlar: yashash, erkinlik, xavfsiz bo‘lish, mulkka egalik qilish va boshqalarni muhofaza qiluvchi maxsus faoliyat sifatida talqin etishdan iboratdir.
Hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarida siyosatning huquqiy konsepsiyalariga qarama-qarshi bo‘lgan nazariyalar ham keng o‘rin olgandir. Ular huquqni siyosatning mahsuli, uni amalga oshirishning muhim vositasi, barqaror ijtimoiy-siyosiy tartibni o‘rgatishning instrumenti sifatida olib qaraydilar. Huquq davlat tomonidan yaratiladi va siyosiy irodaga va davlat tomonidan maqsadga muvofiqligiga asoslanadi.
Siyosatning huquqiy talqini, uning axloqiy ta’rifiga bevosita qo‘shilib ketadi. Bu tabiiy huquqning davlatga qadar inson hamjamiyatining axloqiy prinsiplari shaklida yashashni tan oluvchi konsepsiyalarida yaqqol ko‘rinadi. Umuman, siyosatning me’yoriy ta’riflari uning sotsiologik talqin etishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Ularda qo‘llaniladigan me’yoriy yondashuv siyosatni ideallardan, qadriyatlardan, u amalga oshirishi zarur bo‘lgan maqsad va me’yorlardan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqishni taqazo etadi. Bu nuqtai nazardan tahlil etilganda, siyosat – umumiy farovonlikka erishishga qaratilgan ijtimoiy faoliyatdan iboratdir. Uning oliy qadriyati-adolat, tinchlik, erkinlik va umumiy farovonlikka xizmat qilishdir, me’yorlari unga erishishga olib boruvchi aniq qoidalar, qonunlardir.
Siyosatning me’yoriy talqini qadimdan paydo bo‘lgan. Qadimgi dunyoning buyuk mutafakkiri Arastu siyosatni inson faoliyatining oliy shakli, deb hisoblagan edi. Chunki, bu orqali kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda adolat qaror topadi, jamiyatning va har bir kishining farovonligiga erishiladi. "Adolat, - deb yozgan. edi u, faqat siyosiy hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi, chunki, siyosiy tuzumning barchasi huquqqa borib taqaladi".
Siyosatning me’yoriy talqinlari ham kuchli, ham zaif tomonlariga egadir. Ularning kuchli tomoni, qadr-qimmati shundaki, siyosatda ko‘rinishi lozim bo‘lgan insonparvarlik ideali o‘z ifodasini topadi. Bunday ideal siyoat ishtirokchilarini ijtimoiy foydali xulq-atvorga yo‘naltiradi. Shu bilan birga, me’yoriy yondashish ko‘p qirrali, har doim ham aniq bo‘lmagan ijtimoiy farovonlikni turli talqin qilish imkoniyatiga yo‘l qo‘yadigan kategoriyalar bilan ish ko‘‘radi. Shu bilan turli siyosiy kuchlarning g‘arazli manfaatlarini niqoblash uchun zamin yaratadi.
Ushbu yondashuvning zaifligi siyosatni umumiy farovonlikka erishish faoliyati sifatida tushunish va siyosatda g‘arazli qarashlar keng tarqalganligi haqida guvohlik beruvchi voqelikda katta tafovutlar mavjudligida ham ko‘rinadi. Bundan tashqari, umumiy farovonlikni ta’minlash bo‘yicha harakatlarning barchasi ham siyosiy bo‘lavermaydi. Ko‘p kishilar ijtimoiy foydali, olijanob ishlarni axloqiy yoki diniy sabablar (motivlar) asosida amalga oshiradilar.
Ta’kidlangan kamchiliklarga qaramasdan, me’yoriy yondashuv siyosatning muhim jihatini ifoda etishi bilan yashashga to‘la haqlidir. Unda kishilarning siyosatni ma’rifiylashtirish, insoniylashtirish, oqillashtirishga, unga axloqiy asosni kiritishga intilishi ifodalanadi.
Me’yoriy talqinlarda siyosatga axloqiy, ma’rifiy, diniy qadriyatlarning ta’sir etishi aks etadi. Shuning uchun ham, siyosatning me’yoriy ta’riflari iqtisodiy, stratifikatsion va huquqiy ta’riflari bilan bir qatorda uning sotsiologik talqinlari guruhiga kiradi.
Siyosat ta’riflarining ikkinchi keng tarqalgan guruhi - substantsional ta’riflardir. Bu ta’riflar, siyosatning qanday, birinchi asoslardan, to‘qimalardan tashkil topganligini ochib berishga mo‘ljallaniladi. Ta’riflarning bu guruhida siyosatning bir nechta talqinlari mavjud. Ulardan eng ko‘p tarqalgani - bu siyosatni hokimiyatga: uni egallash, qo‘lda ushlab turish va qo‘llashga qaratilgan harakatlar sifatida talqin qilishdir. Siyosat, bu "hokimiyatda ishtirok etishga yoki hokimiyatning davlatlar o‘rtasidami, davlat ichidagi kishilar guruhlari o‘rtasidami taqsimlanishiga ta’sir ko‘rsatishga intilishdir" - deb yozgan edi M.Veber.
Siyosatga "hokimiyatiy" yondashuv tarafdorlarining ayrimlari o‘zlarining diqqat – e’tiborini hokimiyat uchun kurash va uni qo‘llash san’ati, texnikasi, usullari va vositalariga qaratadilar. Siyosiy fan asoschilaridan biri N.Makiavelli 1515 yildayoq siyosatni hokimiyatga kelish, hokimiyatda turish va uni qo‘llash uchun zarur bo‘lgan vositalar yig‘indisi sifatida tavsiflagan edi.
Siyosatning "hokimiyatiy" ta’riflari uning mohiyatini, muhim yaratuvchilik sifatini aks ettiradi. Bu ta’riflar muassasaviy ta’riflar yordamida aniqlashtiriladi va to‘ldiriladi.
Muassasaviy ta’riflar siyosatni hokimiyat gavdalanadigan, moddiylashadigan, tashkilotlar, institutlar orqali, avvalambor, asosiy siyosiy institut – davlat orqali tavsiflaydi. Siyosat bu holda davlat ishlarida ishtirok etish, davlatning yo‘nalishi, davlat faoliyatining mazmuni, vazifalari, shakllarini, aniqlash bo‘lib ko‘rinadi.
Agar siyosatning "hokimlik" va muassasaviy talqinlari uning asoslarini hokimiyatda va uning tashuvchilarini tashkilotlarda ko‘rsatsalar, antropologik ta’riflar esa uning inson tabiatida ildiz otgan chuqurroq manbalarini aks ettirishga urinadilar. Bu nuqtai nazardan, siyosat- kishilarning muomala shakli, insonning jamoa bo‘lib yashash usulidir. Siyosatni antropologik tushunish Arastu tomonidan asoslangan edi. U inson - siyosiy mavjudot, chunki u - jamoaviy mavjudotdir, deb hisoblagan edi. Insonning odatdagi hayoti, uning xilma-xil ehtiyojlarni qondirishi va baxtga erishishi faqat boshqa kishilar bilan muomalada bo‘lgandagina mumkin bo‘ladi. Bunday muomalaning oliy shakli bo‘lib siyosat maydoniga chiqadi. Uning siyosatga qadar bo‘lgan muomala afzalligi shundan iboratki, u davlatda adolat, barcha fuqarolarga bir xil munosabatni gavdalantiruvchi huquq normalari bo‘yicha erkin va teng huquqli kishilarning muomalasidir.
Siyosatning antropologik talqinlari uning ixtilof-konsensus ta’riflari bilan yanada boyitiladi va to‘ldiriladi. Taniqli fransuz siyosatshunosi Moris Dyuverjening fikricha, siyosiy nazariya siyosatning dramatik qarama-qarshi turuvchi talqini o‘rtasida ikkiga bo‘linadi. Birinchisiga binoan, siyosat-ixtilofdir, kurashdir. Unda kim hokimiyatga ega bo‘lsa, o‘sha o‘ziga jamiyat ustidan nazorat qilish va boyliklarni o‘zlashtirishni ta’min etadi. Boshqa nuqtai nazarga binoan siyosat - tartibni boshqarishni va adolatni amalga oshirishga urinishdan iborat bo‘lib, barcha fuqarolarning hamjamiyatga birlashishini ta’minlashni anglatadi.
Siyosatning ixtilofli ta’riflarida asosiy e’tibor siyosatning negizida yotuvchi ziddiyatlarga qaratiladi, uning dinamikasini belgilaydi. Bunday ziddiyatlar nuqtai nazaridan qaralganda, siyosat - ixtiloflarni kuch ishlatish va tinch yo‘l bilan hal etish faoliyati sifatida talqin etiladi. Siyosatga umumiy rang-tasvirni ixtilof bersa-da, u, odatda, muayyan konsensussiz, undagi ishtirokchilarning ijtimoiy tartibdan, hokimiyatning qonuniyligini tan olish va qonunga itoat etish zarurligidan, umumiy manfaatdorligiga asoslangan kelishuvsiz mumkin bo‘lmaydi.
Demokratik davlatda siyosat subyektlarini birlashtiruvchi omil - konsensusning roli benihoya muhimdir. Bunda nizolarni to‘xtatish va hal etish fuqarolarning aksariyat ko‘pchiligi tomonidan shaxs erkinligi, inson huquqlari, ko‘pchilikning irodasi hamda ozchilikning o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lish huquqi kabi umuminsoniy qadriyatlarni tan olish asosida amalga oshiriladi. Taniqli amerika siyosatshunosi S.F. Xantingtonning ta’kidlashicha, ijtimoiy ixtiloflar bo‘lmagan joyda siyosat bo‘lmaydi, ijtimoiy konsensus, ijtimoiy uyg‘unlik yo‘q joyda esa, siyosiy institutlar mumkin bo‘lmaydi.
Siyosat ijtimoiy ziddiyatlarning "zichlashtirilishi", ularni "do‘stlar" - "dushmanlar" munosabatlari sifatida anglash natijasida paydo bo‘ladi. Dushman - ushbu subyektga yoki uning manfaatlariga xavf soluvchi qandaydir "begona", do'st esa - bu maqsadga erishishda ittifoqchi, yordamchidir.
Siyosatning dinamik, protsessual xarakterini uning faoliyatga oid ta’riflari ochib beradi. Ular siyosatni butun jamiyat uchun majburiy bo‘lgan qarorlarni tayyorlash, qabul qilish va amalga oshirish jarayoni sifatida tavsiflaydi. Siyosatning bunday talqini uni amalga oshirishning muhim bosqichlarini tahlil etish imkonini beradi. Bu bosqichlarga quyidagilar kiradi: siyosatning maqsadini aniqlash; qarorlar qabul qilish; ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun ommani tashkil etish va resurslarni safarbar etish; siyosiy faoliyatni tartibga solish; ularni nazorat qilish; olingan natijalarni tahlil qilish va siyosatning yangi maqsadlarini aniqlash.
Siyosatning faoliyatiga oid talqinlar, xususan, siyosiy qarorlar nazariyasida keng qo‘llaniladi. Undan siyosatning teleologik talqinlarida ham foydalaniladi. Bunda siyosat jamoa maqsadlariga samarali erishish faoliyati sifatida qaraladi. Amerika sotsiologiyasining asoschilaridan biri T.Parsons yozishicha, siyosat - yalpi tizimning muayyan elementlari, umumiy maqsadlarga erishishi uchun samarali tashkiliy usullar yig‘indisidan iboratdir.
Siyosatning teleologik ta’riflarida uning ikkala asosi: faoliyatning jamoaviy tabiati va ongli, maqsadga muvofiqlik xarakteri alohida ta’kidlanadi. Siyosatda individlarning xususiy maqsadlari umumdavlat maqsadlari darajasiga "o‘sadi", ko‘tariladi.
Siyosatning teleologik ta’riflari jamiyatni tizimli tahlil etish doirasida keng foydalaniladi. Tizimli nuqtai nazar bo‘yicha, siyosat yaxlit, atrof-muhitdan, jamiyatning boshqa sohalaridan chegaralangan, u bilan uzluksiz o‘zaro aloqada bo‘lgan nisbiy mustaqil tizim, murakkab ijtimoiy organizm hisoblanadi. Siyosiy tizim jamiyatning yashashi va taraqqiyoti to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi va bir qator ijtimoiy ehtiyojlarni qondiradi, ulardan eng muhimi - jamiyatni birlashtirishdir.
Shunday qilib, biz siyosatning ayrim muhim ta’riflarini ko‘rib chiqdik.
Biroq, siyosatning ta’riflari faqat ana shular bilan cheklanmaydi. Uning ta’riflari boy va xilma-xildir. Buni siyosatning ijtimoiy hodisa sifatida murakkabligi, mazmunining boyligi, ijtimoiy funksiyalarning xilma-xilligi bilan tushuntirish mumkin.
Siyosatning turli ta’riflari va talqinlarini umumlashtirib, uni quyidagicha ta’riflash mumkin. Siyosat - bu ijtimoiy guruhlar va insonning ziddiyatli jamoa manfaatlarini anglash, butun jamiyat uchun majburiy bo‘lgan qarorlarni ishlab chiqish va ularni davlat hokimiyati yordamida amalga oshirish faoliyatidir.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling