Iqtisodiy statistikaning uslubiy negizi


Download 69.45 Kb.
bet8/18
Sana16.03.2023
Hajmi69.45 Kb.
#1279275
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
IQTISODIY STATISTIKANING USLUBIY NEGIZI

(YAICH)1 ko’rsatkichi orqali qayd etiladi. Umuman aytganda, bu ko’rsatkich barcha rezident institutsion birliklar tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatlarining yig’indisidan iborat.
MHTda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol(ishlatilgan) tovar va xizmatlar qiymati oraliq iste’mol(OI) deyiladi. Non mahsulotini ishlab chiqarish uchun ishlatilgan un va boshqa mahsulotlar qiymati OI bo’ladi.
Umuman aytganda, OIga ishlab chiqarish mobaynida ishlatilgan hom ashyo, butlovchi materiallar, yoqilg’i, elektroenergiya, mayda asbob-uskuna(asosiy fondlar(kapital) xarajatlaridan tashqari) xarajatlari, nomoddiy xizmatlar (reklama, auditorlik va yuridik xizmat va h.k.)xarajatlari va shu kabi xarajatlardan(ishlab chiqarish maydonlari, mashina va stanoklarni arenda xarajatlari) iborat. OIga asosiy kapitalning iste’moli(amortizatsiya) xarajatlari kirmaydi.
Oraliq iste’mol oxirgi iste’molchi sotib olgan baholarda, savdo-transport ustamasini qo’shgan holda baholanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, QQS to’lovchi birliklar uchun OI tarkibiga QQS kiritilmaydi yani, OI asosiy baholarda hisoblanadi. QQS to’lamaydigan ishlab chiqaruvchi birliklar uchun, ularning OI ko’rsatkichi QQS qo’shib hisoblanadi.
Umuman aytganda, korxona, mamlakat iqtisodiyotining tarmoq va sektorlari, butun mamlakat miqyosida ishlab chiqarishning o’lchovi - qo’shilgan qiymat ko’rsatkichidir. U yalpi usulda yoki sof usulda hisoblanadi. Yalpi usulda YAIM va
YAQQ ko’rsatkichlarida “yalpi” so’zini ishlatilishiga asosiy sabab, bu ko’rsatkichlarni hisoblaganda ular tarkibida asosiy kapitalning iste’moli(ACI) ko’rsatkichi qo’shib hisoblanganligidir. Aslida asosiy kapitalning iste’moli(ACI) miqdorini alohida hisoblash tavsiya etiladi. Lekin, amaliyotda bu ko’rsatkichni aniq va MHT talablari asosida hisoblash murakkab masala. Chunki, buxgalteriya hisoblaridagi asosiy kapitalning iste’moli (amortizatsiya)ni hisoblash usuli MHT qoidalariga mos kelmaydi. Buxgalteriya hisoblarida bu ko’rsatkich asosiy fondlarni boshlang’ich(sotib olingan) qiymatlarida, MHTda esa asosiy fondlarni ishlab chiqarishda ishlatilganda yo’qotgan, ya’ni ularni tiklash qiymatlarida (asosiy fondlarni yana o’z holiga keltirib qo’yishga ketadigan xarajat miqdorida) hisoblanadi.
Odatda butun mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarish nazarda tutilganda bu ko’rsatkich Yalpi ichki mahsulot (YAIM) deb yuritiladi. Bu ko’rsatkich ishlab chiqarish schyotida muvozanatlashtiruvchi ko’rsatkich bo’lib, YAICHdan oraliq iste’molni ayirish orqali topiladi. YAICH ko’rsatkichi qanday baholarda (asosiy, ishlab chiqaruvchi) hisoblanishiga qarab, qo’shilgan qiymat ko’rsatkichi ham o’sha baholarda hisoblangan bo’ladi. Umuman mamlakatda iqtisodiy faoliyat ko’rsatayotgan barcha rezident institutsion birliklarning YAQQ ko’rsatkichlari yig’indisi YAIM ga teng. Amaliyotda, YAQQ ko’rsatkichini hisoblashda qo’llanilayotgan baho tizimiga mos ravishda YAIM ko’rsatkichini quyidagi formulalar orqali ifodalash mumkin:
YAIM = YAQQ + MS - MSU,
bu erda: YAQQ - mamlakat iqtisodiyotida faoliyat ko’rsatayotgan barcha rezident institutsion birliklarning YAQQ ko’rsatkichlarining yig’indisi (asosiy baholarda); MS -mahsulot uchun olingan soliqlar yig’indisi; MSU - mahsulot uchun to’langan subsidiyalar yig’indisi.
Agarda YAQQ ishlab chiqaruvchilar baholarida hisoblangan bo’lsa, u holda quyidagi munosabat o’rinli bo’ladi:
YAIM=YAQQ+QQS+ISS, (8)
bu erda: YAQQ - mamlakat iqtisodiyotida faoliyat ko’rsatayotgan barcha
rezident institutsion birliklarning YAQQ ko’rsatkichlarining yig’indisi (ishlab chiqaruvchilar baholarida); QQS - qo’shilgan qiymat soliqlari yig’indisi; ISS - mamlakat bo’yicha sof import(eksport-import) soliqlari.
Agarda ACIni to’g’ri hisoblab, YAIMdan chegirib tashlansa, hosil bo’lgan miqdor sof ichki mahsulot(SIM) deyiladi. O’z navbatida YAQQ ko’rsatkichi sof qo’shilgan qiymat (SQQ) deb ataladi. Sof ichki mahsulot asosiy kapitalning davr boshidagi qiymatini saqlagan holda mamlakatda yangitdan yaratilgan tovar va xizmatlarning bozor baholaridagi miqdorini ifodalaydi.

Download 69.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling