≪Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi≫ iqtisodiyot fanining faktologiya va


qiladi. Masalan, J. Gelbrayt monetaristlaming iqtisodiyotni pul bilan eng


Download 248.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana05.01.2022
Hajmi248.35 Kb.
#227064
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 dan 9 gaca

qiladi. Masalan, J. Gelbrayt monetaristlaming iqtisodiyotni pul bilan eng 

yaxshi tartibga solish mumkin degan fikrini inkor etadi. U bozor 

iqtisodiyotiga asoslangan kapitalizmni doimo o‘zgarishlar uchrab turadigan 

tuzum, u o‘z-o‘zidan transformatsiyalashib, ziddiyatlarini o‘zi bartaraf 

etib, o‘z iqtisodiy va boshqaruv dastaklari bilan yangilanib boruvchi 

jamiyat deb talqin qiladi. 

3-savol javobi:

 XV-XVII asr oralig‘ida Yevropadagi asosiy mamlakatlar merkantilizm 

iqtisodiy nazariyasining ta’sirida edilar. XVII asiga kelib vaziyat bir muncha 

o‘zgardi. Merkantilizm o‘rniga yangi klassik iqtisodiy maktab vujudga keldi. 

Har qanday yangi g‘oya, yangi fikr, yangi ta’limotlar o‘z-o‘zidan, 

tasodifan yuzaga kelmaydi. Yangi ta’limotni vujudga kelishiga ma’lum bir 

sabablar, davr o'zgarishlari, o‘sha davrdagi muhit, shart-sharoitlar sabab 

bo‘ladi. Klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishiga sabab, merkantilizm 

ta’limotining sanoatlashayotgan sohibkorlar talablariga javob bermay 

qo‘yganlari bo‘ldi. Paydo bo‘l,ayotgan yangi muammolami hal etish yangi 

yo'nalish tarafdorlari zimmasiga to‘g‘ri keldi. XVI asming o‘rtalarida 

boshlangan manifaktura davri XVII asrga kelib sanoatning ayrim 

tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi. Ayni vaqtda, qishloq xo‘jaligida 

ham bozor munosabatlariga vujudga kela boshladi. Angliya dunyoda 

iqtisodiyoti eng rivojlangan mamlakatga aylandi. XVIII asrga kelib, buyerda 

tovar ishlab chiqarish munosabatlari faqat savdoda emas, balki 

sanoat va qishloq xo‘jaligida ham g‘alaba qozondi. Bu jarayon mamlakatning 

sotsial iqtisodiy taraqqiyotiga yo‘l ochib berdi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning 

rivojlanishiga imkoniyat, tadbirkorlar tashabbusiga erkinlik berishga harakat 

qilgan yangi iqtisodiy tizimning afzalliklarini nazariy jihatdan asoslab 

beradigan iqtisodiy ta’limotlar yuzaga kela boshladi. 

3-bilet 


1-savol javobi:


Download 248.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling