≪Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi≫ iqtisodiyot fanining faktologiya va
Download 248.35 Kb. Pdf ko'rish
|
1 dan 9 gaca
iqtisodiyotdagi o‘mi kabi masalalarga qaratdi.
3-savol javobi: David Rikardo (1772-1823) klassik iqtisodiy maktab namoyandasi hisoblanadi. U tarixga katta ta’sir o‘tkazgan iqtisodchilardan bin edi. Angliyada tug'ilgan, London fond biijasida zo‘r muvaffaqiyat bilan faoliyat ko'rsatgan. Bu yerda to'plangan boylik unga fan bilan shug'ullanishi va Angliya parlamentinig quyi palatasi ishida ishtirok etish imkonini bergan. Uning eng mashhur asari ≪Siyosiy iqtisod va soliq solish qoidalari≫ deb ataladi. U bu asami 1847- yilda yozgan. Bu asar uni mumtoz siyosiy iqtisod g‘oyalarining Adam Smitdan keyingi eng taniqli ifodalovchisi darajasiga ko‘tardi. Rikardo, ayniqsa, xalqaro iqtisodiyotdagi savdo erkinligi afzalliklarini tadqiq etish borasida dong taratdi. Erkin savdo mamlakatlar o‘rtasida
savdoni yo‘lga qo‘yishdagi tariflar va boshqa to'siqlar bartaraf etiladigan siyosatni nazarda tutadi. Bu nuqtayi nazarni isbotlash uchun Rikardo biz hozir nisbiy afzalliklar qoidalari deb ataydigan konsepsiyani ishlab chiqdi. Ushbu afzalliklami tahlil etish orqali u shunday xulosa chiqardi: tovarlami import qiluvchi bir mamlakat eksport qiluvchiga nisbatan kamroq harakatlar bilan ishlab chiqara olsa ham, ulami boshqa mamlakatga import qilishi mumkin. 8-bilet
1-savol javobi: Qadimgi iqtisodiy ta ’limotlarda grek olimlari Ksenofont, Platon va Aristotellaming о‘mi va roli, ayniqsa, ahamiyatlidir. Ksenofont (er. av. 430-335-yil) yirik quldorlik sinfivakili, Afinaning badavlat aslzodalaridan hisoblanadi. U Afinada tug‘ilgan bo‘lsa ham demokratik Afina quldorligi tarafdori emas, balki Sparta tuzumi, ya’ni qattiqqo‘l quldorlik tuzumi tarafdori edi. Uning birinchi iqtisodiy asari ≪Ekonomiya≫ (ekonomikos-uy qurilishi) bo‘lib, mazmuni (oykonomiya, ≪oykos≫- uy xo‘jalik va ≪nomos≫-qonun, qoida) tom ma’noda uy xo‘jaligi to‘g‘risida qoidani bildiradi. Keyinchalik, bu asar quldorlik xo‘jaligini boshqarish uchun qo‘llanma boidi. Unda xo‘jalikni unumli yuritish g‘oyasi ilgari surildi, uv xo‘ialiei masalasi fan sifatida o'rganildi 2-savol javobi: ≪Avesto≫- bundan 2700-3000 yillar ilgari yaratilgan ilk yozma madaniy yodgorlik asari. U awal 2500 ta mol terisiga tilla suvi bilan yozilgan bo'lib, unda o‘sha davrning buyuk dini-zardushtiylik ta’limoti asoslab berilgan. ≪Avesto≫da ezgulik, yaxshilik, yaratuvchilik inson farovonligi va muqaddasligi madh etiladi. Asar bizning o‘zbek zaminida yaratilganligi ajdodlarimiz naqadar buyuk ma’naviy va iqtisodiy qudratga ega bo‘lganini tasdiqlaydi. Kitobning 2700 yilligi 2001-yilda 0 ‘zbekistonda xalqaro miqyosda keng nishonlandi, shu munosabat bilan kitobning akademik nashri chiqarildi. 3-savol javobi: Adam Smit iqtisodchi va faylasuf, ingliz buijua klassik siyosiy iqtisodi namoyandasidir. 1759- yilda A. Smitning ≪Ma’naviy tuyg'ular nazariyasi≫ kitobi, 1776- yilda esa uning asosiy asari — ≪Xalqlar boyligining kelib 103 chiqishi va sabablari xususidagi tadqiqot ≫ kitobi nashr etildi. A. Smitning ushbu asari jahon ilm-u fani xazinasidan munosib o‘rin egalladi. 9-bilet 1-savol javobi: Qadimgi quldorlik davrining iqtisodiy ta’limotlari tizimida Qadimgi Rimning iqtisodiy ta’limoti ham muhim o‘rin tutadi. Rim imperiyasining taraqqiyoti va parokandahkka uchrashi, quldorlik ekspluatatsiyasining inqirozi bilan bevosita bog'liq. Qadimgi Rimning iqtisodiy ta’limotlarida agrar masala asosiy o ‘rinni egallagani uchun ham uning eng yirik nomayandalari Katon, Varron va Kolumellar qarashlarida ham agrar muammolar bosh masalalardir. Katon Mark Porsiy (234-149) Rimning yirik siyosiy arbobi va yozuvchisi edi. U ≪Dehqonchilik≫ nomli asar yozib, unda 0‘z davrining iqtisodiy va qishloq xo‘jaligi holatini aks ettiigan edi. U ham barcha xo'jalik hunarlaridan dehqonchilikni eng yuqoriga qo‘yadi. 2-savol javobi: Fiziokratlar ta’limoti Fransiyada vujudga keldi, uning asoschisi Fransua Kene (1694-1764-yil) bo‘ldi. Unga iqtisodchilarning katta guruhi (A. Tyurgo, V. Mirabo, V. Dyupon de Nemur, G. Letron va boshqalar) kirgan edi. Fiziokratlar konsepsiyasining asosini ≪tabiiy tartib≫ haqidagi ta’limot tashkil qiladi. U ≪tabiiy tartib≫ yoki ≪tabiiy huquq≫ asosida mavjud bo‘lgan atrof olamning obyektiv realligini tan olish ma’nosini bildiradi. Kene bunday huquqni Alloh tomonidan yuborilgan oliy haqiqat deb tushundi. Uning fikricha, hamma odamlar albatta ≪tabiiy tartib≫ga rioya qilishlari shart, chunki unga beriladigan ≪tabiiy huquq≫, ≪aql chirog‘i≫ deb tan olindi. Kene ma’rifatchilarning xulosalarini ajratib ko‘rsatmagan. Uning fikriga ko'ra, inson hamma narsaga urinavermasligi, o‘zining mehnati bilan hamma narsaga erishish mumkinligini tushunishi kerak. Download 248.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling